Toshkentdagi yonginda 16 kishi jarohatlandi foto — ozbekiston

Toshkentdagi yong’inda 16 kishi jarohatlandi (+foto) — o’zbekiston
23 fevral kuni Toshkentning Chilonzor tumanida sodir bo’lgan kuchli yong’in natijasida 16 kishi shifoxonaga yotk’izildi, deb xabar berdi Toshkent IIBB YOng’in xavfsizligi boshk’armasi (YOXB) «Gazeta. uz»ga.
16:36 da Toshkent shahar IIBB YOXB Markaziy dispetcherlik xizmatiga Chilonzor tumani S-mavzesi Cho’pon Ota ko’chasi 28a-uyda joylashgan ma’muriy binoda yong’in bo’layotgani hak’ida xabar kelib tushgan. Oradan 10 dak’ik’a o’tib hodisa joyiga tuman yong’indan muhofaza xizmatining ikkita jangovar yong’in o’chirish avtoekipaji etib borganida, binoning 1, 2 va 3-k’avatlari ochik’ alanga bilan yonayotgani ma’lum bo’ldi. K’o’shimcha yong’in o’chirish avtoekipajlar chik’arilgan.
17:13 da yong’in joyiga Chilonzor va boshk’a to’rtta tuman hamda O’zbekiston IIV YOng’in xavfsizligi bosh boshk’armasidan jami 12 ta avtoekipaj yo’llangan. O’t o’chiruvchilar tomonidan ko’rilgan chora va tezkor harakatlar natijasida yong’in 18:06 da k’urshab olinib, 18:16 da butunlay o’chirilgan.
YOng’in ok’ibatida ma’muriy binoning 1, 2, 3-k’avatlari to’lik’ 800 kv. metr maydonida yongan, 4 va 5-k’avatlarining tashk’i k’ismlari yong’indan k’isman zarar ko’rgan. YOng’in sabablari anik’lashtirilmok’da.
YOng’in vak’tida o’t o’chiruvchilar tomonidan 70 nafar ishchi-xizmatchi k’utk’arilib, ularning 14 nafari birinchi tibbiy yordam ko’rsatish uchun Respublika Shoshilinch tez tibbiy yordam ko’rsatish markaziga olib borilgan. Ikki kishi travmatologiya bo’limiga joylashtirilgan, ulardan biriga birinchi tibbiy yordam ko’rsatilgandan so’ng uyiga yuborilgan, ikkinchisiga umurtk’a pog’onasining lat eyishi tashxisi k’o’yilgan. Hozirda ularning ahvoli k’onik’arli.
Zararlangan binoning 1?3-k’avatlari Hamza Collection tikuvchilik firmasiga, 4-k’avat «DI-Ixlos» kompaniyasiga, beshinchi k’avat esa «O’rmon xo’jaligi loyiha» institutiga k’arashli bo’lgan. Binoning shark’iy k’ismida Toshkent viloyat prokuraturasi joylashgan.
Foto
Комментарии 0