Toshkentliklar kechki osmonda uchar yulduz parvozini kuzatishdi — ozbekiston

Toshkentliklar kechki osmonda uchar yulduz parvozini kuzatishdi — ozbekiston

Toshkentliklar kechki osmonda uchar yulduz parvozini kuzatishdi — o’zbekiston

Juma kuni tunda — 00:45 da Toshkent osmonida uzun izga ega york’in osmon jismi kuzatildi. Ijtimoiy tarmok’larda uning parvozi tasvirlangan surat va videoyozuvlar tark’aldi.
«Gazeta. uz» mazkur hodisa yuzasidan O’zbekiston Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti direktori o’rinbosari Sobit Ilyosovga murojaat k’ildi. Uning so’zlariga ko’ra, O’zbekiston hududiga osmon jismining k’ulashi to’g’risida xabar mavjud emas.
Institut xodimlari internetdagi videomateriallarni tahlil k’ilib, bu oddiy meteor hodisa, ya’ni meteor parchalarining er atmosferasining k’uyuk’ k’atlamlarida yonishi, deb baholashdi.
Meteor moddasi vazni grammning bir necha mingdan bir ulushidan bir necha grammgachani tashkil etib, er atmosferasida uning harakat tezligi soniyasiga o’nlab kilometrni tashkil etadi. Ishk’alanish natijasida k’izib, parchalar cho’k’k’a aylanadi, o’z yo’li bo’ylab maydalangan holda Erga etmasdan sochilib ketadi, dedi Sobit Ilyosov.
Ijtimoiy tarmok’lardagi videodan lavha.
Atmosferadan o’tayotgan meteor tanasi havo atom va molekulalarini ionlab, ularning york’in nur sochishiga olib keladi. Meteor york’inligi va rangi meteor parchalari vazni hamda meteor tezligiga bog’lik’. Nur taratish soniyaning bir necha ulushidan 3?5 soniyagacha davom etishi mumkin.
«Toshkentliklar vazni 100 grammdan ortik’ bo’lmagan meteor parvozini kuzatishgan», — dedi Astronomiya instituti direktor o’rinbosari. Uning k’o’shimcha k’ilishicha, meteorning paydo bo’lishi atrof-muhit va radiasion muhitga ta’sir ko’rsatmaydi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.