Totti romada otgan yillarim ajoyib tush kabi boldi uni kaytarib bolmaydi xayrlashuv nutki — oz

Totti romada otgan yillarim ajoyib tush kabi boldi uni kaytarib bolmaydi xayrlashuv nutki — oz

Totti: «roma»da o’tgan yillarim ajoyib tush kabi bo’ldi, uni k’aytarib bo’lmaydi» (xayrlashuv nutk’i) — o’zbekiston

«Roma» hujumchisi Franchesko Totti xayrlashuv nutk’ini so’zladi.
«Afsuski, bu kun keldi, bu kunning hech k’achon kelmasligini istagandim. Oxirgi vak’tlarda men hak’imda aytilgan ajoyib so’zlar… Hammaga rahmat.
Men ak’lsizday yig’ladim! Bu 25 yilni shunchaki unutib bo’lmaydi. Hozir menga oson bo’lmayotgan bo’lsada, hammaga minnatdorchilik bildiraman. Men ayolim bilan bu 25 yil k’anday o’tgani hak’ida gaplashdim.
Otamga, onamga, akamga, oilamga va do’stlarimga rahmat. Ayolim va uch farzandimga rahmat. Gapimni shundan boshlamok’chi dim, chunki gapimni oxiriga etkaza olmayman degan hadik’ bor edi.
Bularning barini bir necha so’z bilan izhor k’ilib bo’lmaydi. Buni she’r yoki poema tarzida yozishni istardim, ammo she’r yozishni unchalik k’oyillata olmayman. Men hammasini oyok’larim bilan o’yin ork’ali etkazishga harakat k’ildim. Shunda hammasi oddiy kechadi.
Bilasizmi, yoshligimda nima o’ynashni sevardim? Futbolni! Hozirgacha shunday. Ammo k’achonlardir ulg’ayishing kerak. Menga bu hak’ida gapirishdi, vak’t hukmini chik’arib bo’lganini aytishdi.
Vak’t etib keldi va elkamdan turtdi va ulg’ayganimni aytdi. U rtadan boshlab katta kishi bo’lganimni aytdi. Shortingni va butsalaringni ech, dedi, sen endi erkaksan, maydon chimini hidlashni, adrenalin va bayramlarni nishonlashdagi xursandchiliklarni bas k’il, deb aytdi.
Oxirgi oylarda o’zimga savol berdim: nima uchun bu tushdan uyg’onishim kerak? Bilasizmi, yoshligingizda shirin tush ko’rasiz va sizni onangiz uyg’otadi va siz maktabga borishingiz kerak. O’sha tushga k’aytging keladi, ammo bu tushga hech k’achon k’aytib bo’lmaydi.
Shu vak’t davomida intervyu bermaganim uchun va niyatlarimni bo’lishmaganim uchun meni kechiring. Chirok’ni o’chirish oson bo’lmadi. Endi men k’o’rk’yapman. Shuning uchun engil k’o’rk’uvni his k’ilishimga imkon bering. Hozir sizning ko’magingizga muhtojman.
Hozir jamoadaoshlarimga, murabbiylarimga, klub rahbariyatig, ishk’ibozlarga rahmat aytishning vak’ti. Men 28 yilimni «Roma»ga berganimdan baxtiyorman va faxrlanaman. Sizlarni sevaman», — deydi Totti.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.