Tovuq uchun bankdan kredit olib qarzga botgan er uz khotinini suyib yoqib yubordi — ozbekiston
Tovuq uchun bankdan kredit olib, qarzga botgan er uz khotinini suyib, yoqib yubordi — o’zbekiston
Suratning Shovotdagi voqeaga aloqasi yuq.
Khorazmning Shovot tumanida 36 yoshli erkak uz turmush urtogini qishloq chekkasidagi dalaga olib borib, pichoqlab uldirib, keyin ustiga benzin sepib yoqib yubordi. Voqea 13 noyabr kuni Shovot tumanining Chigatoy qala qishlogida ruy berdi. Uch farzandning otasi bunday vahshiy qotillikka qul urganining asl sababi, hozircha, malum emas.
Marhumning qarindoshlari er-khotin tovuq boqish uchun bankdan kredit olib, qarzga botgani va ruzgor tebratishga qiynalgan er shunday qotillikka qul urgan bulishini nazardan soqit qilmayapti.
Hozirda Shovot tuman prokuraturasi Uzbekiston Jinoyat kodeksining 98-moddasi — «Qasddan odam uldirish» bandi buyicha ish ochib, hodisani tergov qilmoqda.
Khorazmning Shovot tumanida yashovchi uch farzandning otasi Sherzod Soporboev uz turmush urtogi 32 yoshli Nazokat Pirovani vahshiylarcha uldirganlikda gumonlanmoqda.
Guvohlarning Ozodlikka aytishicha, khotinini uldirib bulib, uyiga qaytgan er khotini bugizlagani va ustiga benzin sepib yoqib yuborganini otasiga aytgan.
Qotillikda gumonlanayotgan Sherzodning otasi Rajabboy aka Ozodlik bilan suhbatda uglidan bu suzlarni eshitgach, uni uz quli bilan tuman milisiyasiga olib borib topshirganini aytdi.
— Shu kuni Sherzod “men ham qutuldim, siz ham qutuldingiz, hozirgina uni uldirdim”, — deb keldi. “Meni tiriklay erga kumibsan bolam, yur milisiyaga”, deb uni uzim tuman ichki ishlar bulimiga olib borib, topshirib keldim. Nimaga bu ishni qilganiga hayronmiz, — dedi qotillikda gumonlanayotgan Sherzod Soporboevning otasi Rajabboy aka.
Qushnilarining Ozodlikka aytishicha, er-khotin urtasida doim janjal bulib turar edi.
Chigatoy qala qishlogi faoli Davlatyor Ismoilov ham buni tasdiqlaydi.
— 4 noyabr kuni kelin Nazokat arazlab onasining uyiga ketib qolgan edi. 9 noyabr kuni biz borib er-khotinni yarashtirishga harakat qildik. “Ikki ugling, bir qizing bor”, deb tushuntirishga urindik, foydasi bulmadi. “U er bilan yashamayman», deb turib oldi. Keyin 13 noyabr kuni mana shu voqea bulyapti, — dedi mahalla faoli.
Qotillik qurboni bulgan Nazokat Pirovaning amakisi Odilbek esa, er-khotin urtasidagi janjal ular turmush qurganidan buyon davom etib kelgani, Sherzod Soporboev un yildan buyon khotiniga ozor berib kelganini aytdi.
— Necha marta qaytib kelgan bulsa, shuncha marta uzimiz olib borib qushib kelganmiz. Keyin bilsak, un yildan beri qizga faqat ozor berar ekan-da. Eri burnini urib sindirgan paytlari ham bulgan. Bir hafta oldin ham qaytib kelgan edi. Endi biz olib borsak bulmaydi, uzlari olib olib ketishsin, dedik. Kelishdi olib ketgani. Qiz, yani bizning jiyan unamadi. U bilan yashamayman, dedi. Bu er hech qaerda ishlamaydi-da. Bizning qiz tekstil fabrikasida ishlardi. Khotinini kafil qilib, bankdan tovuq boqaman, deb 6 million sum kredit ham oldi. Qarzga botdi. Okhiri oila barbod buldi, — dedi Odilbek.
Bankdan tovuq uchun 6 million qarz
Marhum Nazokat Pirovaning yaqinlari er-khotin orasidagi janjalga oiladagi iqtisodiy muammolar sabab bulganini nazardan soqit qilishmaydi.
Nazokatning yana bir amakisi Saparboy Ozodlik bilan suhbatda qotillik ruy berganidan olti oy avval er-khotin «Khalq banki»dan tovuq boqish uchun 6 million sumlik imtiyozli kredit olgan.
Sherzod Soporboev uzi ishsiz bulgani sababli Shovotdagi tekstil korkhonasida ishlaydigan rafiqasini kreditga kafil qilgan.
— Bu er degani hech qaerda ishlamaydi-da. Ustiga — ustak khotinini kafil qilib bankdan kredit olib, qarzga ham botyapti. Hamma muammo yigilib, yigilib mana shu holatga olib keldi, deb uylayapmiz, — dedi Soparboy aka.
Chigatoy qala qishlogi faoli Davlatyor Ismoilov er-khotin bankdan kredit olishganini tasdiqladi, lekin oiladagi iqtisodiy vaziyat vahshiy qotillikka etaklaydigan darajada bulmaganini aytadi.
— Sherzod tovuq olib boqmoqchiman, shunga bankdan imtiyozli kredit olishga tavsiyanoma bering, deb kelgan edi. Men yozib berganman ushanda. Chunki bu bola tovuqni tushunar ekan-da. Oilada qiyinchilik buladi. Lekin, bu oila mashinasi bor, hamma qatori ruzgorini tebratib yurgan khujalik edi. Nimaga bunaqa buldi, tugrisi boshimiz qotib qoldi. Ona uldi, er qamoqda uch bola etim qolyapti, — dedi Davlatyor Ismoilov.
Shovot tumani prokuraturasi Uzbekiston Jinoyat kodeksining 98-moddasi — «Qasddan odam uldirish» bandi buyicha ish ochib, hodisani tergov qilmoqda.
Sunggi ikki oy ichida Ozodlik Uzbekistonda oilada janjal oqibatida ruy bergan kamida turtta qotillik haqida khabar berdi.
Utgan oy boshida Surkhondaryoning Termiz shahrida uch farzandning onasi qaynoanasi bilan uy-joy ustida talashib, uyiga ut quyishi oqibatida 72 yoshli qaynona utda yonib halok buldi, 9 yashar ugil kuyish jarohati bilan kasalkhonaga yotqizildi.
Avgust oyiida esa Fargonada 51 yoshli ota mashina ustida talashib, 27 yoshli uz uglini, ustiga benzin quyib, yoqib yuborgani haqda Ozodlik khabar bergan edi.
5 oktyabr kuni Andijon shahrining Dekhqonobod mahallasida 59 yashar ota jahl ustida qizi va nevarasini pichoqlab uldirdi va uz joniga qasd qildi.
Uzbekiston Ichki ishlar vazirligining «Postda» nashriga kura, joriy yilning 7 oyi ichida oila-turmush doirasida 105 ta qotillik jinoyati sodir etilgan. Jumladan, 34 ta holatda er khotinining, beshta holatda esa? khotin erining joniga qasd qilgan. Boshqa holatlarda qarindoshlar bir-birovining joniga qasd qilgan.
Комментарии 0