Turin va londonda derbilar uik-endning asosiy uchrashuvlari — ozbekiston

Turin va londonda derbilar uik-endning asosiy uchrashuvlari — ozbekiston

Turin va londonda derbilar. uik-endning asosiy uchrashuvlari — o’zbekiston

Hafta urtasida Ispaniya, Italiya va Germaniyada chempionat, Angliyada esa kubok uyinlari utkazildi. Bugundan chempionatlarda navbatdagi tur uyinlari boshlanadi. «Tribuna» tomosha qilish alohida tavsiya qilinadigan etiborga molik uchrashuvlarga tukhtalib utamiz. Qayd etish joizki, kelasi hafta urtalarida Evropa Chempionlar Ligasi 2-tur uyinlari bulishi sababli, bu hafta aksariyat uyinlar shanba oqshomida bulib utadi.
«VEST HEM» – «TOTTENHEM»
23 sentyabr. 16:30
London derbisi. «Vest Hem» kuchli raqibiga qarshi sunggi ikki uy uchrashuvida bir khil – 1:0 hisobida galaba qozongan. Ayniqsa, aynan «Vest Hem»dan maglubiyat utgan yili Pochettino shogirdlarini chempionlik kurashidan chiqarib yuborgandi.
Bilich shogirdlari mavsumni 3 maglubiyat bilan boshlab, jadvalning sunggi pogonalarida bordi. Lekin jamoa 5 turda 4 uyinni safarda utkazdi. «Vest Hem» uz maydonidagi yagona uchrashuvda galaba qozondi, «Tottenhem» ham jiddiy qarshilikka duch kelishi tayin.
Uz navbatida, «Tottenhem» «Uembli»da omadsiz bulsa-da, safar uyinlarida yuqotishsiz bormoqda. 2 uyin, 2 galaba, tuplar nisbati – 5:0.
Aytgancha, Angliya Liga kubogi qurasiga kura, jamoalar oktyabrda bu musobaqa nimchorak finalida ham tuqnash keladilar.
«MONPELE» – «PSJ»
23 sentyabr. 20:00
Parij klubi echinish khonasidagi voqealar, guyoki oddiy uyinga bulgan barchaning etiborini yigmoqda. Neymar va Kavani urtasidagi ziddiyatlar maydonga qanday kuchadi? Penaltini kim tepadi? Biri gol ursa, ikkinchisi tabriklaydimi? Neymar Kavaniga tup oshiradimi?
Khullas, uyin uz yuliga, hafta davomida sizni bezor qilgan mana shu serialning davomi qanday bulishini bilmoqchi bulsangiz, bu uyinni utkazib yubormang.
«STOK SITI» – «ChELSI»
23 sentyabr. 19:00
«Stok Siti» uz maydonida Angliya grandlari uchun haqiqiy sinov bulishda davom etaveradi. Hyuz shogirdlari «Arsenal» ustidan galaba qozonib, «Manchester Yunayted»dan ochko tortib oldi. Endi navbat mamlakat chempioniga. Jamoa «Chelsi»ga qarshi kechgan sunggi 7 uy uchrashuvining 4tasida ochko olishning uddasidan chiqqan.
Diego Kosta masalasini nihoyat hal qilgan londonliklar esa, tarkibda bir qator muammolarga duch keldilar: David Luiz «Arsenal» bilan uyinda maydondan chetlatilgan, Pedro Rodriges ham kichik jarohat oldi. Shuningdek, avtofalokatga uchragan Bakoyokoning ham holati haqida ham malumotlar yuq.
«Stok Siti»da Afellay, Shoukross, Kameron kabi muhim futbolchilar maydonga tusha olishmaydi.
«YuVENTUS» – «TORINO»
23 sentyabr. 23:45
Sunggi 10 uzaro uyinda «Yuventus»ning quli baland kelgan bulsa-da, bu derbi, har doimgidek qattiq kurashlar ostida kechishi tabiiy. Ayniqsa, may oyida bulib utgan uyinda ham sunggi daqiqalargacha kurash kechgan va hakam tomonidan qushib berilgan vaqtdagina Iguain hisobni tenglashtirgandi.
Qayd etish joizki, bu safargi derbi nafaqat uzaro hisob-kitob, balki turnir etibori bilan ham muhim. «Torino» mavsumda hali maglubiyatga uchramadi, 5 uyindan 3tasida galaba qozondi. «Yuventus» esa, hozircha yuz foizlik kursatkich qayd etmoqda. Demak bu uchrashuvda yo «Yuventus»ning galabali seriyasiga yoki «Torino»ning maglubiyatsiz yurishiga chek quyiladi. Buni utkazib yubormang.
«LESTER» – «LIVERPUL»
23 sentyabr. 21:30
Fuks, Vardi, Ulloa, Jeyms, Hut – Jan, Lallana, Lovren, Matip, Klayn, Mane. Yuq, bu ismlar bilan tuqnashuv yulduzlari sanalgani yuq. Jamoalar turli jarohatlar tufayli, eslab utilgan muhim futbolchilardan navbatdagi uyinda foydalana olmasliklari mumkin.
«Lester» 2014 yildan buyon uz maydonida «Liverpul»ni doim yutib kelmoqda. Hatto ikki kun oldin bulib utgan Liga kubogi uyinida ham Shekspir shogirdlari ustun keldilar va «Liverpul»ni musobaqadan chiqarib yubordilar.
«Liverpul» esa, avgustni juda kuchli utkazib, endi yana muvaffaqiyatsizlik girdobiga kirib qoldi – Manchesterdagi yirik maglubiyat, Chempionlar Ligasidagi va «Byornli» bilan uyinlardagi durang va yuqorida aytib utilgan maglubiyat. Seriya davom etadimi yoki Klopp nihoyat unglanib olish yulini topadimi?
Bu uyindan atigi uch kun utib «Liverpul»ni Moskvada EChL uyini kutib turganini ham takidlash joiz.
«ATLETIKO» – «SEVILYa»
23 sentyabr. 16:00
Ispaniya chempionatida «Barselona»ni taqib etayotgan bu ikki jamoaning uyini kupchilikning etiborini tortishi tabiiy. Har ikki jamoa ham hozircha Ligada maglubiyatga uchragani yuq.
Bu jamoalarning okhirgi 16 uyinining 7tasi durang bilan yakunlangan. 7tasida «Atletiko»ning quli baland kelgan. Utgan mavsumda har ikki uyinda maydon egalari galaba qozongandi.
«Atletiko» himoyachisi Filipe Luis hali jarohatini tiklab ulgurmadi, mehmonlardan esa Nolitoning maydonga tushishi suroq ostida. Shuningdek, Kevin Gemeyro sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushishi etiborga molik.
«FENERBAHChE» – «BEShIKTOSh»
23 sentyabr. 21:30
Turkiyada uzi 3ta katta klub bor. Uchchovi ham Istanbul jamoalari. Va ertaga ulardan ikkitasi orani ochiq qiladi. Sunggi ikki mavsum chempioni «Beshiktosh» bu yilni ham kuchli boshladi va turnir jadvalini boshqarib bormoqda. «Fenerbahche» uchun esa, bu uyin jadvalning yuqori pogonalariga chiqib olish uchun sunggi imkoniyatlardan biri. Agar maglubiyatga uchrasa, oradagi farq 8 ochkoga etadi va bu Turkiya uchun katta masofa.
«ROSTOV» – «LOKOMOTIV»
24 sentyabr. 18:30
Rossiya chempionatida «uzbek derbisi». Maydon egalari tarkibida Eldor Shomurodovning zakhiradan maydonga tushishini kutishimiz mumkin. Vitaliy Denisov esa, mehmonlar asosiy tarkibi uyinchisi sanaladi.
Har ikki jamoa ham turnir jadvalining yuqori pogonalarida borishmoqda. 10 uchrashuvdan sung «Lokomotiv» 20 ochko bilan uchinchi, «Rostov» esa, shuncha uyindan sung, 16 ochko jamgarib, beshinchi urinda joylashgan.
«REAL SOSEDAD» – «VALENSIYa»
24 sentyabr. 23:45
Mavsumni juda yakhshi boshlab, uch turdan sung yuz foizli natija kursatgan sosedadliklar okhirgi ikki uyinda maglubiyatga uchrashdi. “Valensiya” esa, aksincha, ikki kun oldin “Malaga” darvozasiga javobsiz besh gol yullab, duranglardan iborat seriyasiga barham berdi.
Shu tariqa har ikki jamoa 9 tadan ochko tuplab, peshqadamlarga yaqin borishmoqda. Nisbatan teng kuchli jamoalarning uyini hamma uchun qiziqarli bulishi shubhasiz.
«REAL» va «BARSELONA»
Yuq, bu hafta el-klassiko yuq. Ammo har ikki jamoa mukhlislari odatdagidek, sirtqi kurashning guvohi bulishlari aniq. «Real» shanba kuni soat 19:15da «Alaves» mehmoni buladi, shu kuni soat 23:45da esa, «Barselona» «Jirona»ga qarshi maydonga tushadi. Raqib kim bulishidan qati nazar, bu ikki jamoa urtasidagi raqobat mavsum okhirigacha davom etadi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.