Ueyn runi kelajagim yana ozgina kutaylik intervyu — ozbekiston

Ueyn runi: kelajagim? yana ozgina kutaylik (intervyu) — o’zbekiston

«Manchester Yunayted» sardori Ueyn Runi katta ehtimolki, jamoa bilan Evropa Ligasi g’olibi sifatida xayrlashadi. Shuning uchundir, Stokgolmdagi yutuk’ unga kuchli xursandchilik ulashdi, o’z navbatida, o’yin tegrasidagi vok’eliklar ham faxriy futbolchiga k’attik’ ta’sir k’ildi:
«Tabiiyki, bag’oyat baxtiyormiz, EL kubogi ham har k’anday mukofot kabi k’adrlidir. Bu aynik’sa, muxlislar uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Ammo motam kuni maydonga tushib, o’z o’yinimizni ko’rsatishda ancha k’iynalganimiz ham rost. Axir final arafasida Manchesterda dahshatli fojia ro’y berib, ko’pchilik yak’inlari, oilasi va do’stlaridan ayrildi. YAna kimlardir jiddiy jarohatlandi. Yigitlar bilan maslahatlashib, birinchi golni hayotdan ko’z yumganlar va ikkinchisini mudhish vok’eadan aziyat chekkanlarga bag’ishladik. Biz butun Angliya uchun og’ir kunda xalk’imiz bilan birgamiz».
— «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» vakillari k’urbonlar yak’inlarini birgalikda k’o’llab-k’uvvatlashdi.
— Ha, axir hozir avvalo, terakt ok’ibatida hayotdan ko’z yumganlar va ularning yak’inlari hak’ida o’ylash kerak. Boshk’a masalalar shunchaki, ikkinchi darajali. Demakki, bu kabi dahshatli vok’ealar ro’y berganida, futbol ham sekingina ortga suriladi, undagi o’ziga xos rak’iblik munosabati o’z ahamiyatini yo’k’otadi, hisob. Xullas, «Yunayted» va «Siti»ning birlashishida g’ayritabiiylik yo’k’.
— Umuman, Evropa Ligasidagi g’alaba jamoangiz uchun nechog’li muhim edi?
— Birinchidan, sovrin yutish doimo yok’imli. Ikkinchidan, ELdagi g’alaba tufayli Chempionlar Ligasiga yo’l ochdik. Misol uchun, fantastik mavsumni o’tkazgan «Tottenxem» chempionatda 2-o’rinni egalladi, ammo biror sovrin yutgani yo’k’. Endi tak’k’oslang, biz xuddi «tak’achilar» kabi ChLning yangi mavsumida kurashni guruh bosk’ichidan boshlaymiz.
— Xo’sh, «Manchester Yunayted» mabodo bu safar ham Chempionlar Ligasidan chetda k’olganida, nima bo’lardi…?
— Tasavvur k’ilish ham k’o’rk’inchli. ChLda ishtirok etish «MYu» uchun nak’adar muhimligi barchaga ayon. Oxirgi 3-4ta intervyuda Stokgolm finalini o’z foydamizga hal k’ilishimiz shartligini bejiz k’ayta-k’ayta takrorlaganim yo’k’. Oddiy aytganda, o’yinda g’alaba k’ozonishga mahkum edik va muhimi, buni uddaladik.
— Mourinoning final o’yinlarida bunchalik omadli ekanligida k’andaydir sir bormi?
— O’ylaymanki, uning siri oddiy: shunchaki, k’anday g’alaba k’ozonishni juda yaxshi biladi. Doimo shunday bo’lgan. Mourino har bir hal k’iluvchi o’yin arafasida shunday tetik ko’rinadiki, hech kim uni engolmaydigandek tuyuladi. Tabiiyki, murabbiyning holati futbolchilarga ham ijobiy ta’sir k’iladi. Ha, Jozening asosiy siri uning ishonchli nigohida yashiringan bo’lsa, ajabmas.
— Oxirgi finalga k’aratilgan tayyorgarlik jarayoni avvalgilaridan nechog’li fark’landi?
— Ko’pchilik taxmin k’ilgandek, bu masalada fark’ katta emas. To’g’ri, yangiliklar bor edi, albatta. O’zi tayyorgarlik ishlarida doimo nimadir o’zgarib turadi. Bunda o’yinning final yoki odatiy tak’vim uchrashuvi ekanligi ortik’cha ahamiyat kasb etmaydi. Xususan, Shvesiyaga yo’l olish arafasida ham mashg’ulotlarda ba’zi o’zgarishlar kuzatilgan bo’lsada, k’andaydir noodatiy narsa bilan shug’ullanganimiz yo’k’.
— Xalk’aro turnirdagi g’alabaga k’aramay, jamoaga ser Aleks Fergyuson etishmayotgani ko’p bora ta’kidlanmok’da. Bu fikrga k’o’shilasizmi?
— Natijalarni nazarda tutsak, bahslashish k’iyin: oxirgi yillar chempionatda kuchli to’rtlikdan joy olish uddasidan chik’olmayapmiz. Ser Aleks davrida esa bunak’asi kuzatilmasdi. Ishonchim komil, u «MYu» hayotida nihoyat katta rol bajarardi.
— Jon Terri yak’inda «Chelsi» tarkibida oxirgi marta maydonga tushdi. Shu ma’noda aytsak, sizning «MYu»dagi xayrlashuv uchrashuvingiz k’achon bo’ladi?
— Bilmadim! Ochik’ gap — bu masalada anik’ ma’lumotga ega emasman. Umuman, ayni hozir ketish yoki k’olish xususida hattoki, o’ylashni ham xohlamayman. Chunonchi, shu kunlarda men uchun eng muhimi — oila davrasida bo’lish.
— Aytingchi, Mourino bilan o’z kelajagingiz masalasida alohida gaplashish niyatingiz bormi va k’achon shunday k’ilmok’chisiz?
— Bunisini ham bilmayman. Har holda, bunday uchrashuvni rejalashtirgan emasmiz. Bu borada fak’at bir gapni aytishim mumkin: Joze jamoa bilan xayrlashishimni istamaydi.
— Kelajak xususidagi yakuniy k’aroringiz «MYu»ning yozgi transferlar bozorida amalga oshiradigan xaridlariga ham bevosita bog’lik’ bo’lsa kerak.
— Yo’k’, transferlar ko’lami mutlak’o ta’sir k’ilmaydi. Zero, barchasini avvalo, fak’at o’z holatimga k’arab, hal k’ilaman. O’ylaymanki, keyingi haftalar yakuniy to’xtamga kelaman. Keling, yana ozgina sabr k’ilaylik.
— YAkunlangan mavsumning sezilarli k’ismida maydonga tushmadingiz. Nahotki, etarli o’yin amaliyotiga ega bo’lmayotganingiz yakuniy k’aroringizga ta’sir k’ilmasa?
— Alohida ta’kidlayman, birinchi navbatda — jamoaviy futbolchiman. Oxirgi mavsumda ko’pincha tarkibga kirmaganimdan ortik’cha hayratlanganim ham yo’k’. Bu Joze Mourinoning k’arori. Hammasi oddiy: murabbiy xizmatimga ehtiyoj sezsa, albatta, maydonga tushiradi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.