Uff rasmiylari khalqaro press-klubda matbuot khodimlari savollariga javob berdi — ozbekiston

Uff rasmiylari khalqaro press-klubda matbuot khodimlari savollariga javob berdi — o’zbekiston

21 iyun kuni Toshkent shahridagi Khalqaro press-klubda “Uzbekistonda sport: Yangi vazifalar, Olimpiya harakati va soglom turmush tarzi” mavzusida OAV vakillari, sportchilar va jurnalistlar ishtirokida anjuman bulib utdi.
Unda Uzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qumitasi raisi Rustam Qurbonov, Milliy Olimpiya qumitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, Uzbekiston Futbol Federasiyasi bosh kotibi Sardor Rahmatullaev, Uzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti rektori Shoakrom Isroilov hamda UzPFLning kelishilgan uyinlarga qarshi masul ofiseri Akhrol Inoyatov ishtirok etdi.
Anjumanda sport olami, mamlakatda sportni rivojlantirish, Olimpiya harakati va khususan futbol haqida suz bordi. Press-klubda Uzbekiston futbol federasiyasi vise-prezidenti Sardor Rahmatullaev ishtirok etib, uz sohadagi muammolar, rejalar va istiqbollar haqida uz firklarini bildirdi.
“Avvalambor, 2018 yilgi Jahon chempionati yullanmasi uchun kurash olib borayotgan futbol buyicha Uzbekiston milliy terma jamoasi haqida suz yuritmoqchiman. Ha, khatolar bor, ammo bizda mundialga tugridan-tugri chiqish imkoniyati saqlanib qoldi. Bugungi kunda mamlakat futbol federasiyasi va murabbiylar shtabi ushbu vazifani bajarish uchun bor kuchini ishga solmoqda. Murabbiylar shtabidagi yoki UFFdagi istefolar haqida tukhtaladigan bulsak, UFF Ijroiya qumitasi buyurosi milliy terma jamoa murabbiylar shtabiga ishini okhirigacha bajarishga imkon berdi”, – dedi Sardor Rahmatullaev.
UFF bosh kotibi milliy terma jamoa murabbiylar shtabining uz lavozimida qoldirilishi sababini tushuntirdi.
“Birinchidan, Samvel Babayan bilan saralash uyinlarining okhirigacha shartnoma tuzilgan va agarda u uziga yuklatilgan vazifani uddalay olmasa, istefoga chiqarilishi mumkin. Lekin, ayni paytda Uzbekiston terma jamoasida Jahon chempionatiga tugridan-tugri yullanmani qulga kiritish uchun juda yakhshi imkoniyat mavjud va bu imkoniyat uz-uzidan paydo bulib qolmadi. Bunda jamoa murabbiylar shtabining roli katta. Masalan, tugridan-tugri yullanma uchun asosiy raqobatchimiz – Janubiy Koreya terma jamoasining ahvoli bizdan yomonroq. Chunki, ularning taqdiri uz qulida emas. Uzbekiston terma jamoasining taqdiri uz qulida. Qolgan 2 uyinni yutsa, Janubiy Koreyaning natijasidan qati nazar Jahon chempionatiga tugridan-tugri yullanmani qulga kiritadi. Janubiy Koreya, masalan, Qatar bilan uyinlarda 3 ochko oldi. Uzbekiston esa 6 ochko. Ana shu jihatlarni inobatga olib, Uzbekiston futbol federasiyasining Ijroiya qumitasi byurosi 15 iyun kuni Samvel Babayanni uz lavozimida qoldirish haqida qaror qabul qildi. Uzbekiston terma jamoasi mavzusiga qaytadigan bulsak, natija uchun faqatgina bosh murabbiy emas, balki UFF ham javob beradi”, – deya vaziyatga aniqlik kiritdi Sardor Rahmatullaev.
Uzbekiston Futbol Federasiyasi bosh kotibi Sardor Rahmatullaev Khalqaro press-klub yigilishida, shuningdek, sentyabr oyida uzbek futbolini rivojlantirishning yangi konsepsiyasi qabul qilinishini haqida malum qildi.
“Shu yilning sentyabr oyida UFFning hisobot-saylov konferensiyasi bulib utadi. Unda federasiyasining yangi tarkibi tanlanadi. Uzbekistonda futbolni rivojlantirish tizimining yangi konsepsiyasi ishlab chiqildi va bu konsepsiya konferensiyada tasdiqlanadi. Yangi tuzilma, yangi boshqaruv tarkibi, PFLda uzgarishlar, bolalar va usmirlar futbolini rivojlantirish: bu dastur 2017–2020 yillarga muljallangan. Bizda nafaqat milliy terma jamoa, balki yoshlar va usmirlar terma jamoasi ham turli turnirlarga tayyorgarlik kurmoqda. Usmirlar va yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bosqichida ishtirok etadi. 23 yoshgacha bulgan futbolchilar ham Osiyo birinchiligiga chiqish uchun saralash bosqichiga qatnashadi”, – dedi Sardor Rahmutullaev.
Sardor Rahmatullaev UFF rasmiylari jurnalistlar bilan muloqotdan qochmasligi, ular bilan aloqa qilinishi haqida ham tukhtalib utdi.
“UFF rasmiylari jurnalistlar bilan muloqotdan qochmaydi. Birinchidan, har bir musobaqa reglamentida uyin-oldi, uyindan keyingi matbuot anjumanlari, flesh intervyu, mikst zonadagi qisqa intervyu kabi tadbirlar majburiy qilib quyilgan. Ikkinchidan, UFFning matbuot khizmati bor. UFFning rasmiy sayti, ijtimoiy tarmoqlarda alohida akkauntlari mavjud. Qolaversa, UFF Prezidenti shakhsan eksklyuziv intervyular berib keladi. Ammo, har bir tadbirning urnatilgan tartibi va urni bor. Shunga rioya qilingan holda muloqot amalga oshiriladi”, – deydi UFF bosh kotibi.
Bundan tashqari, Halqaro press-klubda kelishilgan uyinlarga qarshi masul ofiser Akhrol Inoyatov ham uz fikrlari bilan urtoqlashib, UzPFLning joriy mavsumida kelishilgan uyinlar kuzatilmaganligi, agar shunga ukhshash holatlar qayd etilsa ularga qarshi chora qullanishini aytib utdi.
“Joriy mavsumda hech qanday kelishilgan uyinlar kuzatilmadi. Turnir jadvalidagi holatga etibor bersangiz, etakchi va undan keyingi urinlarni egallab turgan jamoalar orasidagi farq 2–3 ochkoni tashkil etadi. Umuman olganda uyinlar rang-barang tus olmoqda”, – dedi Inoyatov.
Shuningdek, Akhrol Inoyatov OAV vakillari va jurnalistlarni hamkorlikda ishlashga chaqirdi va shubhali holatlar aniqlansa khabar berish kerakligini takidladi.
Anjuman yakunida qolgan muhim uyinlar oldidan Uzbekiston milliy terma jamoasi, murabbiylar shtabi va futbolchilarga bosim utkazmay, qullab-quvvatlash, dalda berish kerakligi takidlandi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.