Ukraina prezidenti mamlakatda harbiy holat elon qilishni qullab-quvvatladi — ozbekiston

Ukraina prezidenti mamlakatda harbiy holat elon qilishni qullab-quvvatladi — o’zbekiston

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 26 noyabrdan 2019 yilning 25 yanvariga qadar mamlakatda harbiy holat elon qilish tugrisidagi farmonni imzoladi, deya khabar qildi UNIAN agentligi. Hujjat kuchga kirishi uchun Oliy Rada tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Avvalroq Ukrainaning Uzbekistondagi elchikhonasi Kerchen bugozida Ukraina va Rossiya harbiy-dengiz kuchlari ishtirokidagi hodisa tugrisida malumot tarqatgan edi.
Dipmissiya malumotlariga kura, 25 noyabr kuni Ukraina Harbiy-dengiz kuchlari kemalari — ikkita «Berdyansk» va «Nikopol» artilleriya katerlari hamda «Yan Kapa» reyd shatakchi kemasi — Azov dengizida Odessa portidan Mariupol portiga rejali utishni amalga oshirgan, Rossiya tomoni khavfsizlik maqsadlarida ogohlantirilgan.
Rossiyaning «Sobol», «Don», «Mangust» va «Suzdales» chegara katerlari «Ukraina QK HDK kemalariga qarshi ochiqchasiga tajovuzkorona harakatlarni amalga oshirdi», deyiladi khabarda. «Don» chegara kemasi ukrain reyd shatakchi kemasiga urib, shikast etkazgan.
Ukraina tomoni malumotlariga kura, Rossiya chegarachilari ukrain HDK kemalarini ular Kerchen bugozidan chiqqunga qadar kuzatib borgan va kemalar guruhiga qarata ut ochgan, keyinroq esa ukrain kemalari Rossiya makhsus qushinlari tomonidan egallangan. Olti nafar ukrain harbiy khizmatchisi jarohat oldi, deyiladi khabarda.
«Rossiya Federasiyasining harakatlari BMT Ustavi va Dengiz huquqi buyicha BMT konvensiyasini qupol ravishda buzilishidir», — deyiladi akhborot materialida. JUmladan, ukrain tomonining fikricha, Dengiz huquqi buyicha BMT konvensiyasining 38 va 44-moddalari buzilgan.
Ukraina yaralangan harbiy khizmatchilarga shoshilinch tibbiy yordam kursatish, ularni zudlik bilan Vataniga qaytarishni taminlash, shuningdek egallab olingan harbiy mulklarni qaytarish va ukrain tomoniga etkazilgan zararlarni qoplashni talab qildi.
Bundan tashqari, mamlakat TIV ittifoqchi va sheriklariga Ukrainaga khalqaro tan olingan chegaralar doirasida hududiy yakhlitligi va suverinetini himoya qilishda harbiy yordam berish iltimosi bilan murojaat qildi.
Rossiya Federal khavfsizlik khizmati esa 25 noyabr kuni Ukraina HDKning «Berdyansk», «Nikopol» va «Yani Kapu» kemalari Dengiz huquqi buyicha BMT konvensiyasining 19 va 21-moddalarini buzgan holda Rossiya davlat chegaralarini kesib utganini malum qildi.
Kemalar vaqtincha yopilgan Rossiya akvatoriyasiga kirib kelgan va bir necha soat davomida ularni kuzatib kelayotgan Rossiya kater va kemalarining talablariga buysunmasdan, khavfli manyovrlarni bajargan, deya yozmoqdaRIA Novosti.
Kemalar Rossiya qirgoqlaridan takhminan 20 km uzoqlikda, kemalarning Kerchen bugozi buylab Qirim kuprigi ostidan utadigan odatiy yulidan 50 km janubi garbda qulga olingan.
Hodisa vaqtida uch nafar ukrain harbiy khizmatchisi engil tan jarohati olgan. Agentlik malumotlariga kura, ularga tibbiy yordam kursatilgan, hayotiga khavf yuq.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi uz bayonotida hodisani «joyi va tashviqot shakli buyicha pukhtalik bilan ishlab chiqilgan va rejalashtirilgan» deb atadi.
«Bularning barchasi, kurinib turibdiki, Ukrainaning uzidagi ichki siyosiy muammolardan etiborni chalgitishga qaratilgan», — deyiladi bayonotda.
Rossiya tomoni ham Ukrainani khalqaro huquqlar, jumladan BMT Ustavi va Dengiz huquqlari buyicha BMT konvensiyasi «hamda barcha davlatlardan boshqa mamlakatlarning suverenitetini hurmat qilishni talab qiluvchi boshqa khalqaro-huquqiy instrumentlar»ni buzganlik ayblamoqda. Bu borada RF TIV matbuot khizmati tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning suzlaridan iqtibos keltiradi.
Har ikki mamlakat ham BMT Khavfsizlik kengashiga yaqin vaqtlarda yigilish chaqirish iltimosi bilan murojaat qildi.
Shu urinda, Ukraina elchikhonasi malumotlariga kura, mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenko ayni paytda parlamentda muhokama qilinayotgan harbiy holatning joriy etilishi urush boshlanganini bildirmasligini takidlab utgan. «Ukraina hech kim bilan urishishni rejalashtirayotgani yuq. U faqatgina mudofaa maqsadlarida joriy etilmoqda», — deya davlat rahbari suzlaridan iqtibos keltirildi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.