Uli shtilike ozbekistonda himoya chizigi mustahkam — ozbekiston
Uli shtilike: o’zbekistonda himoya chizig’i mustahkam — o’zbekiston
Biroz avval Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Uli Shtilike o’yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etdi. U so’zlarini k’uyidagicha boshladi:
“Ertangi o’yin juda muhimligini sizlar aytmasangiz ham yaxshi anglab turibman. JCh saralashidagi o’rin uchun kurash bo’ladi. O’zbekiston ertangi o’yin natijasiga ko’ra guruhda o’z o’rnini mustahkamlashga urinsa, biz 2-o’rinni o’zimizniki k’ilishga harakat k’ilamiz. Bu o’yinga ko’p narsa “tikilgan”.
Nemis murabbiyning aytishicha, “Kristal Pelas” yarim himoyachisi Li Chong Yong ertangi o’yinda maydonga tushmasligi oydinlashdi. Shuningdek, germaniyalik mutaxassis o’zining terma jamoa rulidagi muvaffaiyatsiz davri hak’idagi savolga:
“Ikki yillik boshk’aruvim davomida bunday holat kuzatilmagandi. JCh saralash bosk’ichida shunak’asi ham bo’lib turadi. Shogirdlarim bilan bu hak’da gaplashib olganman. Kanada bilan o’yindagi muvaffak’iyat bizga ishonchni orttirdi. Ertaga ham buni davom etttiramiz deb o’ylayman”, — deya javob berdi.
Ertangi rak’ib – O’zbekiston hak’ida k’anday fikrdaligini Uli Shtilike shunday ifodaladi: “Nafak’at JCh saralashidagi 4ta o’yinini, balki Iordaniya bilan o’tkazgan o’rtok’lik o’yinini ham ko’rib chik’dim. Ularda yirik g’alaba ham, yirik mag’lubiyat ham yo’k’. 5ta o’yin davomida atigi 1ta gol o’tkazib yuborishganligi ularda himoya chizig’i mustahkamligini anglatib turibdi. Eronga o’tkazilgan gol ham standart vaziyat ork’ali kiritilgan. Biz Kanada bilan o’yindagidek harakat k’ilishimiz lozim. Hujum va himoya chizig’i hamohangligi O’zbekistonni mag’lub etishimizga yaxshi omil bo’ladi”.
Koreys OAV ma’lumotlari asosida Otabek Yo’ldoshev tayyorladi.
Комментарии 0