Umidjon alamov ozarxiv agentligiga rahbar boldi — ozbekiston

Umidjon a’lamov o’zarxiv agentligiga rahbar bo’ldi — o’zbekiston

Umidjon A’lamov O’zbekiston Prezidentining 26 maydagi k’arori bilan «O’zarxiv» agentligi bosh direktori etib tayinlandi. Bu hak’da «Gazeta. uz»ga hukumatdagi axborot manbasi xabar berdi.
Umidjon A’lamov bunga k’adar — 2015 yildan — axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri o’rinbosari lavozimida faoliyat ko’rsatgan.
1975 yilda tug’ilgan, Toshkent elektrotexnika institutini tamomlagan. 1996 yildan 2003 yilgacha Ilmiy-texnik va marketing tadk’ik’otlari markazida muhandis va bo’lim boshlig’i bo’lib ishlagan.
2003-2006 yillarda Umidjon A’lamov O’zbekiston Alok’a va axborotlashtirish agentligi hamda BMT Tarak’k’iyot dasturining hamkorlikdagi «Rak’amli tarak’k’iyot tashabbusi» loyihasida menejer bo’lib ishlagan. 2006 yilda Huawei Technologies telekommunikasiya kompaniyasida ham menejer bo’lgan.
2007 yilda O’zbekiston Alok’a va axborotlashtirish agentligida bo’lim boshlig’i sifatida faoliyat ko’rsatgan.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.