Umumiy orta talimda kanday ozgarishlar kutilmokda — ozbekiston

Umumiy orta talimda kanday ozgarishlar kutilmokda — ozbekiston

Umumiy o’rta ta’limda k’anday o’zgarishlar kutilmok’da — o’zbekiston

Xalk’ ta’limi vazirligi seshanba kuni bo’lib o’tgan matbuot anjumanida umumiy o’rta ta’lim tizimida joriy etilayotgan o’zsharishlar to’g’risida ma’lumot berdi. Vazirlik matbuot xizmatining xabar k’ilishicha, o’zgarishlar 2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi hamda hukumatning 15 martdagi (Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi nizomni tasdik’lash hak’ida) va 6 apreldagi (Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdik’lash to’g’risida) k’arorlari asosida ishlab chik’ildi.
Majburiy ta’lim tizimi (9+3) uchun 18 ta umumta’lim fanidan ta’lim mazmunining uzviyligi to’lik’ ta’minlangan holda umumiy o’rta hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari ishlab chik’ildi. Amaldagi davlat ta’lim standartlari bundan 17 yil avval umumiy o’rta ta’lim tizimi uchun alohida, o’rta maxsus ta’lim tizimi uchun alohida ishlab chik’ilgan.
Zamon talablaridan kelib chik’ib o’k’uvchilarda informatika, axborot texnologiyalari fanining dastlabki tushunchalarini shakllantirish mak’sadida I-IV sinflarda matematika fanini o’k’itish mazmuniga dasturlashning dastlabki tushunchalari singdirildi.
«Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» fani «Informatika va axborot texnologiyalari» deb o’zgartirildi. «Mehnat ta’limi» fani o’k’uv rejada «Texnologiya» fani deb o’zgartirildi hamda bugungi kun talablaridan kelib chik’ib ko’p tarmok’li yo’nalishlarga asoslangan holda k’ayta ishlandi.
O’k’uvchilarda ilk yoshdanok’ shaxmat o’yinlariga k’izik’ishini va mantik’iy fikrlash k’obiliyatlarini rivojlantirish mak’sadida jismoniy tarbiya fanidan DTSga o’k’uvchilarda shaxmat o’yinini o’rganish talablari singdirildi.
Takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlari 2017?2021 yillar oralig’ida bosk’ichma-bosk’ich amaliyotga joriy etiladi. Ular ta’lim-tarbiya jarayoniga prinsipial yangi yondashuvning joriy etilishiga va u ork’ali o’k’uvchilarda olgan bilimlarini amaliyotda to’g’ri k’o’llay olishga, mustak’il ijodiy fikrlash kabi ko’nikmalarni rivojlantirishga xizmat k’iladi.
Maktab yoshidagi bolalarni umumiy o’rta ta’limga k’amrab olish tuman (shahar) hokimliklarining k’arori bilan maktablarga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida umumta’lim muassasasi pedagog xodimlari tomonidan bolalarni birma-bir (uyma-uy) ro’yxatga olish ork’ali amalga oshiriladi. Bu maktablarda tahsil oluvchilar sonida nomutanosibliklarni bartaraf etishga xizmat k’iladi.
Endilikda belgilangan me’yorlar bo’yicha tegishli maydonga ega bo’lgan umumta’lim muassasasi sinflarining to’lik’ligi 35 nafardan ortib ketishiga yo’l k’o’yilmaydi.
Sinf o’k’uvchilarini bo’lib o’k’itish bo’yicha ham normalar belgilandi. Jumladan, malakali o’k’ituvchilar etarli bo’lgan hollarda o’k’uvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo’lgan I-IX sinflarda chet tili, ayrim fanlar chuk’ur o’rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida chuk’urlashtirib o’k’itiladigan fanlar, V-IX sinflarda informatika va mehnat ta’limi, VIII-IX sinflarda jismoniy tarbiya fani, ta’lim boshk’a tilda olib boriladigan muassasalarning II-IX sinflarida o’zbek tili hamda ta’lim tili rus tili bo’lmagan muassasalarning II-IX sinflarida rus tili fani darslarini ikki guruhga bo’lib o’tishga ruxsat etiladi.
Namunaviy loyihalar bo’yicha k’urilmagan, moslashtirilgan binolarda joylashgan, o’k’uvchilar soni etarli bo’lmagan umumta’lim muassasalarida, olis (tog’li va cho’l hududi) aholi punktlarida joylashgan, ta’lim o’zbek tilida olib borilmaydigan maktablarda o’k’uvchilar soni sinflarni to’ldirishning o’ziga xos shart-sharoitlaridan kelib chik’ib belgilanadi.
Olis (tog’li va cho’l hududi) aholi punktlarida yashovchi maktab yoshidagi bolalarning sifatli umumiy o’rta ta’lim olishini ta’minlash mak’sadida tegishli tuman (shahar) hokimliklarining k’arori asosida maktablarning filiallari tashkil etiladi. Bunday filiallarda o’k’uvchilar soni 100 nafargacha bo’ladi.
boshk’a umumta’lim muassasalariga yak’inligi hamda moddiy-texnik bazasining holatidan kelib chik’ib o’k’uvchilar soni 180 nafargacha bo’lgan maktablar ham filiallarga aylantirilishi mumkin.
Alohida sharoitlarda yoxud uzok’ muddat davolanishga muhtoj bo’lgan bolalar umumiy o’rta ta’limni ixtisoslashtirilgan maktab, sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat, inklyuziv (uyg’unlashgan) sharoitda yashash joylaridagi umumiy o’rta ta’lim maktablarida, uyda yakka tartibda, davolash-profilaktika muassasalarida stasionar sharoitda olishlari mumkin.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.