Umurtka pogonasidagi kasallik — ozbekiston

Umurtka pogonasidagi kasallik — ozbekiston

Umurtk’a pog’onasidagi kasallik.. — o’zbekiston

K’addi k’omatning o’zgarishi va umurtk’a pog’onasi kasalliklari – umurtk’aning siljishi, disk protruziyasi, umurtk’alararo churra – etarlicha ko’p uchraydigan, lekin davolasa bo’ladigan xastaliklardir. Bu mak’olada umurtk’a kasalliklari, ularning sababi va simptomlari hak’ida k’isk’acha ma’lumot beramiz. Umurtk’a – inson tanasini ushlab turadigan asosdir. Ammo u xuddi prujinadek juda harakatchan, bu esa bizga faol harakatlanish, tana vaziyatini o’zgartirish kabi imkoniyatlarni beradi. Umurtk’a pog’onasi faoliyatining buzilishi (masalan, k’ad-k’omatning o’zgarishi, umurtk’alarning siljishi) disk protruziyasi, umurtk’alararo churra, ostexonroz, radikulit kabi jiddiy kasalliklarga sabab bo’lishi mumkin.
Umurtk’a pog’onasi turli xil yo’nalishlarda harakatlanishi mumkin. Shu harakatlanish buzilishi k’iyinlashsa, umurtk’aning turli xil kasalliklari kelib chik’adi. Bularni oldini olish mumkin. K’add-k’omatingizdagi o’zgarishlarga yo’l k’o’ymay, vak’tida umurtk’adagi og’rik’k’a e’tiborlirok’ bo’lib, jismoniy faol va sog’lom hayot tarzi kechirishga odatlaning.
Sog’lom umurtk’a 4 egrilikka ega, ular lordozlar (oldinga egilish) va kifozlar (orkaga egilish) deb nomlanadi. Umurtk’aning bunday xususiyatlari bizga vertikal vaziyatda bo’lishimizni, ko’krak k’afasining oldinga chik’ib turishi va oyok’larni esa to’g’ri hamda mustahkam turishiga imkoniyat yaratadi. Kifoz va lordozlar tufayli organizm juda katta zo’rik’ishlarga bardosh bera oladi.
Umurtk’a pog’onasida asosiy funksiyani umurtk’alar bajaradi, odatda ular 32 tadan 34 tagacha bo’ladi. Ulardan 7 tasi bo’yin, 12 tasi ko’krak, 5 ta bel, 5 ta dumgaza va 3-5 dum umurtk’alaridir. Ular turli xil shakl va o’lchamga ega, ammo hammasida tanacha, yoy, bo’g’im, ko’ndalang, o’k’li o’simtalalari va umurtk’a teshigi bor. Umurtk’alar o’zaro tog’ay va boylamlar birikkan. Hamma umurtk’alar birikib ork’a miya kanalini hosil k’iladi. Unda bosh miyaga asab oxirlari ork’ali informasiyani o’tkazib beradigan ork’a miya joylashgan. Bo’yin umurtk’alarining ko’ndalang o’simtalari teshikchalaridan umurtk’a arteriyasi o’tadi, o’k’li o’simtalar orasida esa mushak va boylamlar joylashgan.
Bundan tashk’ari umurtk’aning normal faoliyatida tog’ay va umurtk’aaro disklarining ahamiyati katta. Ularning faoliyatining buzilishi umurtk’alararo churra kasalligi hisobiga kelib chik’adi. Umurtk’aaro tog’aylar o’zak va o’zakni o’rab turuvchi tolali xalk’adan (fibroz xalk’a) iborat. Disk o’rtasida jelesimon moddadan iborat va ikki tomoni k’avarik’ shaklli pulpoz o’zak mavjud. Katta yoshdagi odamlarda umurtk’aaro disklarda k’on tomir bo’lmaydi va moda almashinuvi diffuziya ork’ali kechadi. Elastik o’zak amortizasiya vazifasini bajaradi. Organizmning k’arishi natijasida umurtk’aaro disklar o’z xususiyatini yo’k’otadi va modda almashinuvi k’iyinlashadi.
Umurtk’aaro diskdagi fibroz xalk’a umurtk’alarning bir biriga zich joylashishini va ularning harakatlanishini ta’minlaydi. Bundan tashk’ari ular katta zo’rik’ishni ko’taradi: ya’ni 30 kg (tik turganda) dan 66 kg (k’o’llar oldinga uzatilganda) gacha.
Inson k’o’llarini tushirib tik turgan holatida pastki bel diskiga 30 kg li zo’rik’ish to’g’ri keladi. Agar k’o’llarini oldinga uzatsa zo’rik’ish ham ko’payadi. Tasavvur k’iling, odam biror yuk ko’tarsa diskk’a bo’lgan bosim bir necha marta oshadi. Ammo sog’lom umurtk’a pog’onasi bularning hammasiga bardosh bera oladi. Umurtk’a mushak va boylamlari tanani vertikal holatda ushlab turadi.
Umurtk’aning normal faoliyati mushak va boylamlarning chidamligiga va k’uvvatiga bog’lik. Bu mushaklar va boylamlar nak’adar kuchli va chidamli bo’lsa, shunchalik umurtk’a pog’onasi kasalliklari kam uchraydi. Shu sababli bu kasalliklarni oldini olish uchun umurtk’a mushaklari va boylamlarini jismoniy mashk’lar bilan k’uvvatlantirish lozim.
Hozirgi kunda samarali va xavfsiz og’rik’ k’oldiruvchi vositalar sifatida nosteroid yallig’lanishga k’arshi dori vositalari shifokorlar amaliyotida etakchi o’rin egallab, bu dorilar yallig’lanishga k’arshi va ayni paytda og’rik’ k’oldiruvchi ta’sirga egadirlar. Og’rik’ aynik’sa kuchli bo’lganda, shifokor vazifasi tez va samarali ta’sir etuvchi dori buyurishdir. Mana shu nuk’tai nazardan k’aralganda etodolak sak’lovchi dori vositalari ayni muddaodir. U tabletka shaklida ishlab chik’arilib, bu bemorlarga xohlagan vak’tda xohlagan joyda k’o’llash imkoniyatini beradi. Uning og’rik’ k’oldiruvchi ta’siri bor yo’g’i 30 dak’ik’adan so’ng yuzaga keladi. Surunkali og’rik’larga chalingan bemorlarda xavfsiz, nojo’ya ta’sirlardan holi og’rik’ni bartaraf etuvchi dori vositasi tanlanishi muhimdir, chunki mazkur bemorlar uzok’ vak’t davomida bunday dorilarni k’abul k’ilishiga to’g’ri keladi. Bunday dori vositalari bu tarafdan ham shifokorlarga k’o’l kelib, oshk’ozon, buyrak va boshk’a a’zolarga nojo’ya ta’sirlar kursatmaydi.
Asosiysi, harakatlanishdan k’o’rk’mang! Umurtk’a pog’onasi harakatlanish uchun yaratilgan!

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.