Uotford liverpul oyindan oldin — ozbekiston

Uotford – liverpul: o’yindan oldin — o’zbekiston
Bugun Angliya premer-ligasi 35-turini “Uotford” va “Liverpul” o’rtasidagi bahs yakunlab beradi.
“Kristal Pelas”dan 1:2 hisobidagi mag’lubiyat “Liverpul”ning mavsumni top-4 da yakunlashiga shubha uyg’otdi. Lekin dam olish kunlari “Liverpul”ning Manchesterdagi rak’iblari har ikkisi durrang o’ynadi. Jumladan, “Arsenal” o’z maydonida “Tottenxem”ga mag’lub bo’ldi. Shuningdek, “Manchester Yunayted” ham “Old Trafford”da “Suonsi”ni enga olmadi. Ushbu holat Yurgen Klopp jamoasining 3 o’rinda k’olishi uchun zamin yaratishi mumkin. “Uotford”ning esa oshig’i olchi, ular premer-ligada k’olishni allak’achon anik’lab olishgan.
Bugun “Uotford” tarkibida Kreyg Ketkart tizzasidagi jarohati tufayli maydonga tusha olmaydi. Yunus K’obul, Roberto Pereyra va Mauro Sarate esa hali safga k’aytishmagan.
“Liverpul” mashg’ulotlariga Adam Lallana va Daniel Starrij kelib k’o’shilishganini alohida ta’kidlash o’tish joiz.
Uchrashuv Toshkent vak’ti bilan 00:00 da start oladi. YA’ni 40 dak’ik’adan so’ng.
Комментарии 0