Usish faqatgina qogozlarda bulmasin hududlarni rivojlantirishning yangi tizimi — ozbekiston

Usish faqatgina qogozlarda bulmasin. hududlarni rivojlantirishning yangi tizimi — o’zbekiston
Uzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 9 avgust kuni mamlakat hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni tezlashtirishga bagishlangan videoselektor yigilishini utkazdi. Bu haqda UzA khabar qildi.
Yiglishda Uzbekiston Oliy Majlisi palatalari rahbarlari, bosh vazir va uning urinbosarlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, videoaloqa orqali Qoraqalpogiston Juqorgi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar hokimlari, tarmoqlar mutasaddilari ishtirok etdi.
Yigilishda Shavkat Mirziyoev utgan davr mobaynida mamlakatimizni rivojlantirishga qaratilgan 20 dan ortiq qonun, Prezidentning 180 dan ortiq Farmoni, 450 dan ortiq qarori qabul qilingani va bu jarayon uzluksiz davom etayotganini, ushbu meyoriy-huquqiy hujjatlarning amaldagi ijrosini taminlashda barcha bugindagi rahbarlarning masuliyatini oshirish zarurligini takidladi.
Davlat rahbari qayd etganidek, joylarda aholi bilan utkazilgan uchrashuvlar, Bosh vazir va uning urinbosarlari, vazirlar, tarmoqlar rahbarlari va hokimlarning hisobotlari hali hududlar bilan bogliq kamchiliklar va muammolarga tuliq barham berilmaganini kursatmoqda.
Buning asosiy sabablaridan biri shu paytgacha markaziy organlar va mahalliy hokimiyat idoralari hamda asosiy ijrochi bulgan quyi bugin urtasida uzaro samarali hamkorlik taminlanmayotganidir. Aksariyat masul shakhslar faqat yaqqol kuzga tashlanadigan muammolar echimi yoki yuqoridan beriladigan topshiriqlar ijrosi bilan cheklanib qolmoqda. Ularda muammolarni kompleks hal etish borasida tashabbuskorlik sezilmayapti.
Yana bir sabab shuki, markaziy idoralar vakillarining hududlarga khizmat safarlari tegishli tarzda muvofiqlashtirilmayotgani oqibatida ularning kupchiligi bir-birini takrorlayapti. Joylardagi rahbarlar markazdan kelganlar bilan birga yurishga majbur bulib, uzining bevosita vazifalaridan chalgimoqda.
Shu bilan birga, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni baholashda joylardagi haqiqiy ahvolni tanqidiy tahlil qilishga etarlicha etibor qaratilmayapti. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ulardan har birining uziga khos khususiyatlari, khomashyo resurslari, rivojlanish darajasi va ehtiyoji tuliq hisobga olinmayapti.
Ayni paytda respublika va mahalliy byudjetlarni shakllantirish va taqsimlash, investisiya dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish mekhanizmlari ustuvor loyihalarni manzilli va uz vaqtida moliyalashtirishni taminlamayapti.
Shuningdek, kuplab tashkilot va idoralarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga doir eng muhim dasturlarni amalga oshirish urniga, aksariyat hollarda, faqat yigilishlar utkazish va pukhta uylanmagan qarorlar qabul qilish, amaliy ish qolib, qogozbozlik bilan shugullanish holatlari uchrayapti.
Shu munosabat bilan Prezident Shavkat Mirziyoev Bosh vazir urinbosarlari, vazirlik va idoralar, khujalik birlashmalari va hokimliklar majlislar sonini keskin qisqartirish, kuriladigan masalalarga bevosita aloqasi bulmagan davlat idoralari, jamoat tashkilotlari va boshqa muassasalar rahbarlarini taklif qilmaslik zarurligini takidladi.
Bosh vazir A. Aripov va Bosh prokuror I. Abdullaevga majlisbozlik, qogozbozlik va hisobotbozlikni keskin kamaytirish, davlat idoralari faoliyatida malumot almashishda zamonaviy akhborot tekhnologiyalaridan keng foydalanish buyicha hukumat qarorini ishlab chiqib, ijrosini alohida nazoratga olish vazifasi yuklandi.
Prezident Shavkat Mirziyoev joylardagi ahvolni baholash uchun makhsus ishchi guruh tomonidan sakkizta viloyatdagi vaziyat urganib chiqilgani va bu jarayonda qator kamchilik va muammolar aniqlanganini malum qildi. Khususan, Surkhondaryo, Qashqadaryo, Bukhoro, Jizzakh va Navoiy viloyatlarining ayrim tumanlarida ichimlik suvi taminoti borasidagi ahvol qoniqarli emas. Kup qavatli uylarning tomi tamirtalab, oqova suv tizimi ishdan chiqqan, uylarning atrofini obodonlashtirish sust amalga oshirilmoqda.
Barcha viloyatlar markazlarida issiqlik taminoti tizimi deyarli ishlamaydi. Aksariyat shahar va tumanlarda elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarini kapital tamirlash kechikmoqda. Qushimcha suyultirilgan gaz, gaz ballonlari va ularni tashiydigan makhsus avtotransport vositalariga ehtiyoj hamon kattaligicha qolmoqda.
Hududlarda maishiy chiqindilarni tuplash, tashish, qayta ishlash, utilizasiya qilish va kumish ishlari tizimli ravishda tashkil etilmagan. Ayrim tumanlarda noqonuniy chiqindikhonalar bartaraf etilmagan.
Shu munosabat bilan Prezident Shavkat Mirziyoev joylardagi muammo va kamchiliklarga Bosh vazir urinbosarlari, hukumat azolari, davlat va khujalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpogiston Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari shakhsan etibor qaratishi zarur ekanini takidladi.
Yigilishda qayd etilganidek, «Uzdonmahsulot», «Uzbekneftgaz», «Uzkimyosanoat» va boshqa tarmoqlar korkhonalarida energiya sarfi va ortiqcha ishlab chiqarish kharajatlarini kamaytirish borasida etarlicha ish olib borilmayapti. Oqibatda mahsulotlar rentabelligi va raqobatbardoshligi pastligicha qolib, elektrotekhnika, engil va kimyo sanoatining 63 yirik korkhonasida ishlab chiqarish hajmi 645 milliard sumga kamaygan.
Shundan kelib chiqqan holda, Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiy kompleksiga joylardagi iqtisodiy-moliyaviy muammolarni tizimli hal qilishni tashkil etish vazifasi topshirildi. Bunda joylardagi iqtisodiy kompleks idoralarining say-harakatlarini birlashtirib, ularning hududlarni rivojlantirish, jumladan, yangi korkhonalar va yangi ish urinlari tashkil etish, shu orqali aholining turmush sharoitini yakhshilashdagi ishtirokini va dakhldorlik hissini kuchaytirish zarur.
Davlat rahbari ikki oyda barcha hududda bittadan tumanda iqtisodiy kompleks ishini namunali tarzda tashkil etib, barcha shahar va tumanlarga joriy etishni taminlash tugrisida kursatma berdi.
Yigilishda jamiyat hayoti va mamlakatimizning barqaror rivojlanishiga jiddiy tasir kursatadigan joylardagi manaviy muhit sohasidagi ishlar muhokama qilindi.
Takidlanganidek, barcha hududlarda, har bir mahalla va oilada manaviy muhitni yakhshilash maqsadida uyma-uy yurish va bunga keng jamoatchilikni jalb etish yuzasidan yangi ish uslublari joriy etilganiga qaramay, hali kutilgan natijalarga tuliq erishilgani yuq. Masalan, Fargona viloyatida voyaga etmaganlar orasida jinoyatchilik usgan. Umuman, utgan 7 oy mobaynida viloyatda voyaga etmaganlar tomonidan 129 jinoyat sodir etilgan. Viloyatning 10 shahri va tumanida voyaga etmagan bolalarni uyda yashirincha diniy uqitish holatlari aniqlangan.
Buning uchun Khotin-qizlar qumitasi, Khalq talimi vazirligi, Uzbekiston yoshlar ittifoqi, «Nuroniy» jamgarmasi va mahallalar rahbarlari bevosita javobgardir.
Uzbekiston Prezidentining yaqinda qabul qilingan «Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar tugrisida»gi qaroriga muvofiq, mahalliy hokimiyat organlari faoliyatiga qator yangi mekhanizm va usullar joriy etilmoqda. Khususan, Bosh vazir va uning urinbosarlari hududlarga qaytadan biriktirildi. Bu mutasaddilar tegishli hududlardagi muammolarni samarali hal qilish maqsadida davlat va khujalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirishi, ularning joylardagi hokimliklar bilan uzaro hamkorligini yulga quyishi kerak.
Malumki, Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlarni kompleks rivojlantirish masalalari buyicha sektorlar tashkil qilinib, ularga hokim, prokuratura, ichki ishlar va soliq idoralari rahbarlari boshchilik qilmoqda. Ushbu sektorlar ishi «mahalla — tuman — viloyat — respublika» ketma-ketligi asosida tashkil etilib, ularning vazifa va majburiyatlari belgilab berildi.
Avvalo, sektor rahbari mahalla darajasida uziga biriktirilgan hududdagi har bir khonadonga har chorakda kamida bir marta borib, u erdagi vaziyat, ijtimoiy muhit, bolalar tarbiyasiga munosabat, aniqlangan muammolarni hal etish choralari va bildirilgan takliflarni qayd etib borishi zarur.
Joyida echilmagan muammolarni tuman, viloyat va respublikani rivojlantirish dasturiga kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash kerak.
Shu bilan birga, mahallalarda aniqlangan muammolarni tahlil qilish asosida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish buyicha «yul kharitalari» ishlab chiqilib, ularning amalga oshirilishi taminlanishi lozim.
Ayni paytda, tumanlarda aniqlangan va viloyat darajasida hal etiladigan muammolar yuzasidan Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish buyicha «yul kharitalari» ishlab chiqish kerak.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi darajasida hududlarning «yul kharitalari»ni amalga oshirish samaradorligini tahlil qilib, davlat va hududiy dasturlar ishlab chiqish, har chorakda davlat rahbariga hisobot berish tizimini joriy etish lozim.
Yana bir masala shuki, sektor rahbarlari hisobotlarini Qoraqalpogiston Respublikasi Juqorgi Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar khalq deputatlari Kengashlarida tinglab borish tizimini joriy etish kerak. Bu ularning masuliyatini oshiruvchi muhim omil buladi.
Shu bilan birga, sektorlar faoliyatini ommaviy akhborot vositalarida yoritib borish, ularning faoliyatini, ishining natijalarini khalqqa tanitish zarur. Bu masala yuzasidan Uzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Uzbekiston Milliy akhborot agentligiga joylardagi sektorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni yoritish uchun markaziy va mahalliy tele va radiokanallarda alohida kursatuv va eshittirishlar, gazeta va jurnallarda alohida ruknlar tashkil etish vazifasi topshirildi.
Yigilishda Prezident Shavkat Mirziyoev qatnashchilar etiborini bugungi kunda mamlakat miqyosida, hududlar va tarmoqlarda har chorak yakuni buyicha majlis utkazish amaliyoti eskirganiga qaratib, yangi konsepsiya ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish zarurati yuzaga kelganini qayd etdi.
Bunda, avvalo, fuqarolar, tadbirkorlik subektlari tomonidan kutarilgan eng dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan aniq choralarni belgilashga, kurilayotgan choralar va erishilgan natijalarning aholi hayoti sifatiga qay darajada tasir etayotganiga alohida etibor qaratish kerak.
Prezident takidlaganidek, hududlarni kompleks rivojlantirish va joylardagi muammolarni hal etish uchun davlat va khujalik boshqaruvi organlari rahbarlarining masuliyatini oshirish masalasi doim diqqat markazida bulishi shart.
Shundan kelib chiqqan holda, hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning rivojlanish holatini urganish buyicha yangi mekhanizm joriy etish uchun makhsus komissiya tuzish taklifini bildirdi. Unga binoan Bosh vazir, Iqtisodiyot va Moliya vazirligi zimmasiga boshqa masul muassasalar bilan birgalikda bir hafta muddatda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilishning yangi konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi yuklandi.
Mamlakatni yangilash va rivojlantirish, jumladan, davlat idoralari faoliyatini takomillashtirishga doir yangi vazifalar, birinchi navbatda, barcha rahbarlardan fidoyilik, tashabbuskorlik va qatiy intizomni talab etadi, dedi Prezident Shavkat Mirziyoev.
Davlat rahbarining takidlashicha, barcha hududlarda intizomga rioya etish masalasi urganib chiqilgan va joylarda qatiy talabchanlik va nazorat taminlanmayotgani, oqibatda hokimliklar va idoralarda intizom, jumladan, ijro va mehnat intizomi ancha bushashib ketgani aniqlangan. Khususan, deyarli barcha hokimliklar va quyi idoralarda hukumat qarorlari ijrosini tashkil etish yuzasidan ishlab chiqilayotgan chora-tadbirlar belgilangan vazifalar tuliq bajarilishini taminlamayapti.
Shu munosabat bilan davlat organlari va korkhona-tashkilotlarda ijro va mehnat intizomiga qatiy rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, kamchiliklarga yul quyayotgan rahbarlarning masuliyatini oshirish va khulosa qilmaganiga nisbatan keskin choralar kurib borish yuzasidan kursatmalar berildi.
Bundan buyon talab, nazorat, urganish va intizom masalalari yanada qatiy etiborda bulishi kerak. Barcha darajadagi rahbarlar faoliyati va ishining natijalariga shu mezonlar asosida baho beriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoev yil yakunlanishiga 5 oydan kam vaqt qolganini, bugungi kunda har bir bugindagi rahbarlarning eng muhim vazifasi 9 oy va umuman, 2017 yil uchun belgilangan barcha prognoz va maqsadli kursatkichlar, dastur va topshiriqlar, ayniqsa, hududlarga safarlar davomida berilgan topshiriqlar uz vaqtida va sifatli bajarilishini taminlashdan iborat ekanini alohida qayd etdi.
Комментарии 0