Uz domenlarini royxatga olish narxi kimmatlashmaydi — ozbekiston
Uz domenlarini ro’yxatga olish narxi k’immatlashmaydi — o’zbekiston
Registratorlar uchun Domen zonasi ma’muriyati tomonidan UZ domenlarini yillik ro’yxatga olish narxi o’zgarishsiz k’oladi. UZINFOCOM markazining registratorlar bilan 21 aprelda bo’lib o’tgan yig’ilishida shunday k’aror k’abul k’ilindi. Ro’yxatga olish narxlari 1 may kunidan oshirilishi ma’lum k’ilingan edi.
«Registrasiya narxlarining k’immatlashuvi internet milliy segmentida domenlar sonining ortishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shu sababli registratorlar uchun narxlarni avvalgi darajada (16 ming so’m — tah.) k’oldirishga k’aror k’ilindi», — deya xabar k’ildi UZINFOCOM Markazi «Gazeta. uz»ga.
Domenlarni ro’yxatga olish va muddatini uzaytirish xizmati narxlari 2010 yildan buyon o’zgargani yo’k’.
Ayni vak’tda UZ zonasida 32,3 mingda domen ro’yxatga olingan. Rasmiy registratorlarsoni 27 tani tashkil etda. Bundan tashk’ari, O’zbekiston viloyatlari ma’muriyatlari k’oshidagi 9ta kompyuterlashtirish markazi ham domenlarni ro’yxatga olish xizmatini ko’rsatadi.
UZINFOCOM Internet nomlari va manzillarini bo’yicha xalk’aro tashkilot (ICANN) bilan 2003 yil martda tuzilgan shartnomaga ko’ra UZ domen zonasi ma’muriyati hisoblanadi.
Комментарии 0