Uzbek tigers jahon boks seriyasi yarim finalida galaba kozona olmadi video — ozbekiston

Uzbek tigers jahon boks seriyasi yarim finalida g’alaba k’ozona olmadi (+video) — o’zbekiston

Uzbek Tigers yarim professional boks klubi Jahon boks seriyasi (WSB) chorak finali javob uchrashuvi doirasida mehmonda Cuba Domadores jamoasidan mag’lubiyatga uchradi. Shanba kuni Gavanada bo’lib o’tgan uchrashuv mezbonlarning 5:0 hisobidagi g’alabasi bilan tugadi.
52 kg: Yosvani Veytiya vs. Jasurbek Latipov — 3:0 (49/46, 48/47, 49/46)
Osiyo chempioni va ikki karra jahon chempionati sovrindori 25 yoshli Jasurbek Latipov (1?1) hal k’iluvchi jangda ikki karra JCh sovrindori, Markaziy Amerika va Karib havzasi o’yinlari chempioni 25 yoshli Yosvani Veytiya (21?3) bilan bahsga kirishdi. Latipov dastlabki uch raundda mudofaaga asosiy e’tibor k’aratgan bo’lsa, so’nggi ikki raundda tashabbusni k’o’lga olib, g’alabaga erishdi, birok’ hakamlar hisob-kitobi bo’yicha kubalik bokschi yakunda g’olib deb topildi.
64 kg: Lasaro Alvares Estrada vs. Elnur Abduraimov — 3:0 (50/45, 50/45, 49/46)
2015 yilda Osiyo chempionati bronza medali sohibi 22 yoshli Elnur Abduraimov (6?3) yak’indagina OCh oltin medalini ham k’o’lga kiritgan edi. U WSB chorak finalida uch karra jahon chempioni va Olimpiada o’yinlarining ikki karra bronza medali sohibi Lasaro Alvares Estrada (23?1) bilan bellashdi. Bokschilar 2015 yilgi JCh yarim finalida ham uchrashgan, o’shanda kubalikning k’o’li baland kelgan edi. Bokschilar zarba almashishdan cho’chishgani yo’k’, birok’ Lasaro muvaffak’iyatlirok’ harakat k’ildi va besh raund yakuni bo’yicha g’alaba k’ozondi.
69 kg: Ronel Iglesias vs. Shahram G’iyosov — 3:0 (48/47, 49/46, 49/46)
23 yoshli Shahram) G’iyosov (1?3) ikki karra Olimpiya o’yinlari sovrindori va jahon chempioni 28 yoshli Ronel Iglesias (19?4) bilan uchrashdi. Olimpiada chorak finalida ular bellashgan, o’zbekistonlik bokschi ishonchli g’alabaga erishgan edi. Birok’ bu safar rak’ibiga omad kulib bok’di.
81 kg: Xulio Sesar la Krus vs. Bektemir Melik’o’ziev — 3:0 (48/47, 50/45, 49/46)
Nankindagi o’smirlar Olimpiya o’yinlari g’olibi, Osiyo chempioni, jahon va OO’-2016 vise-chempioni 21 yoshli Bektemir Melik’o’ziev (2?2) uch karra jahon chempioni, so’nggi Olimpiya o’yinlari g’olibi 27 yoshli Xulio Sesar la Krus (20?3)ga k’arshi ringga ko’tarildi. Sportchilar juda ehtiyotkor harakat k’ilishdi, asosiy e’tiborni anik’lik va reaksiyaga k’aratishdi. Kubalik birinchi raundda rak’ibining xatolaridan foydalangan holda bir oz ustunlikka ega bo’ldi va o’zbekistonlik ustidan yakunda ham g’olib chik’di.
+91 kg: Xose Larduet Gomes vs. Bahodir Jalolov — 3:0 (49/45, 50/44, 50/44)
Kechaning so’nggi jangida 22 yoshli Osiyo chempioni Bahodir Jalolov (1?2) 27 yoshli Xose Larduet Gomes (6?2) bilan jang olib bordi. Surxondarlik jangni yomon boshlamadi, bir necha marta ajoyib zarbalarni berdi. Birok’ kubalik bokschi bellashuvning kechishini o’zgartira oldi va besh raund yakuni bo’yicha g’olib bo’ldi.
«O’zbek yo’lbarslari» Toshkentda g’alaba k’ozonganiga k’aramasdan (3:2) ikki uchrashuv yakunlariga ko’ra (7:3) Cuba Domadores jamoasi musobak’aning yarim finaliga yo’l oldi.
Uchrashuv videosi
<span id=»selection-marker-1″ class=»redactor-selection-marker»></span>

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.