Uzbekiston futbol federasiyasida hakamlar va nazoratchilar yigilishi bulib utdi — ozbekiston

Uzbekiston futbol federasiyasida hakamlar va nazoratchilar yigilishi bulib utdi — ozbekiston

Uzbekiston futbol federasiyasida hakamlar va nazoratchilar yigilishi bulib utdi — o’zbekiston

Uzbekiston Futbol Federasiyasi majlislari zalida hakamlar va nazoratchilar ishtirokidagi navbatdagi yigilish bulib utdi.
Yigilishda Uzbekiston futbol federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov, federasiya khodimlari hamda Uzbekiston chempionatida faoliyat yuritayotgan hakam va nazoratchilar ishtirok etdi.
Kun tartibidagi masala Uzbekistonda hakamlik sifatini oshirish, Oliy liga, Birinchi liga hakamlari, shuningdek, yosh hakamlar bilan ishlashni yulga quyish, hakamlarga uquv-amaliyot seminarlarini Uzbekistonda va khorijda tashkil etish masalalari kurib chiqildi. Hakamlik faoliyati bilan shugullanayotgan mutakhassislarga federasiya rahbariyati tomonidan tegishli kursatma va vazifalar berildi.
Yigilish davomida suzga chiqqan Uzbekiston futbol federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov quyidagi fikrlarni bildirib utdi: “Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan yurtimizda sportni, khususan, futbolni rivojlantirish buyicha katta kulamdagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Federasiya rahbariyati bir qator islohotlar utkazib, yurtimizda futbolni yangi bosqichga olib chiqishga harakat qilyapti. Futbolning rivojida Siz hakamlarning ham uz urningiz bor. Shu sababdan bugungi yigilishimizda Sizlardan uz ishingizga professional yondoshib, uyinlarni kholis va masuliyat bilan boshqarib borishingizni surayman. Okhirgi paytlarda Uzbekistonda hakamlik bilan bogliq bulgan bazi kamchiliklar kuzga tashlanmoqda. Men tushunaman, ish bor joyda, khato buladi. Lekin ataylab khatolikka yul quygan, sport prinsiplaridan ogishgan hakamlarga nisbatan qatiy choralar kuriladi.
Bu kabi kamchiliklarni bartaraf etish, hakamlik saviyasini oshirish va adolatli hakamlikni taminlashni asosiy vazifalarimizdan biri deb bilaman. Mana shu maqsadda Sizlarga yaqinda Mamur Saidqosimov yangi rahbar sifatida tayinlandi. Ishonamanki, siz mutakhassislar yaqin orada yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etib, Uzbekiston chempionati va Khalqaro uyinlarni kholis va munosib boshqarib, uzbek hakamligini yuqori bosqichga olib chiqish uchun uz kuch va bilimingizni ayamaymizlar”.
Shundan sung, yigilishda FIFA referisi Ravshan Ermatov suzga chiqdi.
“Bugungi kunda yurtimizda bulayotgan katta islohotlar jarayonida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev har bir ishga adolat bilan yondoshib, bizga urnak kursatyaptilar. Hozirgina Umid Muhammadjonovich takidlab utganlaridek, biz hakamlar uz ishimizga masuliyat va adolat bilan yondoshib, mukhlislarimiz ishonchini oqlashga borimizni berib harakat qilishimiz kerak. Sunggi paytlarda hakamlik bilan bogliq yuzaga kelayotgan muammolar va mukhlislar etirozlarini inobatga olib, shu khatolar ustida jiddiy ishlab, uni boshqa qaytarmaslik va har bir uyinda sifatli hamda adolatli hakamlik namoyish etib, futbolimiz rivojiga uz hissamizni qushishimiz zarur”.
Ravshan Ermatovdan sung Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshligi Mamur Saidqosimov uz fikrlarini bildirib utdi:
“Avvalambor, menga masuliyatli ishda ishonch bildirganingiz uchun minnatdorman. Ushbu ishonchni oqlash uchun bor kuch va tajribamni ishga solishga vada beraman. Federasiya rahbariyati tomonidan hakamlar oldiga quyilayotgan vazifalar uzbek hakamligini yangi bosqichga olib chiqish, FIFA va OFK standartiga tayangan holda hakamlik ishini tugri yulga quyishdan iborat. Mazkur vazifalarni bajarish uchun barchamiz birlashgan holda ish olib boramiz”.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.