Uzbekiston milliy termasi natijalaridan ranjigan futbol mukhlislari abdulaziz komilovga shikoyat qildi — o
Uzbekiston milliy termasi natijalaridan ranjigan futbol mukhlislari abdulaziz komilovga shikoyat qildi — o’zbekiston
Uzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 5 iyul kuni vatandoshlar bilan tugridan-tugri muloqot utkazadi. TIV matbuot khizmati akhborotiga kura, vazirga hozirdanoq murojaatlar kelib tushmoqda.
Murojaatlarning asosiy qismini khorijga chiqish va khorijdan qaytish, khorijda bulgan vaqtda yordam olish, shuningdek, Uzbekistonning tashqi siyosiy faoliyati bilan bogliq masalalar tashkil etadi.
Ayni vaqtda, TIV matbuot khizmatining alohida qayd etishicha, «Uzbekiston terma jamoasining sunggi khalqaro uyinlari natijalaridan ranjigan futbol mukhlislari nomidan tushgan murojaat haqida ham vazir khabardor qilingan».
Tashqi ishlar vazirligidan malum qilishlaricha, «barcha murojaatlar ruykhatga olinmoqda», murojaatlar urnatilgan tartibda kurib chiqilgach, fuqarolarga rasmiy javoblar va tegishli izohlar beriladi.
Malumot uchun, futbol buyicha Uzbekiston milliy terma jamoasi 12 iyun kuni JCh—2018 saralash bahslari doirasida Tehronda Eronga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mazkur uchrashuvdan sung futbol jamoatchiligi milliy terma bosh murabbiyi Samvel Babayanning istefosini talab qilgan edi.
Uzbekiston futbol federasiyasi 15 iyun kuni makhsus bayonot bilan chiqish qilib, Babayan boshliq murabbiylar shtabi kamida 5 sentyabrga qadar ishlashini malum qildi — shu kuni milliy terma JCh—2018 saralashidagi sunggi uyinni utkazadi.
Комментарии 0