Uzbekiston myanmalik qochqinlar uchun gumanitar yordam junatadi — ozbekiston

Uzbekiston myanmalik qochqinlar uchun gumanitar yordam junatadi — ozbekiston

Uzbekiston myanmalik qochqinlar uchun gumanitar yordam junatadi — o’zbekiston

Myanmada vujudga kelgan vaziyat, ayniqsa ushbu mamlakatda musulmon ozchilikni tashkil etuvchi rohinjalarga nisbatan zuravonlik holatlari haqidagi khabarlar Uzbekistonda khavotir bilan qarshi olindi. Bu haqda Uzbekiston TIVning seshanba kuni elon qilingan bayonotida suz boradi.
«Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi va BMT Nizomida belgilab quyilgan tamoyillar, shuningdek Islom hamkorlik tashkiloti maqsad va vazifalariga tayangan holda Uzbekiston zuravonlikning har qanday kurinishini qoralab, irqi, teri rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa qarashlari, millati yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mol-mulki, biror tabaqaga mansubligi yoki jamiyatdagi urnidan qati nazar har bir insonning barcha huquq va erkinliklari suzsiz taminlanishini yoqlab chiqadi», — deyiladi bayonotda.
«Shu munosabat bilan biz Myanma hukumatini begunoh musulmonlarga qarshi zuravonliklarga barham berish va ularning oldini olish uchun barcha zarur choralarni qullashga chaqiramiz», — deya qayd etiladi bayonotda.
TIV, shuningdek Uzbekiston hukumati myanmalik qochqinlar ehtiyojlari uchun gumanitar yordam yuborish tugrisida qaror qabul qilganini malum qildi.
Khalqaro migrasiya tashkiloti rohinja musulmonlarining Bangladeshga oqimini misli kurilmagan deb atamoqda. KhMT malumotlariga kura, 25 avgustdan buyon Bangladeshga qariyb 370 ming qochqinlar kirib kelgan bulib, ularning 60 foizi bolalardir.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.