Uzbekiston prezidenti janubiy koreyalik sarmoyadorlarga men sarmoyangizning ishonchli himoyasini kafolatl

Uzbekiston prezidenti janubiy koreyalik sarmoyadorlarga men sarmoyangizning ishonchli himoyasini kafolatl

Uzbekiston prezidenti janubiy koreyalik sarmoyadorlarga: «men sarmoyangizning ishonchli himoyasini kafolatlayman» — o’zbekiston

Uzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Seulda bulib utgan Uzbek-koreys biznes-forumida janubiy koreyalik investorlarning Uzbekistondagi sarmoyalarini ishonchli himoya qilishga shakhsan kafolat berishini malum qildi.
«Sarmoyalaringizning ishonchli himoyasi, mol-mulklar dakhlsizligi va daromadlarning erkin utkazilishini kafolatlayman», – dedi Koreya Respublikasida davlat tashrifi bilan bulib turgan Shavkat Mirziyoev.
Prezident uz nutqida tadbirkorlik muhitini yakhshilash buyicha amalga oshirilgan ishlar: valyutalarning erkin konvertasiyasining joriy etilgani, tashqi savdo, khom ashyo tovarlari hamda energiya tashuvchilar bozorining liberallashtirilgani va boshqalar tugrisida malum qildi.
«Biz aniq anglaymizki, biznes uzaro manfaatli bulishi lozim, – dedi Uzbekiston Prezidenti. – Har bir koreys sarmoyadori bizning bozorimizda uzi uchun daromad topib, bir vaqtning uzida bizning iqtisodiyotimizni rivojlantirishga hissa qushgan holda mamnuniyat bilan mehnat qilishi lozim».
U koreys kompaniyalari Uzbekistonni uzoq muddatli hamkor sifatida kurishlari uchun eng qulay sharoitlar yaratilishini takidlab utdi.
«Bu quruq gap emas. Bu mening siyosiy irodam, mening qattiq va uzgarmas pozisiyam», – dedi Shavkat Mirziyoev.
Prezident uzining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida 10 mlrd dollarga yaqin ikki tomonlama investision kelishuvlar va savdo shartnomalarining salmoqli paketi imzolanishini qayd etib utdi.
Jumladan, energetika sohasida: infratuzilma obektlarini tuliq modernizasiya qilish, quyosh va fotoelektr stansiyalar qurish, energiya tejovchi uskunalarni ishlab chiqarish buyicha hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish tugrisida kelishuvlar imzolandi.
«Gaz-kimyo va kimyo sohalarida katta imkoniyatlarni kurmoqdamiz, – dedi davlat rahbari. — Biz Uzbekiston va mintaqaning boshqa davlatlarida talabgir bulgan polimerlar va plastmassa, suniy tola, ugitlar, maishiy kimyo, boshqa kimyoviy mahsulotlarning keng assortimentini ishlab chiqarishni kengaytirishni maqsad qilganmiz».
U Uzbekistondagi resurs bazalaridan foydalangan holda qurilish materiallarining yangi turlarini ishlab chiqarish sohasida hamkorlik istiqbollari tugrisida ham tukhtalib utdi.
Prezident suzlariga kura, qishloq khujaligi sohasida – mahsulotlarni ishlab chiqarish va etkazib berishdan tortib, ularni chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bulgan ishlar buyicha hamkorlik uchun imkoniyatlar mavjud.
Shavkat Mirziyoev forum ishtirokchilariga Uzbekiston Savdo-sanoat palatasi huzurida Koreys biznes markazi tashkil etilishi rejasi haqida malum qildi. U «yagona darcha» rejimida koreys kompaniyalariga Uzbekistonda amaliy yordam berish va qullab-quvvatlash bilan shugullanadi.
Uzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga azo bulishi buyicha ishlar qayta yulga quyilganini qayd etgan Prezident Koreya Respublikasi JSTga azo bulish masalasida hamkorlik buyicha «yul kharitasi» imzolagan birinchi davlat bulganini malum qildi.
Uz nutqi yakunida Shavkat Mirziyoev: «Uzbekiston koreys biznesi uchun uz eshiklarini keng ochgan. Men va Uzbekiston hukumati Uzbekistondagi har bir koreys sarmoyadorini, har bir hamkorlikdagi loyihani har tomonlama qullab-quvvatlab, yordam kursatamiz», – dedi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.