Uzbekiston respublikasi oliy majlisi qonunchilik palatasining reglamenti tugrisidagi uzbekiston respublik

«uzbekiston respublikasi oliy majlisi qonunchilik palatasining reglamenti tugrisida»gi uzbekiston respublikasi qonuniga uzgartish va qushimchalar kiritish haqida — o’zbekiston

Qonunchilik palatasi tomonidan 2013 yil 13 martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2013 yil 28 martda maqullangan
1-modda. Uzbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan «Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti tugrisida»gi 522–II-sonli Qonuniga (Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Akhborotnomasi, 2003 yil, № 9-10, 136-modda; Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Akhborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda) quyidagi uzgartish va qushimchalar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 81-modda bilan tuldirilsin:
«81-modda. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kurib chiqishni tashkil etish buyicha muvofiqlashtiruvchi guruh
Qonunchilik palatasining Kengashi huzurida Qonunchilik palatasi devoni khodimlari orasidan uch kishidan iborat tarkibda kiritiladigan qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kurib chiqishni tashkil etish buyicha muvofiqlashtiruvchi guruh (bundan buyon matnda Muvofiqlashtiruvchi guruh deb yuritiladi) tuziladi.
Kelib tushgan qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ruykhatdan utkazish, Qonunchilik palatasi Kengashi azolarini ular haqida khabardor qilish va ushbu loyihalarni bundan keyin kuzatib borish Muvofiqlashtiruvchi guruh zimmasiga yuklatiladi.
Muvofiqlashtiruvchi guruh faoliyatini tashkil etish tartibi Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi»;
2) 12-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi uqishda qabul qilinguniga qadar qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subekti loyiha matnini uzgartirish yoki uzi kiritgan qonun loyihasini chaqirib olish huquqiga ega. Kiritilgan qonun loyihasi, agar ayni shu masala buyicha qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi uqishda qabul qilingan bulsa, qaytarib yuboriladi»;
3) 13-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Qonunchilik palatasi Kengashi Muvofiqlashtiruvchi guruhning akhborotini eshitib, qonun loyihasini dastlabki tarzda kurib chiqish uchun masul qumitani (bundan buyon matnda masul qumita deb yuritiladi) belgilaydi, unga va, bir vaqtning uzida, fraksiyalarga (deputatlar guruhlariga) qonun loyihasini hamda unga ilova qilingan materiallarni topshiradi.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi kurib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi tugrisida takliflar ishlab chiqish uchun qonun loyihasi ustida ishlash fraksiyalar (deputatlar guruhlari) va masul qumita tomonidan bir vaqtning uzida amalga oshiriladi. Bunda fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qonun loyihasi buyicha fikrlari va takliflarisiz masul qumita ushbu qonun loyihasi yuzasidan uz khulosasini chiqarish huquqiga ega emas.
Masul qumita qonun loyihasi buyicha barcha fraksiyalardan (deputatlar guruhlaridan) fikrlar va takliflarni tuplab, Qonunchilik palatasi Kengashiga qonun loyihasini Qonunchilik palatasi kurib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi tugrisida belgilangan muddatda khulosa taqdim etadi.
Qonunchilik palatasi Kengashi masul qumitaning khulosasi asosida, fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda qonun loyihasini Qonunchilik palatasi kurib chiqishi uchun qabul qilish yoki qabul qilmaslik tugrisida qaror qabul qiladi.
Qonun loyihasi belgilangan talablarga muvofiq bulmagan taqdirda, Qonunchilik palatasi kurib chiqishi uchun qabul qilinmaydi.
Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin qonun loyihasi Qonunchilik palatasi kurib chiqishi uchun yangidan kiritilishi mumkin.
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi kurib chiqishi uchun qabul qilinayotganda uning Kengashi qonun loyihasini palata majlisida kurib chiqishga tayyorlash muddatini belgilashi shart.
Kurib chiqish uchun qabul qilingan qonun loyihasi unga ilova qilingan materiallar bilan Qonunchilik palatasining qumitalariga yuboriladi»;
4) 14-moddaning:
ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va turtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
«Fraksiyalar (deputatlar guruhlari) qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish yakunlariga kura masul qumitaga uz fikrlari va takliflarini taqdim etadi.
Masul qumita fraksiyalar (deputatlar guruhlari), manfaatdor tashkilotlar hamda ekspertlar guruhlarining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda qonun loyihasining dastlabki tarzdagi muhokamasini utkazadi va, agar Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan boshqa muddat belgilangan bulmasa, qonun loyihasi olingan kundan etiboran ikki oy ichida unga:
Qonunchilik palatasi Kengashining qonun loyihasini birinchi uqishda kurib chiqish uchun Qonunchilik palatasiga kiritish tugrisidagi qarori loyihasini;
masul qumitaning mazkur qonun loyihasini qabul qilish yoki rad etish zarurligi asoslangan khulosasini;
fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qonun loyihasi buyicha fikrlari va takliflarini ilova qilgan holda, Qonunchilik palatasi Kengashi kurib chiqishi uchun taqdim etadi.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi qumitalarida muhokama qilish ochiq, qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subekti vakillari taklif etilgan holda utkaziladi»;
turtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
5) 15-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
«Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlislarida birinchi uqishda kurib chiqishda uni qabul qilish zarurati, qonun loyihasining konsepsiyasi, uning Uzbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlariga muvofiqligi, shuningdek qonunni amalga oshirish bilan bogliq kharajatlar hamda moliyalashtirish manbalari tugrisidagi masala muhokama qilinadi. Bunda maruzachi birinchi va keyingi uqishlarda fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) fikrlari va takliflarini deputatlarga etkazishi shart.
Fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qonun loyihasi buyicha fikrlari va takliflari hisobga olinishi shart»;
uchinchi — un birinchi qismlari tegishincha turtinchi — un ikkinchi qismlar deb hisoblansin;
turtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Qonunchilik palatasi muhokama natijalari buyicha qonun loyihasini maromiga etkazish va keyingi uqishda kurib chiqish uchun palataga kiritish muddatini majburiy tartibda belgilagan holda uni birinchi uqishda qabul qilish yokhud qonun loyihasini rad etish tugrisida qaror qabul qiladi»;
oltinchi va ettinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Masul qumita qonun loyihasini ikkinchi uqishga tayyorlash chogida tushgan fikrlar va takliflarni umumlashtiradi. Masul qumita tomonidan asosli deb topilgan takliflar qonun loyihasining matniga kiritiladi.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi uqishda kurib chiqish chogida masul qumita tomonidan maqullangan fikrlar va takliflar ham, maqullanmagan fikrlar va takliflar ham muhokama qilinadi. Qonun loyihasi buyicha ovoz berish moddama-modda utkaziladi»;
un birinchi qismidagi «uchinchi» degan suz «birinchi» degan suz bilan almashtirilsin;
6) 19-moddaning:
uchinchi, turtinchi va beshinchi qismlari quyidagi mazmundagi uchinchi — sakkizinchi qismlar bilan almashtirilsin:
«Qonunchilik palatasi Kengashi Muvofiqlashtiruvchi guruhning akhborotini eshitib, masul qumitani belgilaydi, unga va, bir vaqtning uzida, fraksiyalarga (deputatlar guruhlariga) qaror loyihasini hamda unga ilova qilingan materiallarni topshiradi.
Masul qumita qaror loyihasi buyicha barcha fraksiyalar (deputatlar guruhlari), manfaatdor tashkilotlar hamda ekspertlar guruhlaridan fikrlar va takliflarni tuplab, uni Qonunchilik palatasi majlisida kurib chiqish mumkinligi tugrisida Qonunchilik palatasi Kengashiga khulosa taqdim etadi.
Qonunchilik palatasi Kengashi masul qumitaning khulosasi asosida, fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda qaror loyihasini Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritish yoki kiritmaslik tugrisida qaror qabul qiladi.
Qonunchilik palatasi majlisida masul qumita vakilining akhboroti eshitilib, unda fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qaror loyihasi buyicha fikrlari va takliflari deputatlarga etkazilishi shart.
Fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qaror loyihasi buyicha fikrlari va takliflari hisobga olinishi shart.
Muhokama natijalariga kura deputatlar umumiy sonining kupchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinadi»;
oltinchi va ettinchi qismlari tegishincha tuqqizinchi va uninchi qismlar deb hisoblansin;
7) 20-moddaning:
ikkinchi, uchinchi va turtinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi — oltinchi qismlar bilan almashtirilsin:
«Davlat byudjeti loyihasi dastlabki tarzda kurib chiqish hamda fikrlar va takliflar ishlab chiqish uchun Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan masul qumitaga, fraksiyalarga (deputatlar guruhlariga) topshiriladi.
Masul qumita barcha fraksiyalar (deputatlar guruhlari), manfaatdor tashkilotlar hamda ekspertlar guruhlaridan fikrlar va takliflarni tuplab, Davlat byudjeti loyihasini dastlabki tarzda kurib chiqishni utkazadi.
Davlat byudjeti loyihasiga doir materiallar Qonunchilik palatasi deputatlariga oldindan, mazkur loyiha Qonunchilik palatasi majlisida kurib chiqilguniga qadar yuboriladi.
Davlat byudjeti loyihasini Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilish Uzbekiston Respublikasi moliya vazirining yoki uning vazifasini bajaruvchi shakhsning maruzasi bilan boshlanadi, bu maruzadan sung masul qumitaning vakili suzga chiqadi. Bunda masul qumitaning vakili fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) Davlat byudjeti loyihasi buyicha fikrlari va takliflarini deputatlarga etkazishi shart.
Fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qaror loyihasi buyicha fikrlari va takliflari hisobga olinishi shart»;
beshinchi — sakkizinchi qismlari tegishincha ettinchi — uninchi qismlar deb hisoblansin;
8) 31-moddaning ikkinchi qismi «masul qumitaning khulosasi» degan suzlardan keyin «fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) fikrlari va takliflari» degan suzlar bilan tuldirilsin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy elon qilingan kundan etiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun «Khalq suzi» gazetasining 2013 yil 19 apreldagi 75 (5749)-sonida elon qilingan.
Uzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013 yil 18 aprel,
URQ-349-son
(Uzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tuplami, 2013 y., 16-son, 215-modda)

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.