Uzbekiston va qirgiziston urtasida chegara vakillari faoliyati yulga quyiladi — ozbekiston

Uzbekiston va qirgiziston urtasida chegara vakillari faoliyati yulga quyiladi — o’zbekiston

5 sentyabr kuni Bishkek shahrida Uzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Qirgizistonga davlat tashrifi chogida imzolangan Uzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgiziston Respublikasi Hukumati urtasida chegara vakillari faoliyati tugrisidagi Bitim 26 dekabrda kuchga kirdi, deya khabar qildi TIV matbuot khizmati.
Mazkur hujjat tomonlar chegara vakillarining Davlat chegarasidagi chegaraviy mojarolar va nizolarni hal qilish bilan bogliq masalalarni echish buyicha faoliyatini tartibga soladi.
Bitimga muvofiq chegara vakillari uchastkalari doirasida uz faoliyatida:
Davlat chegarasini kesib utish buyicha urnatilgan qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladilar va uni belgilangan tartibni buzgan holda kesib utishning oldini olish buyicha choralar kuradilar;
vakolatli davlat organlari bilan birgalikda noqonuniy migrantlarni deportasiya qilish (topshirish) va kontrabandaga qarshi kurashish buyicha zarur choralarni kuradilar va Davlat chegarasida khujalik ishlarini amalga oshirilishi hamda chegara suv havzalari suvidan foydalanish, ovchilik va baliqchilik qoidalariga rioya qilish nazoratini taminlaydilar;
Davlat chegaralari orqali yonginlar, epidemiyalar, epizootiyalar va qishloq khujaligi zararkunandalarining tarqalishi khavfi tugrisida bir-birlarini uz vaqtida khabardor qiladilar.
Ushbu ikki tomonlama hujjatning kuchga kirishi Davlat chegarasida yuz berayotgan masalalarni uz vaqtida echish uchun qushimcha huquqiy mekhanizm sifatida khizmat qiladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.