Uzbekiston va rossiya atom energetikasi sohasida hamkorlik qiladi — ozbekiston
Uzbekiston va rossiya atom energetikasi sohasida hamkorlik qiladi — o’zbekiston
Uzbekiston va Rossiya hukumatlari juma kuni atom energiyasidan tinchlik maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik tugrisidagi bitimni imzoladi. Hujjatga bosh vazir urinbosari Nodir Otajonov va «Rosatom» davlat korporasiyasi bosh direktori Aleksey Likhachev tomonidan imzo chekildi.
«Rosatom» matbuot khizmatining khabar qilishicha, bitim atom energiyasidan tinchlik maqsadlarda foydalanish sohasida ikki tomonlama hamkorlik uchun huquqiy asoslarni yaratadi.
Uzaro hamkorlikni rivojlantirish uchun istiqbolli yunalishlar sifatida Uzbekiston atom energetikasi uchun milliy infratuzilmalarni takomillashtirish va kadrlarni tayyorlash, mamlakatda AES va tadqiqot reaktorlarini qurish, shuningdek ularning barcha hayotiy sikllarini qullab-quvvatlash, uran konlari razvedkasi va ularni uzlashtirish, uran radioizotoplarini ishlab chiqish va ularni sanoat, tibbiyot va qishloq khujaligi, ilmiy va fundamental tadqiqotlarda foydalanish kabilar belgilandi.
Bitim aniq loyihalar va ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun hamkorlikdagi ishchi guruhlarni shakllantirish, ekspertlar almashish seminar va simpoziumlarni tashkil etishni ham kuzda tutadi.
2 noyabr kuni Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedovning Uzbekistonga tashrifi chogida Uzbekiston Fanlar akademiyasi va «Rosatom» urtasida hamkorlik tugrisidagi memorandum hamda FA Yadro fizikasi instituti va «Rosatom»ning «TVEL» YOnilgi kompaniyasi urtasida VVR-SM tadqiqot reaktori uchun yadro yonilgisini ishlab chiqarish va etkazib berish buyicha shartnoma imzolangan edi.
Bitim imzolanganidan sung «Rosatom» rahbari Aleksey Likhachev shunday dedi: «Bizning taklifimiz — bu erda, Uzbekistonda uzbek tomoni uzi uchun maqul muddatlarda „uch plyus“ VVER-1200 avlodiga mansub ikkita blokdan iborat stansiya qurish. Bunday stansiyalar qurish buyicha tajribamiz juda salmoqli».
Uning suzlariga kura, Uzbekiston uchun ehtimoliy loyiha ulkan ahamiyat kasb etadi — mamlakat energetika kompleksini diversifikasiya qilib, energetik khavfsizlik uchun katta imkoniyatlarni yarata oladi. Aleksey Likhachev Rossiya tomoni uz hisobidan Uzbekistonga mutakhassislar tayyorlab berishga tayyor ekanini qushimcha qildi.
Комментарии 0