Uzbekiston va tojikiston chegara rejimini soddalashtirish masalasini muhokama qildi — ozbekiston

Uzbekiston va tojikiston chegara rejimini soddalashtirish masalasini muhokama qildi — o’zbekiston

Uzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Dushanbega amaliy tashrifi doirasida Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi, deya khabar berdi Tojikiston Prezidenti matbuot khizmati.
Jumladan tijoriy cheklovlarni bartaraf etish, fuqarolarning chegaralardan utish tartiblarini soddalashtirish, mahsulotlarni tashish tariflarini pasaytirish, mavjud temir yullarni qayta tiklash, chegaralardagi minalashtirilgan maydonlarni tozalash, nazorat-utkazish punktlarini ochish va davlat chegaralari bilan bogliq boshqa masalalar muhokama qilindi, deyiladi khabarda.
Emomali Rahmon tojik tomonining Uzbekiston bilan suv va energetika resurslaridan foydalanish sohasida hukumatlararo hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanini takidlab, Tojikiston mazkur masalada hech qachon mintaqa mamlakatlari uchun muammolar tugdirishga harakat qilmagani, aksincha, suv va ekologik muammolarni hal etishda dunyo va mintaqa hamjamiyatining integrasiyasi tarafdori bulganini qayd etdi.
Uchrashuvda mintaqa va dunyodagi turli khavf-khatarlar, jumladan terrorizm, ekstremiz va boshqa transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashda ikki tomonlama hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.
Har ikki tomon ham uzaro manfaatdor barcha sohalarda sermahsul aloqalar urnatilishidan umid bildirdi.

Оцените статью
Добавить комментарий