Uzbekiston va vengriya biznes forumda 465 mln dollarlik bitimlarni imzoladi — ozbekiston

Uzbekiston va vengriya biznes forumda 46,5 mln dollarlik bitimlarni imzoladi — o’zbekiston

Uzbekiston va Vengriya 14 dekabr kuni Toshkentda bulib utgan biznes forumda 46,5 mln dollarlik oltita bitimni imzoladi, deya khabar qildi Uzbekiston investisiyalar buyicha davlat qumitasi matbuot khizmati.
Navoiy viloyati hokimiyati va Hunland kompaniyasi yirik shokhli chorva mollarini etishtirish buyicha 30 mln dollarlik loyihani amalga oshirish tugrisidagi bitimni imzoladi.
Vengriya va Uzbekiston agromutakhassislari ekishga muljallangan sabzavot uruglarini etishtirish buyicha korkhonani tashkil etishga jalb etiladi. Agrologistics Central Asia va Szentesi-Mag kompaniyalari urtasida 10 mln dollarlik shartnoma imzolandi.
Hamkorbank, Andijan Exclusive Invest va InnovaSter-Trade kompaniyalari bodring, tomat, makkajukhori va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish buyicha 3 mln dollarlik bitimni imzoladi.
Golden Lake Fish va Hun-bas Invest kompaniyalari Tudakul kulida baliq etishtirish va uni qayta ishlash uchun 1,6 mln dollarlik majmuani qurish buyicha bitim imzoladi.
Bundan tashqari, Andijan Exclusive Invest va Budagep kompaniyalari urtasida shokolad mahsulotlari uchun mevalarni qayta ishlash buyicha uskunalarni etkazib berish buyicha 300 ming dollarlik shartnoma imzolandi.
«Uzsharobsanoat», «Shokhrud» va Hun-bas Invest korkhonalari 1,6 mln dollarga eman bochkalarini ishlab chiqarish buyicha korkhona tashkil etish tugrisidagi memorandumni imzoladi.
2019 yil 5?6 mart kunlari Budapeshtda iqtisodiy hamkorlik buyicha Uzbekiston-Vengriya hukumatlararo komissiya yigilishi bulib utadi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.