Uzbekiston yozuvchilar uyushmasi tasarrufidagi kottejlardan adiblar chiqarilmoqda — ozbekiston

Uzbekiston yozuvchilar uyushmasi tasarrufidagi kottejlardan adiblar chiqarilmoqda — o’zbekiston

Ozodlikka malum bulishicha, okhirgi turt oy ichida etti nafar adib oilalari uzlari yashagan “Durmon” qishlogidagi Uzbekiston YOzuvchilar uyushmasiga qarashli kottejlardan chiqarib yuborilgan. Bu haqda malum qilgan ijodkorlarning aytishicha, adiblarni chiqarib yuborish qarori YOzuvchilar uyushmasi talabi asosida Toshkent viloyati Chirchiq tuman sudi ajrimi bilan olingan.
Kottejlardan chiqarib yuborilgan adiblarning bazilari Ozodlikka batamom uysiz qolib ketishlaridan qurqayotganliklarini aytdi.
«Borar joyim yuq»
65 yashar shoira Bibisora Turobova ikki nafar nogiron ugli bilan “Durmon” ijod uyi kottejlaridan birida ikki yildan buyon istiqomat qilib kelayotgandi.
Ammo, YOzuvchilar uyushmasi talabi bilan shoira 6 noyabr kuni kottejdan majburan chiqarilgan va uzining aytishicha, “doimiy yashash joyi topish sharti bilan” ikki oy vaqtincha yashash uchun ijod uyi mehmonkhonasiga joylashtirilgan.
Ammo Bibisora Turobova “borar joyim yuq”, deydi.
— Borar joyim yuqda. Yuq. 18 yil oldin hamma narsam sotilib ketgan. Qarzga ketgan, qarzga, — deydi Bibisora Turobova.
Bibisora kottejdan chiqarilgan yagona shakhs emas.
Bu ruykhatda iyun oyidan buyon Urozboy Abdurahmonov, Nortukhta Qilich, Rajabboy Rauf, Sayfiddin Rafiddin va boshqa adiblar ham bor.
Ozodlik hozirda «Durmon» ijod uyida kamida beshta kottej bush turganini aniqladi.
Uzbekiston YOzuvchilar uyushmasi khodimi uyushma rahbariyatining ijodiy safarda ekanini bildirib, Durmondagi kottejlardan adiblarning chiqarilishiga izoh bermadi.
Ammo, ismi oshkor etilmaslik sharti bilan Ozodlikka gapirgan uzbekistonlik adiblardan biri, YOzuvchilar uyushmasi qarori qonuniy ekanini aytdi:
«Yigirmadan ortiq kottej va uch qavatli mehmonkhona uyushma tasarrufidadir. U erda bazilar muddatidan ortiq yashagan, uzicha qushimcha qurilishlarni qilgan. Kottejlari olib quyilganlardan bazilarining Toshkent shahrida uz kvartiralari va hovlilari bor,» dedi uzbek adiblaridan biri.
«Durmon» ijod uyi
Uzbekiston prezidentining 2010 yil 26 fevraldagi qaroriga asosan Uzbekiston YOzuvchilar uyushmasi huzurida “Ijod” fondi tashkil etilgandi.
Fond «Durmon» ijod uyi kottejlari va mehmonkhona khonalarini uyushma azolariga ijodiy khizmat safarlari uchun foydalanishga berish tartibini ishlab chiqqan.
Ozodlikka malum bulishicha, YOzuvchilar uyushmasi kottejlarni faqat uyushma azolariga va uzogi bilan bir yilga berishga qaror qilgan.
2011 yilda «Durmon» qishlogidagi adiblarning 3 qavatli 58 urinli ijod uyi qayta rekonstruksiya qilinib, zamonaviy mebel jihozlari, maishiy buyumlar, aloqa vositalari bilan taminlangan edi.
Shu yilning 3 avgustida videoselektr yigilishi utkazgan prezident Shavkat Mirziyoev har bir viloyatda ijodkorlar uchun ikkitadan ijod uyi barpo etishga topshiriq berdi.
Mirziyoev viloyatlardan poytakhtga kelgan ijodkorlarning propiskasi yuz foiz hal qilinishini ham aytgan.
Pensiya yoshidagi ijodkorlarga esa pensiyani ham, gonorarni ham tuliq berishga vada qildi.
«Katta eshitsa, bizni bu ahvolda quymaydi. U kishiga bu khabarni etkazadigan odam yuqda,» deydi prezident Mirziyoevning yordamiga umid qilayotgan shoira Bibisora Turobova.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.