Uzbekiston zakhiralari valyuta islohotini ishonch bilan amalga oshirishga imkon beradi — jvj — ozbekiston

Uzbekiston zakhiralari valyuta islohotini ishonch bilan amalga oshirishga imkon beradi — jvj — o’zbekiston

Jahon valyuta jamgarmasining (JVJ) Albert Eger boshchiligidagi missiyasi 17-24 iyul kunlari iqtisodiyotni rivojlantirish va rasmiy organlar ishlab chiqqan rejalarni muhokama qilish uchun Toshkentga tashrif buyurgan edi.
«Missiya Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Uzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish buyicha Harakatlar strategiyasiga asosan rasmiy organlarning iqtisodiyotni rivojlantirish buyicha kompleks rejalarini ijobiy qabul qildi, — deyiladi missiya bayonotida. — Mazkur rejalarning uz vaqtida va samarali amalga oshirilishi iqtisodiyotning sifatli ish urinlarini tashkil etish va barqaror rivojlanishni taminlashga bulgan salohiyatini sezilarli darajada oshiradi».
«Missiya rasmiy organlarning valyuta tizimini isloh qilish buyicha rejalarini alohida tasdiq bilan qabul qildi», — deya qayd etiladi bayonotda.
JVJ ekspertlari fikricha, valyuta kurslarini bir khillashtirish va valyuta resurslarini bozor tamoyillari asosida taqsimlash uchun imkoniyatlar yaratish Uzbekiston Markaziy bankiga barqarorlikni qullab-quvvatlash va inflyasiyani samarali boshqarishga yunaltirilgan pul-kredit siyosatini olib borishiga zamin yaratadi.
«Mazkur islohot tashqi raqobatbardoshlikni oshirish, tugridan-tugri khorijiy investisiyalarni jalb qilish va ichki resurslarni taqsimlashni takomillashtirish hisobiga ish urinlarini yaratish va iqtisodiy rivojlanishga ham khizmat qiladi. Uzbekistonning katta miqdordagi valyuta zakhiralari mazkur islohotni ishonch bilan amalga oshirishga imkon beradi», — deyiladi bayonotda.
JVJ Uzbekiston hukumati tomonidan ishlab chiqilgan islohot rejalarini qullab-quvvatlash uchun iqtisodiy siyosat buyicha tavsiyalarni taqdim etish va qushimcha tekhnik kumak kursatishga tayyor.
«Islohotlarni pul massasi va kreditlar hajmining tez suratlarda usishi keltirib chiqaradigan inflyasion bosim ostida amalga oshirishga tugri keladi. Bunda missiya yaqindagina MBning pul-kredit siyosatida talabchanlikni kuchaytirgani, jumladan qayta moliyalash stavkasini 9 foizdan 14 fozga oshirganini ijobiy baholaydi», — deyiladi JVJ missiyasi bayonotida.
JVJ missiyasi hukumatning iqtisodiy statistika sifati va shaffofligini oshirish buyicha qatiy harakatlarini ham ijobiy baholadi. 2018 yildan boshlab inflyasiya suratlarini ulchash uchun yangi istemol narkhlari indeksidan foydalanish mazkur muhim statistik kursatkich sifatini oshirishga yordam beradi, deb hisoblaydi JVJ.
Missiya Uzbekistonning JVJ kengaytirilgan malumotlarni tarqatish buyicha umumiy tizimiga (r-OSRD) qushilish rejasini ijobiy qarshi oldi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.