Uzbekistonda nodavlat notariuslar faoliyatiga rukhsat beriladi — ozbekiston

Uzbekistonda nodavlat notariuslar faoliyatiga rukhsat beriladi — ozbekiston

Uzbekistonda nodavlat notariuslar faoliyatiga rukhsat beriladi — o’zbekiston

Uzbekistonda nodavlat notariuslarning faoliyatiga rukhsat beruvchi qonun loyihasi ishlab chiqish bosqichida. Mazkur choralar notarial khizmatlar sifatini yakhshilash va raqobatni rivojlantirishga yunaltirilgan, deb khabar qildi Adliya vazirligi boshqarma boshligi Inom Qudratov juma kuni bulib utgan matbuot anjumanida.
Tadbirda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tomonidan iyun oyida sohadagi muammolarni tahlil qilish va jamoatchilik fikrini urganish maqsadida utkazilgan surov natijalari ham malum qilindi.
Tadqiqotda butun Uzbekistondan 1104 kishi ishtirok etdi. Ularning 58,1 foizini toshkentlik respondentlar tashkil etdi. Kupchilik fuqarolar (32,1 foiz) sunggi bir oyda notarial idoralar khizmatlaridan foydalangan.
588 respondent notariat sohasini tubdan isloh qilish, idoralar sonini oshirish, khususiy notarial amaliyotga rukhsat berish zarurligini yoqlab chiqdi.
64,9 foiz respondent esa notarial khizmatlardan foydalanishda noqonuniy khatti-harakatlarga duch kelganini malum qilgan. 678 kishi idora khodimi preyskurantda kursatilgandan juda katta miqdorda tulov talab qilganini takidlagan.
Kupchilik ishtirokchilar — 788 kishi — notarial idorada bir necha soat yoki kunlar davomida navbat kutganidan shikoyat qilgan.
771 nafar respondent mavjud muammolarni hal etish uchun talab qilinayotgan hujjatlar ruykhatini optimallashtirish va yagona malumotlar bazasini yaratish zarur deb hisoblaydi. 691 kishining fikricha, notarial khizmatlar uchun tulovlar tizimini keskin qayta kurib chiqish va ularning shaffofligini taminlash zarur.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.