Uzreport rahbari uff ijroiya qumitasiga yangi azosi sifatida kiritildi — ozbekiston

Uzreport rahbari uff ijroiya qumitasiga yangi azosi sifatida kiritildi — o’zbekiston

Uzbekiston Futbol Federasiyasi majlislari zalida bugun, 30 oktyabr kuni UFF Prezidenti Umid Ahmadjonov ishtirokida navbatdan tashqari yigilish bulib utdi. Unda UFF Ijroiya Qumitasining yangi azosi tasdiqlandi.
Uzbekiston Futbol Federasiyasining Ustavi 33-moddasi 7-bandiga asosan Ijroiya Qumitasining vakant bulib qolayotgan urnini tuldirish uchun UzReport akhborot agentligining Bosh direktori Juraev Ravshankhon Ergashovichning nomzodi qumita azolari tomonidan maqullandi.
Juraev Ravshankhon Ergashovich UFF Ijroiya Qumitasining yangi azosi sifatida navbatdagi Konferensiyada keyingi muddat uchun saylovga quyiladi.
“Bildirilgan ishonch uchun minnatdorman. Umid qilamanki, bulajak ishlarimiz mamlakatimizda futbol rivoji uchun hissa qushadi”, – dedi Ravshankhon Juraev.
“Ravshankhon Juraevni UFF Ijroqumi azosi etib tasdiqlangani bilan tabriklayman”, – dedi UFF Prezidenti Umid Ahmadjonov. “UzReport akhborot agentligi UFF Marketing boshqarmasi va UzPFL bilan hamkorlikda katta loyihalarni amalga oshirishiga umid qilaman”.
Ravshankhon Juraev 1971 yil 23 fevral kuni tavallud topgan. Malumoti oliy. 1994 yili Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida bir qator tashkilotlarda rahbarlik lavozimlarida ishlab kelgan. 2010 yildan buyon UzReport akhborot agentligi Bosh direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.
UzReport akhborot agentligi 1999 yilda tashkil topgan. 2014 yili agentlik qoshida UzReport TV, 2017 yili esa Futbol TV telekanallari tashkil qilindi. Futbol buyicha Anlgiya va Ispaniya chempionatlari, shuningdek, Evropa Chempionlar Ligasi va Evropa Ligasi uyinlari translyasiyasi huquqini kharid qilgan telekanal mazkur uchrashuvlarni jonli ravishda mukhlislar etiboriga havola etmoqda.
Malumot uchun, UFF Ijroiya Qumitasi tarkibi 11 kishidan iborat. Quyida Ijroqumning tuliq tarkibi bilan tanishish mumkin.
UFF Ijroiya Qumitasi tarkibi
1. Umid Ahmadjonov – UFF Prezidenti
2. Shoakrom Isroilov – UFF Birinchi vise-prezidenti
3. Achilbay Ramatov – UFF vise-prezidenti
4. Pulat Bobojonov – UFF vise prezidenti
5. Rustam Qurbonov – Uzbekiston jismoniy tarbiya va sport davlat qumitasi raisi
6. Bobur Shodiev – “Pakhtakor” FK prezidenti
7. Murod Aliev – “Bunyodkor” FK Bosh direktori
8. Mansur Rajabov – “Lokomotiv” FK prezidenti
9. Komil Yarashev – Uzbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti rektori
10. Narimon Jalolov – Uzbekiston futbol fakhriylari kengashi raisi
11. Ravshankhon Juraev – UzReportakhborot agentligi Bosh direktori

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.