Vagiz galiulin har doim terma jamoadan taklif kutganman — ozbekiston
Vagiz galiulin: har doim terma jamoadan taklif kutganman — o’zbekiston
Rossiyaning «Tosno» klubida faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz jurnalistlar bilan har doim ham muloqotga kirishavermaydi.
Shuning uchunmi, rossiyalik hamkasblarimiz terma jamoalar uyinlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, yarim himoyachini suhbatga chorlashdi va eng muhim savollarni urtaga tashlashdi.
Natijada Vagiz Uzbekiston terma jamoasining JCh-2018 saralashidagi muvaffaqiyatsizligiyu, yiginlarga nega chaqirilmagani khususida gapirishiga tugri keldi.
— Terma jamoalarning urtoqlik uchrashuvlari uchun tanaffus yuzaga keldi. Biroq sizni 2012 yildan buyon Uzbekiston termasiga chaqirishmayapti. Yana taklif qilishlaridan umidingiz bormi?
— Uzbekistonlik jurnalistlar ham bu masalada menga tez-tez savol berishadi. Yashirmayman, har doim terma jamoadan taklif kutganman. Milliy jamoada men uchun nokhush holatlar ruy bergandi va shu sabab, meni anchadan buyon chaqirmay quyishdi.
Hozir esa jamoada usha odamlar yuq va tabiiyki, chaqiruv kutmoqdaman. Kuramiz, bundan nima chiqarkin? Uylaymanki, agar terma jamoaga mos harakatlansam, meni taklif qilishadi, albatta.
— Nokhush holatlar. Aynan nimani nazarda tutyapsiz?
— Bu haqda gapirishim nojoiz. Barchasini ommaga oshkor etishim tugri emas, menimcha.
— Endi sizni taklif qilishlariga hech qanday tusiq yuqmi?
— Yuq. Terma jamoa jahon chempionatiga chiqolmaganidan keyin unda barchasi uzgardi. Yangilar ish boshlashdi, tabiiyki, ular oldiga yangi vazifalar quyiladi.
Hozir vaqtincha murabbiy ishlamoqda, yangisini esa keyinroq tayinlashadi. Tugri, terma jamoa oldiga aynan qanday vazifalar quyilgani aniq emas. Natijalarni kuzatamiz va kutamiz.
— Umuman, terma jamoangizni kuzatib borish siz uchun nechogli qiziq?
— Albatta, barcha uyinlarini kurishga harakat qilaman. Akhir jamoada dustlarim tup surishadi. Eh, jahon chempionatiga chiqish uchun shunday yakhshi imkoniyat boy berilgani juda alam qildi. Yana bitta gol etishmadi…
— Qaysidir vaqtda Uzbekiston termasining Rossiya mundialiga yul olishiga ishonganmidingiz?
— Ha, 90 foiz. Biroq jamoa Khitoyda kutilmaganda, 0:1 hisobida yutqazib quydi va bu turnir jadvalidagi holatni butunlay uzgartirib yubordi. Natijada uyda Janubiy Koreya termasini loaqal 1:0 hisobida yutish talab etildi.
Bilaman, Uzbekiston termasi khitoyliklardan ancha kuchli, ammo yigitlar kuplab vaziyatlardan foydalana olishmadi va yakunda gol quyib yuborildi.
Koreyaliklar esa bizga nisbatan kuchliroq, ammo ularni engish shart edi. Afsuski, uyinda durang qayd etildi va termamiz mundialdan quruq qoldi.
— Uzbekiston termasi JCh-2006 va JCh-2014 saralashida mintaqaviy «pley-off»da yutqazgan — birinchisida raqibning mehmonda urgan goli tufayli, ikkinchisida esa penaltilar seriyasida.
Sizningcha, JCh yullanmasini qulga kiritish uchun faqat omad etishmayaptimi yoki…? DAVOMI
Комментарии 0