Vengriya toshkentda uz elchikhonasini ochdi — ozbekiston
Vengriya toshkentda uz elchikhonasini ochdi — o’zbekiston
Uzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto Toshkent shahridagi Vengriya elchikhonasining rasmiy ochilishi hamda Elchikhona binosida Vengriya va Evropa Ittifoqi bayroqlari kutarilishiga bagishlangan marosimda ishtirok etdilar. Bu haqda TIV matbuot khizmati khabar qildi.
Mazkur marosimda Vengriya Elchisi Peter Santo, Uzbekiston va Vegriya TIV rahbarlari nutq suzladilar.
Vazir Abdulaziz Kamilov uz nutqida Vengriya delegasiyasini qutlar ekan Vengriya Elchikhonasi davlatlarimiz urtasida yaqin va manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashda faol boglovchi bugin vazifasini bajarishiga ishonch bildirdi.
Vazir Peter Siyartoning davlatlarimiz urtasida diplomatik aloqalar urnatilganining 25 yilligiga tugri kelgan mazkur tashrifiga Uzbekistonda ikki tomonla munosabatlardagi muhim voqea sifatida qaraladi. Ushbu tashrif dustlik, teng huquqlilik va uzaro manfaatlarni inobatga olish ruhidagi ananaviy rivojlanayotgan Uzbekiston-Vengriya hamkorligiga jushqinlik berishga ikki tomnda ham qiziqish va intilish borligini tasdiqlaydi.
Abdulaziz Kamilov Vengriya delegatisiyasining Uzbekiston Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Qishloq va suv khujaligi vazirligi, Investisiya buyicha Davlat qumitasi hamda Savdo-sanoat palatasi rahbariyati bilan bugun bulib utgan konstruktiv va samarali muzokaralarini mamnuniyat bilan qayd etdi. Mazkur uchrashuvlar davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investision va gumanitar sohalarda ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
«Ishonch bilan aytishni istardimki, bugun biz Uzbekiston-Vengriya munosabatlari tarikhida yangi sahifani ochmoqdamiz va mamlakatlarimiz urtasida uzaro manfaatli va samarali hamkorlikni faol ilgari surish buyicha birgalikdagi faoliyatimizni davom ettiramiz», — dedi Uzbekiston TIV rahbari.
Комментарии 0