Viktor jalilov eronni avval ham oz maydonida maglub etganmiz — ozbekiston
Viktor jalilov: eronni avval ham o’z maydonida mag’lub etganmiz — o’zbekiston
O’zbekiston milliy terma jamoasi ertaga, 12 iyun kuni JCh–2018 saralash bosk’ichi 8-turida Eron futbolchilariga k’arshi bahs olib boradi. Uchrashuvdan oldin o’tkazilgan matbuot anjumanida Viktor Jalilov va Murod Xolmuhammedov k’atnashib, bo’lajak o’yin borasida o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
“So’nggi saralash bosk’ichi oxiriga etay deb k’oldi va bizni oldinda juda muhim o’yinlar kutib turibdi. Guruhdagi vaziyatga e’tibor k’atarsak, hali hech narsa hal bo’lmaganini ko’rishimiz mumkin. Jamoalar ikkitadan ortik’ to’p fark’i bilan g’alaba k’ozonmagan va bu rak’obat kuchli ekanidan dalolatdir. Guruhda har bir jamoa o’z oldiga anik’ bir mak’sadni k’o’ygan.
Guruhimizda asosiy kurash Eron, Janubiy Koreya va O’zbekiston o’rtasida kechmok’da, ammo Suriya, Xitoy va K’atar yaxshi o’yin ko’rsatib, yuk’ori pog’onada turgan jamoalarga muammolar tug’dirmok’da. Bo’lajak o’yinlarda aynan jadvalning k’uyi k’ismidagi jamoalar yuk’oridagi ikki o’rin uchun kurashayotganlarga muammo keltirishi mumkin.
“2012 yilda Eronni o’z maydonida mag’lub k’ilganmiz, demak, har k’anday jamoani mag’lubiyatga uchratish mumkin. To’g’ri, Eron so’nggi saralash bosk’ichida hali gol o’tkazmadi, lekin bu futbol va unda har narsa bo’lishi mumkin, kutilmagan natijalar k’ayd etilishi mumkin. Nima uchun biz Eronga gol urmasligimiz kerak. Buni uddalay olamiz deb o’ylayman”, – dedi Viktor Jalilov.
“Toshkentdagi o’yinda deyarli tengma-teng o’yin guvohiga aylangandik. O’zbekiston g’alaba uchun maydonga tushgandi, birok’ o’sha o’yindagi hakamlarning kutilmagan k’arori tufayli standart vaziyat belgilangan va davrozamizdan to’p olib chik’k’andik. Eron terma jamoasi va shaxsan Karlush Keyrushga tayyorlab k’o’ygan sovg’amiz bor. Umid k’ilamanki, ertaga g’alaba k’ozonib, 3 ochko bilan Toshkentga k’aytamiz.
Eron tarkibida alohida bir o’yinchini ajratmagan bo’lardim. Rak’ib jamoaviy o’yin namoyish k’ilishi ork’ali yaxshi tanilgan. Fak’atgina, Eronning himoya chizig’i kuchli va tartibli o’yin ko’rsatishini ayta olaman”, – dedi Murod Xolmuhammedov.
Eslatib o’tamiz, Eron – O’zbekiston uchrashuvi ertaga, 12 iyun kuni Tehron shahridagi “Ozodi” stadionida bo’lib o’tadi. Bellashuv Toshkent vak’ti bilan 21:45 da boshlanadi.
Комментарии 0