Viktor karpenko bunyodkor 2018 yilgi ochlga yollanma olishiga ishonaman — ozbekiston

Viktor karpenko: «bunyodkor» 2018 yilgi ochlga yo’llanma olishiga ishonaman» — o’zbekiston

«Al Ayn» — «Bunyodkor» uchrashuvidan so’ng jamoamizning vak’tinchalik bosh murabbiyi Viktor Karpenko o’z fikrlarini bildirdi.
«Avvalo «Al Ayn»ni g’alaba va guruhni 1-o’rin bilan yakunlagani bilan tabriklayman. O’yinni yaxshi boshladik. Vaziyatlar ham yaratdik. Afsuski biz ulardan foydalana olmadik, «Al Ayn» esa aksincha o’z imkoniyatlarini golga aylantirdi.
Yigitlar maydonda kurashishdi. Buning uchun ularga rahmat. Biz bor e’tiborimizni ichki chempionatga k’aratganmiz. Endi oliy ligada ochkolar yig’ishni boshlashimiz kerak. Futbolda tasodiflar bo’lmaydi. Har k’anday g’alabani ortida mehnat yotadi. Mehnat k’ilishdan to’xtamaymiz va yanada yaxshirok’ ishlashda davom etamiz. «Bunyodkor» yana avvalgi mavk’eiga k’aytishiga, 2018 yilgi Osiyo chempionlar ligasiga yo’llanma olishiga ishonaman.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.