Vitaliy denisov grandlarni engish hamisha zavkli — ozbekiston
Vitaliy denisov: grandlarni engish hamisha zavk’li — o’zbekiston
Moskvaning «Lokomotiv» klubida to’p surayotgan Vitaliy Denisov SSKAga k’arshi kechgan muhim derbi oldidan «Sport-Ekspress» nashriga intervyu berib, rossiyalik hamkasblarimizni k’izik’tirgan savollarga javob k’aytardi.
— «Amkar» bilan o’yindagi hakamlikdan so’ng o’zingizga kelishingiz k’iyin bo’lgandir?
— Hamma aybni referiga yuklash noto’g’ri. Ularning ishini muhokama k’iluvchilar bor. Hozir kamchiliklar hak’ida gapirish befoyda. Baribir, ikki ochkoni k’aytarib ololmaymiz. O’zimiz tartibli o’yin ko’rsatishimiz kerak. Endi bor e’tiborni keyingi uchrashuvga k’aratamiz.
— Demak, g’alabaning boy berilishiga o’zingiz sababchisiz?
— Ko’prok’ gol urishimiz mumkin edi. K’ulay vaziyatlar yaratildi, ammo ulardan foydalana bilmadik. Hakamlik esa… Ushbu masalani k’o’mitadagilar hal etishsin. Hozir ularning ishi tobora ko’paymok’da.
— «Zenit»-«Ural» o’yinini nazarda tutyapsizmi?
— Ha, Bikfalvi chetlatilgan vaziyatni ko’rdim. O’ylashimcha, «Ural» o’yinchisi to’pga birinchi bo’lib etib kelgandi. Keyin sodir bo’lgan narsa shunchaki, to’k’nashuv edi. Bikfalvi mazkur holatda sarik’ kartochkaga munosib emasdi. Bu mening fikrim. O’ylashimcha, hakam uchrashuv tizginini k’o’ldan chik’ardi, xatoga yo’l k’o’ydi va yakunda shunday vaziyat kuzatildi.
— Pavlyuchenkoni biror marta shunday g’azablangan holda ko’rganmidingiz?
— Futbol ehtiroslarga boy, aksariyat hollarda asabni jilovlash murakkab yumushga aylanadi. Roma esa og’ir-bosik’, mehribon va k’uvnok’ yigit. Ammo o’sha paytda u hak’ik’atan juda achchik’langanini ko’rsatdi.
— Sizningcha, k’aysi jamoa «Lokomotiv»ning eng prinsipial rak’ibi hisoblanadi — «Spartak»mi, SSKAmi yoki «Zenit»?
— Bunday klublarni engish hamisha yok’imli. Har k’anday vaziyatda uch ochko olish muhim. Ammo grandlar ustidan g’alaba k’ozonish o’zgacha zavk’ bag’ishlaydi.
— SSKA hak’ida gapirilganda ko’nglingizdan k’anday hislar kechadi?
— Albatta, bu klubning hayotimda tutgan o’rni bor. Ammo hissiyotlar o’ta kuchli deyolmayman. Har holda ikkinchi jamoada to’p surganman. Asosiy tarkibda esa kubok bahslarida bir-ikki marta maydonga tushganman. Lekin baribir, o’sha damlarni eslash yok’imli. O’shanda Rossiyaga ko’nikayotgandim, mamlakatni kezib chik’k’andim. Ikkinchi jamoada Rossiya chempionligini k’o’lga kiritdim, kubokda yutdik, UEFA kubogi finalidagi g’alabali o’yin paytida men ham bor edim. SSKAga k’arshi hech nima deyolmayman, birok’ hozir «Lokomotiv» a’zosiman. Maydonga chik’k’animda «temiryo’lchilar» sharafi uchun kurashaman, o’tmish bilan yashamayman.
— Shunga k’aramay, chempionlik poygasida «harbiylar» tarafdori bo’lsangiz kerak?
— Bunday savollarga ehtiyotkorlik bilan javob k’aytarishga intilaman. Hozir aytgan gapim keyinchalik muhokamaga sabab bo’lishi hech gapmas (kuladi). Umuman, g’oliblik poygasini kuzatish marok’li. Har k’anday uchrashuv vaziyatni o’zgartirib yuborishi mumkin. Turnir jadvali o’rtalaridagi kurash ham k’izg’in kechmok’da. Turli jamoalardagi hamkasblarim bilan suhbatlashaman, ayrimlariga hak’ik’atan ham muxlislik k’ilaman. Har k’anday vaziyatda o’yin kimning kuchliligini ko’rsatadi. Fak’at o’yin.
— Nima, bunday vaziyatda birinchi darajaga boshk’a narsa chik’ishidan xavotirdamisiz?
— Hozirda hakamlik borasida ko’p gapirilyapti. Ularga bunday bosimni engish oson emas. Referilarda k’andaydir kamchilik kuzatilishi mumkin. Umid k’ilamanki, chempionat yakunida k’o’pol xato uchramaydi. Hammasi adolatli bo’lishini xohlayman.
DAVOMI
Комментарии 0