Wsj uzbekistondagi islohtlarga bagishlangan maqolani elon qildi — ozbekiston

Wsj uzbekistondagi islohtlarga bagishlangan maqolani elon qildi — o’zbekiston

Amerikaning The Wall Street Journal nashri 14 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoevning AQShga safari arafasida Uzbekistonga bagishlangan maqolani elon qildi. Uning qisqacha mazmuni «Jahon» AA tomonidan chop etildi. Khuddi shu kuni Forbes jurnali sayti ham Uzbekiston tugrisida yirik materialni elon qildi.
Material muallifi Yaroslav Trofimovning yozishicha, muqaddam eng yopiq mamlakatlardan biri bulgan Uzbekiston qadamba-qadam dunyoga ochilmoqda. Sunggi bir yil davomida respublikada erkinlashtirish borasida kuplab uzgarishlar qayd etildi. Mamlakatni mintaqaning ogir vaznli azosi sifatida takidlab utgan muallif Uzbekistonning AQSh bilan aloqalarini rivojlantirish maqsadida ekanini yozadi. Davlat afgon muammosini hal etish uchun ham yaqindan ish olib bormoqda.
Yaroslav Trofimov Uzbekistonning siyosiy tizimni erkinlashtirish, diniy erkinlik va utkir muammolarni kutarib chiqishni boshlagan OAV erkinligini kengaytirishdagi qarorlarini yodga olib utadi. Maqolada uzbek hukumatidagi kadrlar almashinuvi masalasi ham kutarilgan. Unga kura, muhim lavozimlarga jumladan Garbda tahsil olgan yoshlar tayinlanayotgani aytib utilgan.
Tashqi siyosatda Toshkent kup yillar davomida yopiq bulgan chegaralarni ochish yuli bilan mintaqadagi qushni davlatlar bilan aloqalarni meyorlashtirishga kirishgan. Respublika Markaziy Osiyoda yaqin hamkorlik va savdo-sotiqni kengaytirishga katta etibor qaratgan. Uzbekiston 2019 yilda sobiq ittifoqdan meros bulib qolgan chiqish vizasini bekor qilish rejalari tugrisida ham khabar qilindi.
Iqtisodiy sohada Uzbekiston yaqindagina milliy valyutani «suzib yuruvchi» kursga utkazgani qayd etilgan. Nashrning ishonch bildirishicha, bu iqtisodiyotni rivojlantirishga katta turtki beradi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.