Xayrulla hamidov makolasi hammasi yaxshilikka — ozbekiston

Xayrulla hamidov makolasi: hammasi yaxshilikka — o’zbekiston

Jahon chempionatiga chikmaslik biz uchun yangilik emas. Ammo bu ishni ham har xil korinishda amalga oshirish mumkin ekan. Misol uchun, Ozbekiston milliy terma jamoasi (kattalari) deyarli bir xil kolib ketishadi. Yollanmani kolga kiritmaslik odatiy holga aylanib kolgan bolsa-da, ba’zan juda alamli xotimalar guvohi bolganmiz.
Joriy mavsum 3 ta terma jamoamiz katta turnir ostonasida toxtashdi. Dastlab olimpiyachilarimiz Rioga yollanma beradigan Osiyo chempionatida guruhdayok toxtab koya kolishdi. Keyin osmirlarimiz. Halollikka tayanib JChdan kolib ketishning namunasi olarok baholangan oyinda terma jamoamiz sal keyinrok Osiyo chempioni boladigan rakibni korkmasdan tanlay olishdi. Shimoliy Koreya sharmandalarcha engilib berdi bizga, Irokka tushib kolmaslik uchun. Okibatda, sodda ozbeklar JChdan tashkarida, ayyor shimolliklar mundialda!
Bunisi-ku, tushunarli. Osmirlarimiz ming yaxshi jamoa bolishmasin, oxirgi oyinlarida rakibdan kuchsiz edilar. Irok bizdan ikki barobar ustun edi. Shu bois bolsa kerak, biz JCh yollanmasini ololmaganimizdan u kadar ayyuhannos solmadik. JChga arzirdik, biz kuchli edik, degan fikr ichimizdan otmadi. Birok bugun…
Bugun osha kundan ogirrok kechdi. Jasur Abduraimov boshchiligidagi yoshlarimiz rakibdan ochikcha ustunlik kilib, butun oyin hujumda oynab, ikkitagina imkoniyatdan foydalangan eronlik tengkurlariga yutkazib koyishdi. Bu bahsning aynan chorak finalda otgani yuraklarni yuzib yubordi, togrimi? Biz terma jamoamizning mundial yollanmasini kolga kirita olmaganidan kora, ozidan kuchsizrok rakibga imkoniyatni boy berganidan afsuslandik koprok. Shunisi alam kildi-ya? Yok, men negadir, Jasur Abduraimov shogirdlarining oyinidan xursand bolgan holda, shu ish hozir sodir bolganidan roziman. Negaligini aytaman.
Avval yoshlar ortasidagi JCh musobakalari biz uchun kay darajada ahamiyatliligini tahlil kilib olaylik. Aslo va aslo bu gapim bilan men, bizga Jahon chempionatlari kerak emas, degan fikrni ilgari surmokchi emasman. Futbolimiz kelajagining poydevori bolish uchun bu turnirning mavkei kanchalik salmokli, degan savolga javob izlamokchiman, xolos.
YOshlar ortasidagi mundiallarda terma jamoamizning “oltin avlodi” kuchli sakkiztalikka kirib, dunyoni hayratlantirgan edi. Birok, bu avlod yok bolib ketishda ham ilgor boldi. Bizga karshi oynagan Pogbalar kim bolib etishdiyu, ozimizning falonchilar kay makomda toxtashdi? Kaytanga, ozi talantli yigitlardan tashkil topgan va judayam kuchli termalarga karshi oynab, 3 bora engilgan Geynrixlar avlodi mustahkamrok chikdi. Ozbek futboliga keyinchalik ularning nafi koprok tegdi. Oliy liga bahslarida yokolib ketishmadi. Kopi, albatta.
Endi, karang. Osmirlarimiz rakibning xiylasini ochikchasiga bilgan holda ham “halol futbol”ni tanlashyapti, yoshlarimiz 4ta oyinda ham yuksak futbol namoyish etishmokda. Avstraliya olkasini er bilan bitta kilib tashlashyapti. Eron enggan bolsa ham, tasodifan yutmokda. Bu yurt murabbiyi insofi bolsa, 2011 yili “Paxtakor” stadionida himoyada yotvolib enggan oyinidan song Karlos Keyrush kollagan osha mashhur iborani aytishi kerak: “Biz buyuk jamoani engdik!”
Ha, bugungi yoshlarimiz eronlik tengkurlarini oyin sifati boyicha engishdi. Galaba kozongandan keyin “murabbiy taktikasi” degan gap-sozlar albatta, urchiydi. Ammo bu kecha terma jamoamiz vakillari kuchli oynab ham engilish mumkinligini korsatishdi. Jahon futbolida kop bora guvohi bolganmiz bunaka oyinlarning.
Xop, bu yoshlarimiz Jahon chempionatiga ham bordi, deylik. Nima ozgaradi? Zor uchrashuvlar guvohi bolishimiz mumkinmi? Ha, lekin shunday avlod keyinchalik oliy liga atalmish kemaga chikib, uning ogirligiga chidayolmay yok bolib ketganidan kora, bugun shu sharafli natijani kayd eta olmay, lekin keyinchalik alam aralash bitta-bitta porlab, akalarining terma jamoasiga kirib borishgani ma’kul emasmi? “Bir narsani kotirib koygach, choyxonalarga singib ketadigan avlod” etishib chikkanidan kora, hech narsani amalga oshira olmagan va aslida amalga oshirishi mumkinligini idrok kilgan holda osha darajasini isbotlash uchun tirishib oynaydigan avlod etishib chikishi mumkin-ku, togrimi?
Ozimni ovutmokchi emasman. Sira. Lekin boshka yol kormayotganimdan, oliy liganing bu korinishi yoshlarni yutib yuborayotgan nahangni eslatayotgani uchun ham shunakarok yollardan najot kidiryapman. Mayli, shu yigitlarning oyinini JChda kormaylik, ammo YAxshiboev aslida hakikatan ham Jahon mikyosidagi oyinchi ekanligini isbotlashda davom etsin. Bizning millat bolalariga yoshligidan galabalar kerakmas, deb oylayman. Negadir. Rosa muxlislik kilgan bolsam-da, bugungi oyindan mazza kilganim uchun bu yigitlarning kelajagiga ishongim kelyapti. Rost.
Xayrulla Hamidov.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.