Xmt ozbekiston bilan hamkorlikni kengaytiradi — ozbekiston

Xmt o’zbekiston bilan hamkorlikni kengaytiradi — o’zbekiston

Bosh vazir o’rinbosari Tanzila Norboeva boshchiligidagi O’zbekiston delegasiyasi Jenevada Xalk’aro mehnat tashkiloti bosh direktori Gay Rayder bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuv Xalk’aro mehnat konferensiyasi 106-sessiyasi doirasida bo’lib o’tdi, deb xabar k’ildi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati.
Gay Rayder tomonlar hamkorlikning ko’plab sohalarida sezilarli yutuk’larga erishganini ta’kidlab o’tdi. Uning so’zlariga ko’ra, bugun avvalo, bandlik, mehnat muhofazasi, gender tenglik kabi sohalarda yangidan-yangi imkoniyatlar vujudga kelmok’da.
XMT bosh direktori O’zbekiston rahbariyati va hukumatiga XMTning birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huk’uk’ini himoya k’ilish to’g’risidagi 87-sonli Konvensiyasini ratifikasiya k’ilgani uchun alohida minnatdorchilik bildirdi. «Umid k’ilamizki, XMTning boshk’a konvensiyalari respublikaning milliy k’onunchiligiga muvofik’ligini o’rganish bo’yicha ishlar davom etadi», — deb k’ayd etdi XMT rahbari.
Gay Rayder kun tartibiga huk’uk’iy asosni yanada takomillashtirish, aholi shu jumladan, xotin-k’izlar bandligi, mehnatni muhofaza k’ilish va aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlashga k’aratilgan masalalarni kiritib, ikki tomonlama o’zaro alok’alarni kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.