Xorazmda sayyohlar sonini ikki barobar oshirish rejalashtirilmokda — ozbekiston

Xorazmda sayyohlar sonini ikki barobar oshirish rejalashtirilmok’da — o’zbekiston

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 4 may kuni «2017?2021 yillarda Xiva shahri va Xorazm viloyati sayyohlik salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi to’g’risida»gi k’arorni imzoladi. Bu hak’da davlat rahbari matbuot xizmati xabar k’ildi.
Dasturda sayyohlarni muntazam k’abul k’ilish uchun zamonaviy talablar va k’o’shimcha k’ulay sharoitlarni hisobga olgan holda Xiva hamda Xorazm viloyati turizm infratuzilmalarini rivojlantirish ko’zda tutilgan. Jumladan, respublikaning asosiy sayyohlik markazlarini (Toshkent-Samark’and-Buxoro-Xiva) bog’lovchi temir yo’l tarmog’ini k’urish, Evropa, Osiyo va MDH mamlakatlaridan charter reyslarini tashkil etish va muntazam aviareyslar sonini oshirish, Urganch-Xiva yo’nalishida k’ulay sayyohlik avtobuslari k’atnovini tashkil etish kabilar ko’zda tutilgan.
Sayyohlar ok’imini oshirish hamda ularning hududda ko’prok’ vak’t bo’lishini ta’minlashga xizmat k’iluvchi sayyohlik yo’nalishlari va ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini takomillashtirish, bunda Amudaryo daryosi k’irg’ok’bo’yi zonasida yangi ekzotik turizm turlarini joriy etish rejalashtirilgan. Turistlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha infratuzilmalarga yondosh ob’ektlar holatini yaxshilash va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash belgilangan.
Ichki turizmni rivojlantirish uchun Samark’and-Urganch, Buxoro-Urganch va Farg’ona-Urganch ichki aviareyslarini ochish masalalarini ishlab chik’ish rejalashtirilgan.
Dasturni amalga oshirish natijasida 2017?2021 yillarda sayyohlik xizmatlar eksporti hajmini 2,3 barobarga (131,4 mln dollargacha), sayyohlar sonni esa 2,1 barobargacha (129,7 ming kishi) oshirish rejalashtirilgan.
Mutasaddi vazirlik, mahkama va muassasalarga hamda joylardagi mahalliy hokimiyat organlariga «Ichan k’al’a» majmuasi ichi va atrofida kompleks ravishda restavrasiya-tiklash ishlarini amalga oshirishni ko’zda tutgan Xivani batafsil loyihalashtirish dasturini ishlab chik’ish vazifasi topshirildi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.