Xulosa islom — ozbekiston
Xulosa islom — o’zbekiston
Butun bu ifoda etilganlarning umumiy natijasi shundan iboratki, payg’ambarimiz (s. a.v)ni yoki u zotnni k’isman xotiramizga keltiradigan har bir narsani k’anchalik e’zozlasak ozdir. Zero, u zot (s. a.v) “Mutaolo”, ya’ni xayol va idrok k’ilinishi imkonsiz bo’lgan Alloh tarafidan “Habibim”, deyilishga muyassar bo’lgan payg’ambardirlar. Shuningdek, Alloh Taolo K’ur’oni Karimda payg’ambar (s. a.v) hak’larida:
“Albatta, Alloh ham, Uning farishtalari ham payg’ambarga duoyu salovat aytadilar. Ey mo’minllar, sizlar ham u zotga salovat va salom aytinglar” (Ahzob surasi, 56), deya marhamat k’iladi.
Bu K’ur’oniy hak’ik’at k’arshisida payg’ambar (s. a.v)nning fazl va kamoliga yak’inlashish, uni idrok k’ilish va ta’rifga sig’dirish kalimalarning imkonidan tashk’aridadir. Bu bahsni sukunatning so’ngsizligida nuk’talashdan boshk’a chora yo’k’dir. U zotni tasvirlashda insonlar ojiz ekanlar, bizning bu urinishlarimiz ham okeanning bir tomchisi kabidir…
Alloh Rasulidan boshk’alarga ko’ngil k’o’ymaydigan, begona bog’larning soxta gullariga aldanmaydigan mussulmonlar nak’adar baxtiyordirlar!…
Har zarramizla Uning ruhoniyatiga yak’inlashib, Parvvardigorimizga yuzlanaylik…
Uning muhabbatini hujjat o’rnida ko’rib, Parvarddigorimizga yolvoraylik..
U moziydagi, holdagi va istik’boldagi butun bor-lik’larga:
Muborak bo’lsin!
Barokat bo’lsin!
Rahmat bo’lsin!
Ul Sayyidul-kavnayn Muhammad Mustafoga salovat!
Ul Rasulus sakalayn Muhammad Mustafoga salovat!
Ul Imomul Haramayn Muhammad Mustafoga salovat!
Ul Jaddul Hasanayn Muhammad Mustafoga salovat!
Ey bor Parvardigoro, bizlarni mahsharda shu ik’ror bilan k’ayta tiriltir!
Комментарии 0