Yaponiya viza olish uchun ariza berish tartibini soddalashtirdi — ozbekiston
Yaponiya viza olish uchun ariza berish tartibini soddalashtirdi — o’zbekiston
Yaponiya tomoni Uzbekiston Tashqi ishlar vazirligini Uzbekiston fuqarolik pasportiga ega bulgan shakhslar tomonidan Yaponiyaga qisqa muddatli viza (90 kundan oshmagan muddatga) olish uchun ariza berish tartibining soddalashtirilgani haqida rasman khabardor qildi, deb khabar qildi Uzbekiston TIV matbuot khizmati.
Soddalashtirilgan tartib quyidagilarni uz ichiga oladi:
1) ishbilarmonlik maqsadlari bilan bogliq bulgan, madaniyat va intellektual mehnat arborlari uchun safar qilish sohalarini kengaytirish. Fuqaro ayni shu viza bilan Yaponiyaga qayta tashrif buyurganda undan turistik maqsadlarda hamda qarindosh va tanishlarini ziyorat qilish maqsadlarida foydalanishi mumkin;
2) davlat tashkilotlari, Yaponiya fond bozorlarida ruykhatga olingan tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladigan kompaniyalar khodimlariga hamda Yaponiyaga avval ham tashrif buyurgan arizachilarning kup martalik qisqa muddatli vizalari amal qilish muddatini uch yildan besh yilga uzaytirish;
3) bir martalik qisqa muddatli viza olish uchun ariza bilan murojaat qilinganda kafolatlash tizimini bekor qilish.
Kerakli hujjatlar ruykhati va ariza bilan murojaat qilish tartibi tugrisidagi tuliq malumotni Yaponiyaning Uzbekistodagi Elchikhonasi veb-saytidan olish mumkin.
Комментарии 0