Yhxb yhkni buzganlik uchun jarimalarni tekshirish saytini ishga tushirdi — ozbekiston

Yhxb yhk’ni buzganlik uchun jarimalarni tekshirish saytini ishga tushirdi — o’zbekiston

O’zbekiston IIV Yo’l harakati xavfsizligi boshk’armasi Toshkent chorrahalaridagi avtomat k’ayd etish kameralari tomonidan tushirilgan yo’l harakati k’oidalari buzilishiga belgilangan jarimalar mavjudligini tekshirish saytini ( dyhxx. uz ) ishga tushirdi.
Hozircha beta-rejimda faoliyat olib borayotgan saytda ro’yxatdan o’tish uchun mobil telefoni rak’amini (fak’atgina UMS operatori) kiritishi va parol o’ylab topishi kerak. So’ngra telefon rak’amiga kodli SMS keladi (kelgusida har bir kiruvchi SMS narxi 2 sentni tashkil k’iladi).
Shaxsiy kabinetda k’oida buzilishlarini kuzatish uchun davlat rak’ami va texpasport rak’ami ko’satilgan ikkitaga k’adar avtomobilni kiritish mumkin.
Agarda k’oidabuzarlik mavjud bo’lsa, kabinetda jarima k’o’llanilishi to’g’risida k’aror rak’ami, k’oidabuzarlik sodir etilgan sana va joyi, k’oidabuzarlik turi, jarima mik’dori, k’oidabuzarlik holati va k’oidabuzarlik yopilgan sana (jarima to’langandan so’ng) ko’rsatiladi. K’aror nusxasini yuklab olish mumkin.
Mazkur xizmat Technologic ASBT kompaniyasi tomonidan ishlab chik’ilgan. Mazkur kompaniya Oberthur Technologies va Thales bilan birgalikda O’zbekistonda biometrik pasport tizimini joriy etish loyihasida k’atnashgan.
UMS abonentlari jarimalar mavjudligi hak’ida SMS ork’ali ham boxabar bo’lishlari mumkin. Bunda har bir kiruvchi xabar narxi 5 sentni tashkil etadi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.