Yodgor sadiev yangi format milliy terma jamoamizning shakllanishiga ijobiy tasir qiladi — ozbekiston

Yodgor sadiev: yangi format milliy terma jamoamizning shakllanishiga ijobiy tasir qiladi — o’zbekiston

Uzbekiston va Qoraqalpogiston khalq artisti, uz vaqtida darvozabon sifatida tup surgan khalqimizning sevimli aktyori YOdgor Sadiev «UZREPORT TV» telekanaliga bergan intervyusida Uzbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida uz fikrlarini bildirib utdi.
«Mana UFFga yangi rahbariyat kelganiga 100 kun bulmoqda. Federasiya prezidenti Umid Ahmadjonovdan butun Uzbekistondagi futbol mukhlislarining umidi katta! Hozir milliy chempionat yangi formatga utilyapti. Men ochigini aytaman, menga maqul bu format. Nimasi bilan maqul!? Jamoalarning orasidagi raqobatning kuchayishiga olib keladi bu narsa. Futbol maydonidagi kurashning oshishiga olib keladi, ana shunisi bilan menga juda maqul. Endi uchrashuvlar 4 davrada bulib utadi. Har klub mana shu 4 davra uchrashuvlariga alohida tayyorgarlik kuradi va uyinini kuchaytirib olish imkoniga ega buladi. Avvalgi 16 ta jamoadan iborat format milliy terma jaomamizning Jahon chempionatlariga chiqishiga tasiri jihatidan uzini oqlamadi, meni fikrimcha. Bu meni shakhsiy, subektiv fikrim.
Muna bu 12 ta jamoa endi uzini ustida kuproq ishlaydi. Pro-ligadagi jamoalar Superligaga chiqish uchun kuproq harakat qilishadi. Nega? Chunki, jamoalar Superligaga chiqsa, ularning tarkibidagi futbolchilarning maoshlari albatta oshadi va demak bu erda har tomonlama manfaat va qiziqishlar hisobga olingan. Shu bilan birgalikda bu format, bizning milliy terma jamoamizning shakllanishiga ham ijobiy tasir qiladi degan umidlarimiz bor.
Men uylaymanki, bu uylangan loyihalar juda ham pishiq va uzbek futbolini jahon arenalariga olib chiqish uchun qilinayotgan ishlardan biri hisoblanadi.
Ming afsus, biz 2018 yilda Rossiyada bulib utadigan Jahon chempionatiga Uzbekiston bayrogi ham hilpiraydi deb umid qilgandik, bu bizga nasib etmadi. Biz endi Uzbekiston Futbol Federasiyasining yangi rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi loyihalar uz samarasini beradi, deb niyat qilamiz».

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.