Yun sok yong vatan jamoasi chorlasa darrov etib kelish burchdir — ozbekiston

Yun sok yong: vatan jamoasi chorlasa darrov etib kelish burchdir — o’zbekiston

Bugun Uli Shtilike bilan birga “Brondbyu” (Daniya) himoyachisi Yun Sok Yong ham matbuot anjumanida ishtirok etdi. Ushbu futbolchi anchadan buyon koreyslar tarkibida ko’rinish bermay k’o’ygan edi.
“Matbuot anjumanlarida ishtirok etmaganimga ham ko’p muddat bo’lgandi”, — deya so’z boshladi Janubiy Koreya terma jamoasi himoyachisi. “O’z klubim safida ko’p o’yinlarda k’atnashmagan bo’lsam-da, jismoniy holatim juda yaxshi. Terma jamoadan chorlov bo’lganida avvaliga hayron bo’ldim. O’z Vataning jamoasiga yordamga chorlashsa hech bir so’zsiz etib kelishni asosiy burch deb bilaman. Ertangi o’yin ham biz uchun muhim deb o’ylayman. Hozirgi holatimda ham bor kuchimni berishga tayyorman. Boshk’a jamoadoshlarim ham g’alaba uchun bir jamoa bo’lib o’ynashga shay. Ertangi o’yinda bosh murabbiyimiz menga maydonda k’ancha imkoniyat berishini bilmayman. Bir dak’ik’a o’ynasam ham borimni berib o’ynash niyatidaman”, — dedi Yun Sok Yong.
Koreys OAV ma’lumotlari asosida Otabek Yo’ldoshev tayyorladi.

Оцените статью
Добавить комментарий