Yuriy sarkisyan 70 yoshda — ozbekiston
Yuriy sarkisyan – 70 yoshda! — o’zbekiston
«Bunyodkor» futbol klubida Yuriy Sarkisyan sharafiga tadbir o’tkazildi.
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan murabbiy, “Do’stlik” va “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, “Bunyodkor” jamoasi maslahatchi murabbiyi Yuriy Vazgenovich Sarkisyan 2017 yilning 30 may kuni 70 yoshga to’ldi.
Yuriy Sarkisyan katta futboldagi faoliyatini 1970 yilda Termizning “Avtomobilchi” jamoasida boshlagan. U 1975 yilda Farg’onaning “Neftyannik” klubiga o’tdi. Shundan so’ng, 1978 yilda Andijon viloyatining “Shahrixonchi” jamoasida bir yil to’p tepib, yana Farg’onaga k’aytdi va futbolchilik faoliyatini oxirigacha ushbu shahar jamoasi sharafini himoya k’ildi. Sarkisyan professional saviyadagi futbolchilik faolyaitini 1982 yilda yakunladi.
1983 yilda u Moskvaga yo’l oldi va u erda murabbiylar oliy maktabida o’k’idi. Murabbiylik diplomiga ega bo’lgach, Sarkisyan “Neftyannik”da murabbiy, katta murabbiy, 1987 yildan boshlab esa bosh murabbiy lavozida faoliyat yuritdi. 1987-1989 yillar mobaynida Sarkisyan boshchiligidagi Farg’ona klubi Sobik’ Ittifok’ chempionati 2-ligasi 7-mintak’asida bir necha bor birinchi o’rinni k’o’lga kiritgan.
1990 yilda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan murabbiy unvoni sohibi.
O’zbekiston oliy ligasining dastlabki mavsumlarida Sarkisyan “Neftchi” bilan ketma-ket oltin medallarni k’o’lga kiritgan. U Farg’onaning “Neftchi” klubida 1987-2013 yillar mobaynida faoliyat yuritib, 5 marta oltin, 9 marta kumush medallarni k’o’lga kiritdi. Shuningdek, O’zbekiston kubogida ikki bor zafar k’uchdi.
Yuriy Vazgenovich 2014 yilda Toshkentning “Bunyodkor” jamoasidan taklif oldi va murabbiylar shtabida maslahatchi sifatida faoliyatini davom ettirmok’da.
O’zbek futboli muxlislari Yuriy Vazgenovich Sarkisyanni tajribali mutaxassis sifatida juda yaxshi bilishadi va k’adrlashadi.
Sarkisyan O’zbekistondagi eng ko’p sovrin yutgan murabbiy hisoblanadi. U besh bor yil murabbiy deb tan olingan.
O’zbek futboli rivoji yo’lida k’o’shgan hissasi uchun Yuriy Sarkisyan “Do’stlik” va “Mehnat shuhrati” ordeni bilan tak’dirlangan.
O’zining 70 yoshini k’arshi olayotgan Yuriy Sarkisyan sharafiga bugun “Bunyodkor” futbol klubida tadbir tashkil etildi. Unda O’zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat k’o’mitasi raisi Rustam K’urbonov, “Bunyodkor” FK bosh direktori Murodjon Aliev, stadion direktori Voxid Zokirov so’z olib, yubilyarni k’utlug’ yosh bilan muborakbod etdilar. Tadbirda klub jamoasi, futbol muxlislari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ham k’atnashdilar.
O’z navbatida Yuriy Sarkisyan ham so’z olib, barchaga minnatdorchilik bildirdi, bosib o’tgan yo’llari va erishgan yutuk’lari hak’ida gapirib berdi. Shuningdek, kuch-k’uvvati bor ekan, o’zbek futboli rivoji yo’lida mehnat k’ilishdan charchamasligini alohida ta’kidlab o’tdi.
Yubiley muborak, Yuriy Vazgenovich!
Комментарии 0