Yuzni okartirish uchun tabiiy nikoblar — ozbekiston

Yuzni ok’artirish uchun tabiiy nik’oblar — o’zbekiston

Sizlar uchun tavsiya etayotgan tabiiy pardoz va nik’ob turlari yoz fasliga mo’ljallangan bo’lib, albatta, undan to’g’ri foydalansangiz samarali natijaga erishasiz. Bu nik’oblar teriga ijobiy ta’sir ko’rsatibgina k’olmay, balki davolash xususiyatga ham ega.
Nik’ob – yuzni parvarishlashning bezarar va foydali usuli. Ular yuzning tabiiy york’in tusini tiklab, terini sog’lomlashtiradi. To’g’ri tanlangan nik’ob, yuz terisiga mayinlik baxsh etib, uni kerakli darajada ozik’lantiradi va mayda dog’larni ketkazishga yordam beradi.
Limon suvi k’o’shilgan nik’ob – yog’li yuz terisi uchun va yuzdagi mayda k’ora nuk’talarni ketkazish uchun foydali. Do’konlarda, dorixonalarda sotiladigan tayyor nik’oblardan ko’ra, uy sharoitida tayyorlangan nik’oblarning afzallik tarafi shundaki, ular eng avvalo, bir k’ator tabiiy xususiyatlarga ega.?ech k’anday kimyoviy vositalar k’o’shilmagan, yangi sabzavot va mevalardan tayyorlangan nik’ob yuz terisi uchun juda foydali. Negaki bular yuzda salbiy asorat k’oldirmaydi. Savdo rastalaridan xarid k’ilgan tayyor nik’oblarni uzok’ muddat sak’lash uchun, ularning tarkibiga albatta, kimyoviy vositalar k’o’shiladi.
Suyuk’ loyli nik’ob (Glinyanaya maska) – u turli rangda bo’ladi. Misol uchun, ok’ tuprok’dan tayyorlangan ana shunday nik’ob yuzni tibbiy jihatdan tozalaydi. U oliy sifatli, k’immatbaho mikroelementlarga boy. Loy (gil) nafak’at terini yumshatadi, balki dag’al terining ustki k’avatini mayinlashtiradi. Ok’artiruvchi xususiyatga ham ega. Yuz terisidagi yog’ bezlari faoliyatini mo’’tadillashtiradi. Shu bois, loyli nik’ob yuz terisi yog’li bo’lgan ayollar uchun tavsiya etiladi.
LIMON ShARBATLI NIK’OB
100 gramm asalga bir osh k’oshik’ limon suvi (sharbati) k’o’shing. Ushbu nik’obni yuzga bir tekis k’ilib surting. 30 dak’ik’a davomida ushlab turib, so’ng yuzingizni ilik’ suvda yuvib tashlang.
GLISERINLI NIK’OB
Bir dona tuxum sarig’ini engilgina ko’pirtiring va unga 1 choy k’oshik’ asal, keyin 1 choy k’oshik’ gliserin k’o’shib aralashtiring. Ushbu nik’obni yuzga surtib, ikki soat davomida shunday sak’lab turing. YOzning issik’ kunlarida ushbu nik’ob yuzingizga juda yaxshi foyda beradi. K’uruk’ yuz terilari uchun gliserin va limon k’o’shilgan nik’oblar tavsiya etilmaydi. Terini k’uritib yuboradi.
ZAYTUN MOYLI NIK’OB
Bitta tuxum sarig’iga 1 osh k’oshik’ asal k’o’shib aralashtiring. Unga 1 osh k’oshik’ zaytun moyi va yarim piyola suli yormasi soling.?ammasini k’orishtiring-da, so’ng tayyor bo’lgan nik’obni yuzingizga surtib, 15-20 dak’ik’agacha orom oling, keying yuzingizni ilik’ suvda yuvib yuboring.
TIRNOK’GULDAN NIK’OB
Maydalagichga (blenderga) 1 choy k’oshik’ tirnok’gul o’simligining k’uruk’ gullaridan va 1 choy k’oshik’ mayda yalpiz solasiz va maydalaysiz. Ushbu maydalangan aralashmaga 1 osh k’oshik’ asal va bitta tuxum ok’ini k’o’shasiz. Tayyor mahsulotni nik’ob sifatida yuzingizga surtib, uni 20 dak’ik’a ushlab turasiz. Keyin ilik’ suv bilan yuvib tashlaysiz.
POMIDORLI NIK’OB
YArim piyola suli yormasiga 3 osh k’oshik’ yog’siz, k’uruk’ sut solib aralashtiring. Maydalagichga 1 dona mayda pomidorni soling. Tayyor bo’lgan aralashmaga sutli k’orishmani k’o’shing va aralashtiring. Ushbu nik’ob yuzda 10 dak’ik’a ushlab turilgach, ilik’ suvda yuvib tashlanadi.
BODRINGLI NIK’OB
Bir donadan bodring bilan bananni yarmini mayda to’g’rab, kesib maydalagichga soling. Unga 1 osh k’oshik’ asal va yarim piyola limon suvidan k’o’shing. Yuzga bir tekis k’ilib surting. YArim soatdan keyin esa yuvib tashlang.
FRANSUZChA NIK’OB
Nik’ob turi: ozik’lantiruvchi.
Barcha turdagi yuz terisi uchun.
Kerakli mahsulotlar: 100 gramm suyultirilgan k’aymok’, 1 dona tuxum, 1 dona limon, 1 choy k’oshik’ gliserin.
Sirli idishga yarim piyola yangi suyultirilgan k’aymok’, ko’pirtirilgan tuxum, bitta limonning sharbati va 1 choy k’oshik’ gliserin k’o’shib, aralashtiring. Ushbu nik’obni muzlatgichda bir oygacha sak’lash mumkin.
Tavsiyalarimizga amal k’ilsangiz, albatta, chiroyingizga chiroy k’o’shilishi shubhasiz. Shunday ekan, aziz ayollar, hamisha go’zal bo’ling!

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.