Zakot- beruvchi va oluvchi odoblari — ozbekiston
Zakot — beruvchi va oluvchi odoblari — o’zbekiston
Jobir ibn Atiykdan, u otasidan rivoyat k’ilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kelajakda huzuringizga yomon ko’rilgan jamoatlar keladilar. Bas, k’achonki ular sizga kelsalar, ularni tabrik ila kutib olinglar. Ular bilan talab k’ilgan narsalari orasini ochib k’o’yinglar. Agar adolatli bo’lsalar, o’zlariga foyda. Agar zulm k’ilsalar, zarari ham o’zlariga. Ularni rozi k’ilinglar. Albatta, sizning zakotingizning tugal bo’lishi ularning rizosiga bog’lik’. Ular sizning hak’ingizga duo k’ilsinlar», dedilar».
Abu Dovud rivoyat k’ilgan.
Sharh: hadisi sharifdagi «yomon ko’rilgan jamoatlar»dan murod, zakot yik’k’ani keladigan zakotchilardir.
Zakotchilarning zakot yik’k’ani kelishlari hammaga ham yok’avermaydi. Lekin zakot beruvchi kishilar odobli bo’lishlari kerak. Zakot olgani kelgan zakotchining muomalasini yaxshilash uchun zakot beruvchi k’uyidagi odoblarga rioya k’ilishi kerak:
1. Zakotchini ochik’ chehra bilan, tabrik so’zlari ila kutib olishi lozim.
2. Zakotchiga zakotni osonlik bilan, to’g’ri holda hisob-kitob k’ilib olishiga sharoit yaratib berish kerak.
3. Zakotchini shariat ko’rsatmasi bo’yicha rozi k’ilishga harakat k’ilishi kerak.
4. Zakotchi k’aytib ketayotib, «hak’ik’iy musulmon ekansan, k’ani endi boshk’a zakot beradiganlar ham senga o’xshagan bo’lsa edi», deb duo k’iladigan muomala k’ilish kerak.
Shu bilan birga, hadisda zakotchilar rioya k’ilishi lozim bo’lgan eng muhim narsa – adolatli bo’lish hak’ida ham ta’kidlangan. Chunki adolat k’ilsa, zakotchining o’ziga foyda, zulm k’ilsa, o’ziga zarar!
Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi:
«A’robiylar Nabiy sollallohu alayhi vasallamga shikoyat k’ilib:
«Sadak’achilardan ba’zi odamlar kelib bizga zulm k’iladilar», deyishdi. U zot sollallohu alayhi vasallam:
«Sadak’achilaringizni rozi k’ilingiz!» dedilar.
Jarir:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan buni eshitganimdan boshlab mendan sadak’achi fak’at rozi bo’lib k’aytdi», dedi».
Beshovlaridan fak’at Buxoriy rivoyat k’ilmagan.
Termiziyning lafzida:
«K’achon oldingizga sadak’achi kelsa, fak’at rozi bo’lib k’aytsin», deyilgan.
Sharh: Ushbu rivoyatdan sadak’achining ustidan shikoyat k’ilib borgan odamlarga rahbar kishi nasihat k’ilib turishi kerakligi ma’lum bo’ladi.
Zakot beruvchilar esa, o’zlarining k’izg’anchik’lik yoki boshk’a noma’k’ul odatlari bilan sadak’a yik’k’ani kelgan kishilarni xafa k’ilishlari kerak emas. hamma Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhuga o’xshab, sadak’achi rozi bo’lib k’aytishiga harakat k’ilgani ma’k’ul.
Amr ibn Shuaybdan, u otasidan, otasi bobosi roziyallohu anhumdan rivoyat k’ilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Olib kelish ham yo’k’, chetga chik’ish ham yo’k’. Sadak’alari fak’atgina hovlilarida olinadi», dedilar».
«Sunan» egalari rivoyat k’ilishgan.
Sharh: Ushbu hadisda zakotchining odoblari hak’ida so’z ketmok’da. U mol egasini k’iynab, «molingni oldimga jam k’ilib kel, shu erda sanab zakotini olaman», deyishi kerak emas. Shuningdek, o’zi chetrok’ joyga chik’ib olib, shu erga kel, deb mol egasini chak’irmasligi kerak. Aksincha, uning moli k’aerda bo’lsa, o’sha erga borib, zakotini olmog’i lozim.
Abdulloh ibn Abu Avfo roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi:
«Otam daraxt sohiblaridan edi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam k’achon u zotga biror k’avm o’z sadak’asini olib kelsa:
«Ey bor Xudoyo, Oli falonga salovot yuborgin», der edilar. Bas, otam u zotga sadak’asini olib keldi. U zot:
«Ey Alloh, Oli Abu Avfoga salovot yubor», dedilar».
Beshovlaridan fak’at Termiziy rivoyat k’ilmagan.
Uning va Abu Dovudning rivoyatida:
«Sadak’ada tajovuzkorlik k’iluvchi xuddi uni man k’iluvchi kabidir», deyilgan.
Sharh: Roviyning «otam daraxt sohiblaridan edi» deyishi ulug’ bir mak’omga ishoradir.
hudaybiya sulhi hodisasida Makka mushriklari hazrati Usmon roziyallohu anhuni o’ldirishibdi, degan mish-mish tark’alganida Payg’ambar alayhissalom kishilardan fidokorlik uchun bay’at olganlar. O’sha bay’atni daraxt ostida olganlar. Shuning uchun mazkur bay’at «daraxt bay’ati» nomi bilan mashhur bo’lgan. O’sha daraxt ostida Payg’ambar alayhissalomga bay’at k’ilgan sahobalar «daraxt sohiblari» deb ataladi.
Alloh oyat nozil k’ilib, daraxt ostida Payg’ambar alayhissalomga bay’at k’ilganlar u zotga emas, Allohga bay’at k’ilganliklari, ulardan bay’at olgan k’o’l Rasululloh alayhissalomning k’o’llari emas, Allohning «k’o’li» ekanini bayon k’ilgan. Shu bilan birga, Alloh ulardan rozi ekanini ham bayon k’ilgan. Shuning uchun mazkur bay’at «rizvon bay’ati» ham deb ataladi. U hodisa ishtirokchilari eng ulug’ odamlardan hisoblanadilar.
Abu Avfoning ismlari Alk’ama ibn Xolid al-Aslamiy bo’lib, u kishi bilan birga ushbu hadis roviyi bo’lmish o’g’illari Abdulloh ham mazkur ulug’ bay’atda k’atnashganlar. Ular bu bilan har k’ancha faxrlansalar arziydi.
Ushbu rivoyatdan mol egasi zakotini o’zi olib kelsa ham mumkinligi chik’adi. Ana o’sha paytda zakotni k’abul k’ilib oluvchi mas’ul kishi zakot beruvchining hak’iga duo k’ilmog’i lozim ekan.
Payg’ambar alayhissalomning birovga salovot aytmok’lari unga Allohning rahmatini so’rab duo k’ilishlaridir.
Rofe’ ibn Xadiyj roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Sadak’ada hak’ ila omil bo’lgan odam to uyiga k’aytib kelgunicha Allohning yo’lidagi g’oziydekdir», dedilar».
Termiziy rivoyat k’ilgan va «yaxshi» degan.
Sharh: To’g’ri sadak’achi bo’lib ishlash juda ham savobli ish ekanini shu hadisi sharifdan bilib olamiz.
Allohning yo’lida jihod k’ilish k’anchalik ulug’ ekani hammaga ma’lum. o’oziy Allohga va Uning Rasuliga toat k’ilgan bo’ladi. Sadak’achi ham o’z ishini hak’ ila ado etsa, u ham Alloh va Uning Rasuliga toat k’ilgan bo’ladi.
Sadak’achi Islom hukmlari ichki tomondan ustun bo’lishi uchun kurashadi. U beva-bechora, miskin-fak’irlarning hak’larini joyiga k’aror topdiradi. Shunga o’xshash ishlar ko’p. Shuning uchun bu janjalli, boylarga yomon ko’rinadigan ish, deb sadak’achi bo’lishdan k’ochmaslik kerak.
Biz o’rgangan rivoyatlarda sadak’achi bilan zakot beruvchi mol egasi orasidagi munosabatlar, ularning odoblari hak’ida so’z ketdi. Shu bilan birga, zakot beruvchi boy bilan zakotning hak’dori bo’lgan kambag’alning o’ziga yarasha odoblari ham bor. Ularga rioya k’ilinishi lozim. Endi oyat va hadislardan olingan, salafi solihlar tomonidan amal k’ilingan ushbu odoblar ahli suluklar talk’inida k’anday bo’lishi bilan tanishib chik’aylik.
ZAKOT BERUVChI ODOBLARI
Bilingki, bandaga zakotida bajarishi lozim bo’lgan k’uyidagi vazifalar bor:
1. Zakotdan murod nimaligini fahmlash kerak.
U uch narsadan iborat:
Allohning muhabbatini da’vo k’iluvchining o’zi muhabbat k’o’ygan narsasini zakotga chik’arish bilan sinash.
halokatga olib boruvchi baxillikdan poklanish.
Mol ne’matiga shukr k’ilish.
2. Riyokorlikdan xoli bo’lish uchun zakotni sir tutish.
Uni izhor k’ilishda fak’irni xorlash bor. Agar zakotni bermadi, degan tuhmatdan k’o’rk’sa, befark’ fak’irlarga jamoat ichida ochik’ beradi. Boshk’alarga birov bilib, birov bilmaydigan tarzda beradi.
3. Zakotini minnat va ozor berish ila buzmaydi.
Chunki inson o’zini fak’irga ehson k’ilgan holda ko’rsa, unda mazkur narsa hosil bo’lishi mumkin. Aslida esa, u ishga hak’ik’at nazari ila k’arasa, fak’ir undan Allohning hak’ini k’abul k’ilish ila unga yaxshilik k’ilgan bo’ladi. Bu ish uni poklaydi. Zakot beruvchi yaxshirok’ o’ylab ko’rsa, uning zakot chik’arishi mol ne’matiga shukrdir. U bilan fak’ir o’rtasidagi muomala emas. Shuning uchun fak’ir fak’irligi uchun hak’oratlanmasligi kerak. Chunki fazl molda yoki molning yo’k’ligida emas.
4. Berayotgan narsasini kichik sanashi lozim.
Chunki bu ishni katta sanagan odam u bilan faxr¬lanadi. Aytilishicha, yaxshi ish uch narsa bilan – uni kichik sanash, tezlatish va sir tutish ila tugal bo’ladi.
5. Zakot beruvchi molidan eng halolini, eng yaxshisini va o’ziga eng mahbubini chik’arsin.
haloliga kelsak, Alloh taolo pokdir, pokdan bosh¬k’ani k’abul k’ilmas. YAxshisiga kelsak, Alloh taolo «YOmonini k’asd k’ilib, undan infok’ k’ilmang», degan.
Bu ma’noda ikki narsani mulohaza k’ilish kerak:
Birinchisi, Alloh taoloning hak’ini. Bu esa U zotni ulug’lash ila bo’ladi. U Zot ulug’lashga eng hak’li Zotdir. Axir inson o’z mehmoniga yomon taom bermaydi-ku! K’anday k’ilib yomon molini zakotga – Allohga beradi?!
Ikkinchisi, o’zining hak’ini mulohaza k’ilsin. Chunki bergan zakoti k’iyomat kuni o’ziga uchraydi. Shuning uchun o’ziga eng yaxshi molni tanlab olishi kerak. Ammo o’zi uchun eng mahbub molni zakotga chik’arishiga kelsak, Alloh taolo:
«Muhabbat k’ilgan narsalaringizdan infok’ k’ilmaguningizcha yaxshilikka hech noil bo’la olmaysiz», degan.
Ibn Umar roziyallohu anhu k’achon molidan biror narsaga muhabbati kuchaysa, o’shani Alloh uchun k’urbon k’ilar edi. Rivoyat k’ilinishicha, u kishi bir kuni balik’ egisi kelayotganini aytibdi. Izlab-izlab bittagina balik’ topib kelishibdi. Xotini uni pishirib, tak’dim k’ilibdi. Shu payt bir miskin kelib k’olibdi. Ibn Umar roziyallohu anhu unga balik’ni tutib «ol», debdi. Shunda uning ahli:
«Subhanalloh! Bizni k’iynab keltirgan narsani berasizmi, boshk’a narsa ham bor-ku!» deyishdi: Shunda ul zot:
«Abdullohning muhabbati shunga tushgan edi», degan ekan.
Rivoyat k’ilinishicha, Robiy’ ibn haysam rahmatullohi alayhining eshigini bir tilanchi k’ok’ibdi.
Xonadon egasi: «Unga k’and beringlar!» debdi.
Ahllari: «Unga non bersak, foydalirok’ bo’larmidi?» debdilar.
«Sho’ri k’uriganlar! Unga k’and beringlar! Robiy’ k’andni yaxshi ko’radi», degan ekan Robiy’ ibn haysam.
6. Sadak’asini berishga loyik’ odam topish.
Ularning k’uyidagi sifatlari bo’lishi kerak:
Birinchisi, tak’vo. Sadak’asini tak’vodorlarga bersin. Zakot beruvchi bu bilan ularning Allohga bo’lgan himmatlarini orttiradi.
Omir ibn Abdulloh ibn Zubayr obidlarning sajda k’ilib turgan paytlarini tanlar edi. Xaltaga solingan dinor va dirhamlarni olib kelib, o’zini bildirmasdan hamyonini ularning kavushlari oldiga k’o’yganini sezdirar edi, xolos. Unga: «Ularga sadak’ani shundok’ yuboraverishingga nima monelik k’iladi», deyilganda, «Ular meni yoki vakilimni ko’rganda yuzlari bujmayishini xohlamayman», degan ekan.
Ikkinchisi, ilm. Chunki olimga mol berishda ilm¬ga va din tark’atishga yordam bor. Bu esa shariatni k’uvvatli k’ilishdir.
Uchinchisi, «ne’mat berish yolg’iz Allohning O’zidan bo’ladi», deb e’tik’od k’iladigan odam bo’lish kerak. Rizk’k’a sabab bo’lgan narsalarga iltifot k’ilmaslik ma’k’ul. Chunki bir narsani olganda madh k’ilishga odatlangan kishi ololmay k’olganida yomonlashi turgan gap.
To’rtinchisi, fak’irligini yashiradigan, hojatini berkitadigan va shikoyatini ochib tashlamaydigan bo’lish.
Alloh taolo: «Bilmagan ularni iffatidan boylar, deb hisoblaydilar» deganga o’xshash bo’lmok’ lozim.
Beshinchisi, oilali va k’arz yoki bemorlikka mubtalo kishilar bo’lsin.
Oltinchisi, k’arindosh-urug’lardan bo’lsin.
Chunki ularga k’ilingan sadak’a – ham sadak’a, ham silai rahmdir. Kim ushbu sifatlardan ikkitasini yoki ko’prog’ini o’zida jamlasa, unga berish afzaldir.
ZAKOT OLUVChI ODOBLARI
Zakotni oluvchi K’ur’onda zikr k’ilingan sakkiz toifadan biri bo’lishi lozim. Uning zimmasida bir nechta vazifa bor:
1. Alloh taolo uni g’amga solgan narsani yo’k’ k’ilish uchun zakotni unga berishga amr k’ilganini fahmlasin va barcha g’amini yig’ib, bitta g’amga – Allohning roziligini topishga aylantirsin.
2. Beruvchiga tashakkur aytib, uning hak’iga duo k’ilsin.
Lekin bu sababning shukri mik’dorida bo’lsin. Chunki hadisda kelganidek, «odamlarga tashakkur k’ilmagan, Allohga shukr k’ilmas». Berilgan narsa oz bo’lsa, uni oz sanamaslik shukrning tugal bo’lishidandir. Berilgan narsani yomonlamay, aybini berkitish kerak. Bularning hammasi ne’matni Allohdan ko’rishga zid kelmaydi. Vositani vosita, deb bilmaslik johillikdir. Vositani asl deb bilishlik esa munkirlikdir.
3. O’ziga berilgan narsaga nazar solsin. halol bo’lmagan narsa bo’lsa, mutlak’o olmasin.
Chunki birovning molidan chik’arilgan zakot zakot emas. Agar shubhali narsa bo’lsa, o’zini olib k’ochsin. Ilojsiz k’olganda hojatiga yarashagina olsin.
4. O’ziga muboh bo’lgan mik’dorda olsin. hojatidan ko’pni olmasin. Agar k’arzdor bo’lsa, k’arzidan ortig’ini olmasin.
Комментарии 0