Zidanning ronaldusi — ozbekiston
Zidanning ronaldusi — o’zbekiston
Zayniddin Zidan «Real» bosh murabbiyligiga kelgach jamoa etakchisi Krishtianu Ronaldu bilan bog’lik’ sezilarli o’zgarishlar kuzatildi. Maydonda u markaziy himoyachiga aylangan bo’lsa, maydonda tashk’arida o’z jismoniy holatini nazorat k’ilishni o’rgandi. Bu o’zgarishlarga yak’inrok’dan nazar tashlab ko’ramiz.
Krishtianu Ronaldu o’yinida pasayish bormi? Albatta, muxlislarni uzok’ vak’t davomida g’ayrioddiy driblingi va 30 metrdan urilgan gollariga o’rgatib k’o’ygan portugaliyalik futbolchi bunday york’in roldan voz kechgani anik’. Bu muxlislarni biroz xafa k’ilishi tabiiy. Lekin bu uning davri tugayapti degani emas, aksincha… Zero Zayniddin Zidan unga shunday o’zgarish yo’lini ko’rsatdiki, bu ork’ali Ronalduning samaradorligi avvalgidek k’olmok’da.
Markaziy hujumchi
Ushbu mavsumda barcha musobak’alarda 45 o’yinda 40 ta gol urgan portugaliyalik yulduz bu borada o’z odatiga sodik’ k’olmok’da. Lekin Ronaldu hali rak’iblarini bu mavsumdagidek kam aldamagan (1 o’yinda o’rtacha 0,9 dribling) va kam zarba bermagan (1 o’yinga o’rtacha 5,6 zarba) edi. Bunday noodatiy statistikaga uning darvozabonlar bilan birga-bir vaziyatlari va jarima amydonchasi ichidagi zarbalari ko’payishini ham k’o’shish mumkin.
Bu o’zgarishlarning barchasi «Real» boshk’aruviga Zidan kelgach sodir bo’lmok’da: aynan fransiyalik mutaxassis k’o’li ostida Karim Benzemaga «aldamchi to’k’k’izlik» vazifasi yuklatilgach, Krishtianu Ronalduning ham jamoadagi roli o’zgardi. U fransiyalik jamoadoshi harakatlari natijasida ochilgan bo’shlik’lardan foydalanib jarima maydonchasi ichida ko’prok’ paydo bo’lib vaziyatlarni yakunlay boshladi.
Ronaldu ushbu mavsumda jami 3 marta jarima maydonchasi tashk’arisidan gol urdi, ulardan fak’at bittasi jarima zarbasidan («Atletiko»ga k’arshi o’yinda). Bu borada ham u «Real»ga kelganidan buyon eng past natija kuzatilgan. Ronladuning ushbu mavsumdagi gollarining aksariyati penalti nuk’tasi atrofidan berilgan zarbalar natijasida kiritilgan – o’tgan mavsumlardan uning aksariyat gollari jarima maydonchasining chetrok’ k’ismlaridan kiritilar edi.
Zidanning ushbu mavsumda «Real»ni ko’pincha ikki hujumchi bilan o’ynatishi Ronalduga k’anotdan uzatilgan to’plarni k’abul k’ilish va penalti nuk’atasi atrofidan zarba yo’llash imkonini berdi. O’z navbatida Ronaldu jarima maydonchasi ichida xoh birinchi zarbalarda, xoh k’aytgan to’plarni tepishda bo’lsin, o’ta anik’lik bilan harakat k’ildi.
Jismoniy holatning yaxshirok’ nazorati
«Bu balki men o’zimni jismoniy jihatdan eng yaxshi his k’ilayotgan davrimdir. Avvalgi mavsumlarning oxirida men biroz charchagan holatda bo’lardim, chunki juda ko’p o’ynardim. Bu safar shu nazorat tufayli vaziyat birok’ boshk’acha. Bu Zizu tomonidan amalga oshirilgan juda ak’lli nazorat», – dedi Ronaldu Evropa Chempionlar Ligasi finali oldidan tashkillashtirilgan intervyuda.
Bu portugaliyalik futbolchining mavsum davomida jamoani boshk’arish borasida Zidan sha’niga aytilgan ilk mak’tovi emas. Aslida Ronaldu avvallari bu masalaga hozirgidek yondashmas edi. Ko’pincha to’rtinchi hakam tabloda uning maydonni tark etishini anglatuvchi rak’amni ko’rsatgach, ochik’chasiga jahlini namoyish etardi. Birok’ endi 32 yoshda bo’lgan futbolchi bu masalada ham o’zgargan.
Agar u Tottidek uzok’ o’ynashni istasa, har mavsumda 50 tadan o’yin o’tkazish bilan bunga erishib bo’lmaydi. «Avvalgi yillardagi zo’rik’ishlar tufayli u mavsum oxirini yuk’ori holatda o’tkazishimiz uchun dam olishi kerakligini biladi. Bu futbolchilar bilan gaplashilishi kerak bo’lgan mavzu», – degan edi buni yaxshi tushungan Zidan. Hozir fransiyalik mutaxassis mehnatlarining samarasini fak’at e’tirof etish mumkin.
Odatda mavsum oxirida mushaklarida zo’rik’ish paydo bo’lib kelgan Ronaldu bu safar «Real» libosidagi eng yaxshi may oylaridan birini o’tkazdi: u barcha musobak’alardagi oxirgi 5 o’yinida sakkizta gol urdi. Ajoyib formaga kirgan Ronaldu endi bundan «Yuventus»ga k’arshi bo’lib o’tadigan Evropa Chempionlar Ligasi finalida foydalanishi kerak.
Комментарии 0