21 yil qamoqda utirgan sobiq siyosiy mahkum murod juraev vafot etdi — ozbekiston

21 yil qamoqda utirgan sobiq siyosiy mahkum murod juraev vafot etdi — ozbekiston

21 yil qamoqda utirgan sobiq siyosiy mahkum murod juraev vafot etdi — o’zbekiston

Murod Juraev (chapda) 2015 yil 12 noyabrida qamoqdan ozod etilgan edi
«Erk» demokratik partiyasi azosi, sobiq ittifoq paytida Muborak shahar hokimi, UzSSR Oliy kengashi deputati bulgan sobiq siyosiy mahbus Murod Juraev 65 yoshda vafot etdi. Toshkentlik mustaqil jurnalist Abdurahmon Tashanovning khabar qilishicha, Murod Juraev 4 dekabr kuni tushlik qilib utirgan paytida, birdaniga jon bergan.
Sunggi oylarda Murod Juraev ogir khastaligi bois davolanish uchun Germaniya safariga hozirlanayotgan edi. U davolanish uchun khorijga chiqish iznini qariyb 2 yil kutgan va shu yilning 7 oktyabrida chiqish vizasini olgan edi.
Umrining 20 yildan kuprogini qamoqda utkazgan Juraevning sogligiga panjara ortida jiddiy putur etgandi. Yaqinlari uning zudlikda muolaja olishi zarurligini aytib kelayotgan edilar.
Mustaqil Uzbekiston tarikhida eng uzoq vaqt — 21 yil qamoqda utirgan sobiq siyosiy mahbus Murod Juraev 2015 yilning 12 noyabrida ozod etilgan edi.
Murod Juraevning qamoqdan chiqarilishidan 11 kun avval AQSh davlat kotibi Jon Kerri Markaziy Osiyo safari doirasida Samarqandda prezident Islom Karimov bilan uchrashgan edi.
Khalqaro tashkilotlar Jon Kerrini Toshkentda inson huquqlari masalasini kutarishga chaqirgan edi.
Mukholifatdagi “Erk” partiyasi azosi bulgan Juraev Uzbekiston Respublikasi Oliy sudining 1995 yildagi hukmi bilan konstitusiyaviy tuzumga tajovuz, davlat tuntarishiga urinish moddalari asosida 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, ammo qamoqkhonada bir necha bor jazo muddati uzaytirilgan.
1980 yillarning ikkinchi yarmida Murod Juraev Qashqadaryo viloyatidagi Muborak shahar ijroiya qumitasi raisi lavozimida ishlagan.
Usha yillarda Uzbekiston prezidenti Islom Karimov Qashqadaryo viloyatini boshqargan.
1990-yillar boshida esa Murod Juraev Uzbekiston parlamenti deputati bulgan.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.