Aksh suriya hukumat koshinlari bazasiga zarba berdi — ozbekiston

Aksh suriya hukumat koshinlari bazasiga zarba berdi — ozbekiston

Ak’sh suriya hukumat k’o’shinlari bazasiga zarba berdi — o’zbekiston

AK’Sh K’urolli kuchlari Suriya vak’ti bilan ertalab 4:40 da Xoms provinsiyasi «Al-Shayrat» tumanidagi Idlib provinsiyasiga kimyoviy hujum uyushtirganlikda taxmin k’ilinayotgan hukumat k’o’shinlari bazasiga zarba berdi. Bu hak’da Pentagon saytida xabar k’ilindi.59 ta k’anotli «Tomagavk» raketasi AK’Shning O’rta Er dengizidagi floti kemasidan Prezident Donald Tramp buyrug’iga ko’ra uchirildi. Xabarda ushbu zarbalar Bashar Asad tuzumining o’z fuk’arolariga k’arshi kimyoviy k’uroldan foydalanganiga javob tarik’asida berilgani aytilgan. YuNISEF ma’lumotlariga ko’ra, seshanba kuni Idlib provinsiyasiga uyushtirilgan hujum natijasida eng kamida 27 bola halok bo’ldi. 546 kishi u yoki bu darajada zaharlanishdan aziyat chekkan bo’lsa, ularning aksariyati bolalardir. K’urbonlar soni ortmok’da. Suriya aviabazasiga uyushtirilgan hujumlarda samolyotlar, angarlar, neft va logistika omborxonalari, k’urol-aslahalar sak’lanayotgan bunkerlar, havo hujumiga k’arshi mudofaa tizimlari va radarlar nishonga olindi. AK’Sh Mudofaa mahkamasi mazkur hujumlar kelgusida Suriya k’o’shinlari tomonidan kimyoviy k’urollardan foydalanilishining oldini olishga xizmat k’iladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.