Aleksandr pushkin va aleksandr dyuma bitta shakhsmi — ozbekiston

Aleksandr pushkin va aleksandr dyuma bitta shakhsmi? — o’zbekiston
Bu dunyo turli garoyibotu kutilmagan hodisalarga tula. Shundanmi, internet nashrlarida har khil shov-shuvli maqolalar chop etiladi, ular orasida haqiqatga yaqinlari ham, ishonib bulmaydiganlari ham bor. Ayniqsa, yaqinda paydo bulgan maqola haqiqiy shov-shuvga sabab buldi. Bunga ishonish yoki ishonmaslik uzingizga khavola, biz faqat ushbu maqola mazmuni bilan sizlarni tanishtirib utamiz. Mish-mishning mazmuni esa shunday — rus shoiri Aleksandr Pushkin bilan fransuz adibi Aleksandr Dyuma bitta shakhs. Maqolada shunday faktlar keltirilganki, beikhtiyor yoqa ushlaysiz.
PUShKIN DUELDA JON BERMAGAN
Birinchi asos: Pushkin biz kuplab adabiyotlarda uqigandek duelda ulmagan. U uz ulimini uyushtirib, Parijga yul olgan. Pushkinning ulimiga sababchi qilib kursatilgan mashum duel esa shunchaki uydirma, kholos. YOki Pushkin duelda yaralanib, uyida malum muddat davolangan. Sung uzini ulganga chiqargan va izsiz goyib bulgan.
Khush, Pushkinning taqdiri qanday kechgan? Maqolada keltirilgan adabiyotshunoslarning fikriga kura, Aleksandr dueldan keyin Fransiyaga borib, boshqa odamga, yani Dyumaga aylangan. Shu urinda maqoladagi bir faktga etiboringizni qaratmoqchimiz, aynan Pushkin goyib bulgan davrdan boshlab Fransiyada Dyuma ismli yozuvchi porlab chiqqan.
ShUBKhALI DAFN MAROSIMI
Yuqoridagi fikrlar etirozga sabab bulishi mumkin. Chunki Pushkinning dafn marosimi bulib utgani haqiqat. Ammo buni qarangki, Pushkinni sunggi yulga kuzatish ham juda gayritabiiy utgan ekan. Yani tarikhchi Aleksandr Nikitenkoning malumotlariga kura, odamlar shoir bilan vidolashish uchun Isaakievsk qabristoniga uz vaqtida kelishgan. Ammo negadir marosim utkazilmagan. Pushkinning jasadi kechqurun yashirincha Konushevskiy qabristoniga keltirilgan. Sung talabalar ishtirokida duolar uqilgan va marhum uch kun qabristonning ulikkhonasida saqlangan. 3 fevral kuni Pskovga olib borilib, Pskov gubernatoriga dafn marosimini utkazish topshirilgan. Ayrim mutakhassislar esa imperator Nikolay I shoirning «ulim»i sabablaridan xabardor bulgan, degan fikrda.
PUShKIN NEGA VAFOTINI UYuShTIRGAN?
Khush, ulimini uyushtirish Pushkinga nima uchun kerak bulib qolgandi? Gap shundaki, shoirning sunggi asarlari nuqul tanqidga uchray boshlagandi. Pushkin moliyaviy jihatdan ham katta qarzga botib ketgandi. 1830 yildan sung esa u kuchli bosim ostida yashab, ijod qildi. Hatto 1833 yilda yozib tugallangan «Mis chavandoz» poemasi chop etilayotganda shakhsan imperator tomonidan taqiqlab quyilgan.
1836 yilda Pushkin moliyaviy ahvolini yakhshilash uchun «Zamondosh» nomli adabiy-almanakh jurnal nashrini yulga quymoqchi buladi. Ammo bu unga aks tasir qildi. Boshi muammolardan chiqmay qoldi. Buning ustiga, khotini fransuz ofiseri Dantes bilan uchrashib yurganini bilib qoladi. Un dardi mingga aylangan Pushkinga onasi — Nadejda Osipovnaning vafoti haqida khabar berishadi. Oradan kup utmay utkazilgan dueldan sung esa u «vafot etib», boshqa odamga aylanadi. Aftidan, u yangidan hayot boshlamoqchi bulgan.
KhOKh IShONING, KhOKh IShONMANG
Ikkinchi asos: adabiyotshunoslarning fikriga kura, Aleksandr Dyumaning yoshlikda tushgan birorta ham surati yuq ekan. Topilgan suratlarda esa katta yoshdagi, tulishgan Dyumani kurish mumkin. Bu kurinish esa Pushkinni esga soladi: ikkalasi ham qoramagiz, qora kuz, ikkalasining ham burun va qoshlari bir khil. Sochlari ham qora va jingalak. Bu ukhshashlik ham adabiyotshunoslar tomonidan quyidagicha izohlandi.
Napoleonning generallaridan biri bulgan Tom Aleksandr Dyuma 1806 yilda vafot etadi. Shundan keyin Dyuma nomi 1822 yilgacha hech qaerda yangramadi. 1822 yilda esa 20 yoshli bir yigit uzini afsonaviy general Tom Aleksandr Dyumaning ugliman, deb jar sola boshlaydi va otasining sobiq dustlarini akhtarishga tushadi. Parijda hech kim Tomning qora tanli ugli bulganiga shubha qilmaydi. Chunki general Aleksandr Dyuma Afrika ulkalarida olib borilgan urushlar paytida uning gayriqonuniy ugli paydo buladi.
Endi Pushkinga qaytsak. Pushkin ham, aslida, qora tanli bulgan. Imperator Pyotr I ning Afrikadan keltirilgan Ibrohim Gannibal ismli tarbiyachisi bulib, ana shu Gannibal Pushkinning ona tomondan bobosi edi.
Uchinchi asos: Manbalarda Pushkin 1819 yilda «Yashil chiroq» tugaragida ishtirok etgani uchun Aleksandr I tomonidan 1820 yilning may oyida Ekaterinoslavga surgun qilingani qayd etilgan. Rossiya janubida esa 4 yil yashagan, deyiladi. Aynan ana shu faktga asoslanib, Pushkin, aslida, janubda emas, Parijda yashagan, Dyuma takhallusi bilan sherlar yozgan, degan takhminlar ilgari surilmoqda.
Turtinchi asos: Aleksandr Pushkin 1824 yilda Mikhaylovskoe qishlogiga surgun qilinadi. Qayd etib ketish kerakki, 1833 yilda esa u «Evgeniy Onegin» sheriy romanini chop ettiradi. Buni qarangki, Aleksandr Dyuma 1832 yilda bir muddat Fransiyani tark etadi.
Qolaversa, Pushkinning vafotiga qadar Dyumaning kuzga tashlanmagani, esda qolarli asarlar yozmagani, ammo aynan 1830 yillarning okhiridan yirik asarlar yoza boshlagani ham bu faktlarga diqqat qilishni talab etadi.
TURLI UKhShAShLIKLAR
Beshinchi asos: Pushkin va Dyuma nafaqat zohiran, balki botiniy jihatdan ham ukhshash bulishgan. Har ikkalasining ham feli ogir bulgan. Atrofdagilar ikkalasining ham uzini tutishi va tarbiyasidan nolishgan. Adabiyotni qanchalik sevishsa, aniq fanlarni shunchalik yoqtirishmagan. Har ikkalasining ham ayollarga suyagi bulmagan. Ikkalasi ham ichkilik va qimorga ishqiboz, duelni sevuvchilar bulgan. Ikkalasi ham dekabristlar tarafdori bulgan va ularga atab asar yozishgan.
Taniqli fransuz yozuvchisi Andre Morua esa uzining «Uch Dyuma» kitobida Dyumani shunday tasvirlaydi:
«Dyuma qimorga, ichkilikka va ayollarga mukkasidan ketgan. Siyosatga sovuqqonlik bilan aralashadi. Matematika, geometriya, fizika va shu kabi fanlarni jini suymaydi. Khuddi Pushkinga ukhshaydi».
DYuMANING «PUShKINChA» QAHRAMONLARI
Oltinchi asos: agar Dyumaning asarlaridagi qahramonlarga etibor bersak, ularda Pushkin ruhini tuyish u qadar qiyin emas. Misol uchun, «Uch mushketyor»dagi D’artanyan obrazi Pushkinga juda ukhshaydi. Pushkin ham, D’artanyan ham hunarmand zodagonlar oilasidan. Ikkalasi ham churtkesar. Ikkalasi ham uziga qilingan hurmatsizlikka qarshi har qanday maydonga chiqib kelishadi, D’artanyan duellar ustasi (Pushkin raqiblarini 15 marta duelga chaqirgan) va hokazo…
Bazi mutakhassislarning fikriga kura, asardagi «miledi» obrazi Natalya Koncharovaning prototipidir. Miledi birinchi umr yuldoshi Atosga turmushga chiqqanida 16 yoshda bulgan. Natalya ham Pushkin bilan tanishganida ayni 16 yoshda bulgan. Ikkalasi ham ikki marta turmush qurishgan. Pushkin Natalyaga atab roman yozishini aytgan. «Uch mushketyor» 1844 yilda yozilgan va ayni shu yili Natalya general-leytenant Pyotr Lenskiyga turmushga chiqadi.
Dyumaning yana bir asari — «Graf Monte Kristo» («If qalasining mahbusi») ning bosh qahramoni Edmon Dantes uzini ulganga chiqarib, zindondan qochadi. Pushkin esa surgundan. Edmon Dantes Monte Kristo nomi bilan qaytadi. Pushkin esa Dyuma sifatida qaytgan bulishi mumkin. Ehtimol, shoir uz taqdiriga roman qahramonlari orqali ishora berayotgandir…
Ettinchi asos: yana bir qiziqarli fakt — Aleksandr Dyuma 1840 yilda dekabristlar quzgoloniga bagishlangan asar yozadi. Asarda ruslar hamda 1825 yilgi voqealar haqida batafsil malumotlar beriladi. Vaholanki, aksariyat malumotlarda Dyumaning Rossiyaga bormagani, umuman, Rossiya haqida tasavvurga ega bulmagani aytilgan. Khush, unda Dyuma qanday qilib bunday asar yozishi mumkin? Shuningdek, Dyuma aynan Pushkinning sherlarini fransuz tiliga tarjima qiladi.
Bu kabi hodisalar tarikhda kuplab uchrab turadi. Khususan, Nikolay podsho oilasining Vatikandan chiqib qolishi ham ana shunday jumboqli hodisotlar sirasiga kiradi.
Yuqoridagi faktlarni uqib, «Ha endi, ukhshashlik hammada ham buladi, dunyo tasodiflarga tula», deb uylashingiz mumkin. Ehtimol, Pushkin va Dyuma bitta shakhs deya khulosa chiqarishga asoslar tuliq etarli emasdir. Ammo ukhshashlik va tasodiflarning haddan tashqari kupligi kishini uylantirib quyadi. Balki, keyinchalik adabiyotshunos-tadqiqotchilar bu masalaga oid yanada aniqroq faktlarni taqdim etishar.
Комментарии 0